21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 07:50
Maqolalar 👁 667

IJOBAT (oʻkinchli mutoyiba)

IJOBAT (oʻkinchli mutoyiba)

Juman “ishlamaydiganlar” qatorida roʻyxatga olinib, BAM (Baykal-Amur magistrali) qurilishiga yuborildi. Bir yarim yildan keyin esi kirdi-chiqdi boʻlib qaytdi. Baʼzilar u kaltak tufayli shu ahvolga tushgan desa, baʼzilar oʻrmonda adashib qolib, qattiq qoʻrqqanidan keyin shunaqa boʻlib qolgan, deyishadi. Bu haqda oʻzidan soʻrasalar asabiylashib, jahli chiqib, xafa boʻlib qolavergach, hech kim surishtirmay ham qoʻygan. U amal-taqal qilibgina kun kechirar, birovlarning yumushini bajarib, evaziga yegulik va kiyim-kechak olib yuraverardi. Sodda, oqkoʻngil bu odamni Xitoy qishlogʻidagilar “oʻz gʻaribimiz” deb yaxshi koʻrishardi. Chunki u birovga pand berishni oʻylamas, buyurilgan ishni kam-koʻstini qoldirmay bajarar, haq daʼvolashmay, berganlarini olib ketaverardi. Muhimi, qanday ishni bajarmasin, kiyim-boshini toza tutardi. Baʼzilar uning halol mehnatidan arzongina foydalansa, baʼzilar ish buyurish bahona, uning qornini toʻydirar, sal eskirgan kiyimlarini berishar edi.

Qishloqning imomi Qodir mulla bobo uning holidan tez xabar olib turguvchi edi. Juman ham koʻnglidagi gapini faqat mulla boboga ochilib aytar, kitoblarini oʻqish uchun olib qaytib keltirib berar, oʻqiganlarini zavq bilan hikoya qilardi. Qodir mulla: eh sen oʻqiganingda bir olim boʻladigan bolasan-da, der, ichida “dardmand boʻlmaganingda”, – deb xoʻrsinib qoʻyardi.

Jumanning bir istagi yangi velosiped olish edi. “Birov ish buyursa “valli” ni minib borib kelganga ne yetsin”, – deb orzu qilardi. Mulla bobo Jumanni tengini topib uylantirib qoʻymoqchi ham boʻldi. Lekin Juman rad etdi. “Men nima qilaman xotinni, undan koʻra “valli” olib bering”, – deb gapni kesdi. Mulla bobo bir zum indamay Jumanga termulib oʻtirdi-da: “Seni Alloh ayasin, bandaning qoʻlidan nimayam kelardi. Xudodan tila, ijobat qilsa bandasiga berib qolar”, – deb xoʻrsinib qoʻydi va ketdi.

Jumanga mulla boboning Xudodan tila degan gapi tinchlik bermay qoʻydi.

Xat yozdi: “Ey Xudo, men bir “valli” olsam degandim. Menga toʻrt yuz ming soʻm yubor, ey Xudoyim!” – deb pochtadan ikkita konvert (xatjild) olib keldi. Yelimlab (konvert) xatjildning ustiga “Xudoyi taologa” deb yirik harflarda yozdi va pochta qutisiga tashladi.

Pochtachi “xatlar har kuni olinadi” deb yozib qoʻyilgan qutidan xatlarni olsa, bir konvertga: “Xudoyi taologa”, sal pastrogʻiga: “Xitoy qishlogʻi, Juman bandang”, deb yozilgan. Qayerga yuborsin? Shikoyat boʻlsa-chi?! Buni uchastkavoyga (ovul profilaktika inspektoriga) koʻrsatmasam boʻlmaydi. U hal qiladi.

Uchastkovoy xatni olgach: “boraver, oʻzim koʻraman”, – dedi va ochib oʻqidi. Ertalab oylik hisobotda boshliqdan tashakkurnoma va pul mukofoti olgan inspektorning kayfiyati chogʻ edi. Xatni koʻrib Jumanga rahmi keldimi, bir yaxshilik qilib qoʻymoqchi boʻldimi, “bosh-koʻzimning sadaqasi”, deb ikki yuz ming soʻmni paketga oʻrab, ustiga: “Jumanga, Xitoy qishlogʻiga” deb yozdi. Juman belkurakni yelkasiga tashlab uyining eshigi oldiga bir chelakni qoʻyib, (qulflagani shu) chiqqanida inspektor yetib keldi. “Ma, senga banderol keldi”, - deb paketni berdi. Ozgina hazil-huzul qilib joʻnadi. Juman iziga qaytib, paketni ochdi, qarasa, ikki yuz ming soʻm! Tokchadagi daftardan bir varaq olib, yana xat yozdi, yelimlab, konvertni bu safar pochta xodimining qoʻliga olib borib berdi. Pochtachi xatni inspektorga berdi. Inspektor miyigʻida kulib, xatni ochib oʻqidi. Unda: “Ey, Xudo! Mening tilagimni ijobat qilibsan. Pahmat! Alhamdulilloh! Men toʻrt yuz ming soʻragandim, uchastkovoy ikki yuz mingni keltirdi. Endi pul yuborsang, uchastkovoyni aralashtirma!” – deb yozilgan edi.

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026