28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:53
Maqolalar 👁 621

OTA-ONALIK BUPChI UNUTILGANDA...

OTA-ONALIK BUPChI UNUTILGANDA...

Biz hammamiz mahallada yashaymiz. Birov-birovga begona emas, ayniqsa, qoʻshnilar. Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qoʻshni yaxshi, deb bekorga aytishmagan. Shunday deymiz-u...

Yaqinda tahririyatimizga kelgan bir nuroniy otaxon soʻzlab bergan voqea tafsilotini eshitib, toʻgʻrisi, oʻgʻil-qiz oʻstirgan ota-onaning mehrsizligidan, oʻz farzandining hayotiga loqaydligidan hayratlandim. Va... Oramizda shunday bagʻri tosh ota-onalar ham borligidan afsuslanayotgan otaxonning hikoyasini Siz azizlarga yetkazishni lozim topdim.

...U oilada kenja farzand edi. Aka-ukalari, opa-singillari kabi soʻzamol, gap kelganida hatto yaqinlarini ham ayab oʻtirmaydigan tili zahar, feʼli tor emasdi. Moʻʼmin-qobilgina bu bola hech kimning diliga ozor yetkazmas, qoʻlidan kelgancha atrofidagilarga yaxshilik qilishga intilib turadigan kamtar, boʻsh-bayovgina bola edi. Ota-onasi uni uylantirgach, oilasini boʻlakladi. Qozogʻistonda, muhojirlikda ishlab pul topdi, oʻz kuchi bilan imorat tikladi. Bir oʻgʻil, bir qiz farzandli boʻldi. Bolagina uyim, joyim, roʻzgʻorim but boʻlsin, deb chet davlatlarda ishlab yurib, kasal boʻldi. Ozib-toʻzib ketdi, haftalab toʻshakka mixlanib qolganida ayoli boshqaga turmushga chiqib, uni tashlab ketdi. Yosh bolalari qarovsiz qolgach, momosi oʻz tarbiyasiga oldi.

Qoʻni-qoʻshnilar, mahalla-koʻy, xasta yigitni yolgʻizlatib qoʻyishmadi, ahvolidan xabar olib turishdi. Lekin...

Lekin ming afsuski, ota-onasi, tugʻishganlari uni tamoman unutishdi, oilasi nega buzildi, sogʻ-salomat, qoruvli yigit nega toʻshak tortib yotib qoldi, deya qaygʻurishmadi.

Sovuq yurtlarda ishlab, kasal orttirgan yigit eshikka termula-termula qoʻshnilar qoʻlida jon berdi. Ota-onasiga ham qoʻshnilar xabar berishdi. El-yurtdan, qoʻshnilardan soʻng oʻgʻlining uyi eshigidan “dod” solib kirib kelgan ota-onasi va tugʻishganlariga barcha taʼna va nafrat nazari bilan boqishdi...

Biz koʻpincha farzandlar ota-onalariga mehrsiz boʻlib borayotgani haqida gapiramiz. Lekin ota-onalarchi? Ularni qaysi jin urdiki, biri oʻz jigarbandi – jonidan ungan farzandini arzimagan pulga sotib yuborsa, yana biri oʻz bolasining joniga qasd qilayotir. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda, televideniye xabarlarida tez-tez gapirilayotir. Qay birlari esa farzandi taqdiriga loqayd. Oilasi buzilib ketsayam, nevaralari yetim boʻlib qolsayam “qilt” etmaydi. Ona oʻz koʻngil koʻchasida ishqiy sarguzashtlari bilan band, ota esa yo loqayd, yo ichidan xasta, xiyonatdan ezilgan... Men bilgan yigit ham ana shunday ichidan ado boʻldi va bu dunyoni 40 yoshida tark etdi. Ayoli yangi turmushning “davrini surib” yuribdi. Ikki norasida goʻdak esa momosining qoʻliga qaragan, dasturxoniga termulgan koʻyi yashashga majbur.

Bu ne, azizlar? Nima uchun yaqinlarimizdan, jigarbandlarimizdan mehrimizni qizgʻanamiz? Biz farzandlarimizdan mehr koʻrib yashashimiz uchun, avvalo ularga haqiqiy ota-onalik mehrimizni beraylik. Ularga bu – tugʻishgan opang, akang, singling, ukang – ular sening jigarbandlaring, deb oʻrgataylik. Axir bu dunyoda insonning murod-maqsadi solih farzandlar tarbiyalash va bu tarbiyaning mevasidan bahramand boʻlib yashash emasmi? Farzandini unutish, begona qilish – ota-ona uchun isnod-ku! Ota-ona loqaydligi – oilaga kulfat keltiradi. Shunday emasmi, azizlar!

Otaxonning hikoyasini oqqa koʻchiruvchi

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026