13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 00:18
Maqolalar 👁 16,294

“El duosin olgaymiz, deb yuribmiz”

“El duosin olgaymiz, deb yuribmiz”

Ahmad Nafasovning "Salomçi” – mening unvonim” kitobi haqida


Sönggi yillarda "Falonçining kitobi çiqibdi” yoki "kitob yozayotirman”, "kitobimni naşr qildirmoqçiman”, qabilidagi gaplar biz – ijod ahli uçun yangilik bölmay qoldi. Sababi ana şunday "yozuvçi” va "şoir”larning sanoğiga yetolmay qolganimiz emas, balki naşr etilayotgan asarlarning köpçiligi (afsuski) bir marta ham öqişga arzimasligidan. Asar bölsaki, qöldan qöymay öqigulik: Kumuşbibi bilan Otabekni sevganday sevsang, xayolan Kumuş bölib öz Otabegingning qalbiga kirmoqqa şaylanib tursang! Yoki Anvar bilan Raʼnoning dardlarini boşdan ötkazib, sevgi-sadoqatiga tasannolar aytib, zavq olsang, qalbing hayajonga tölsa! Ana şudir – Kitob! Ana şudir – olam-jahon taassurot! Kitob öquvçining qalbi boyigani ham şu!

Öquvçi dilida havas va hayajon, yaxşilik tomon intiliş uyğota olmagan asar asarmi? Uni öqib, oltinga teng vaqtni boy bermoqlik ne darkor?

Ammo men bir(!) kitob öqidim, uni şunçaki kitob deb aytilsa, muallifning haqi ketadi-yov! Yana, bu asarni şunçaki öqilsa, mutolaa ahli muqaddas Söz (!)ning uvoliga qoladi (mening nazarimda).

"Salomçi” – mening unvonim” deb nomlabdi Kuyuk köpir qişloğilik şoir akamiz Ahmadjon oğa Nafasov öz asarini. Men kitob haqida fikr aytişdan avval hurmatli kitobxonlarga, muştariylarga ne uçun Sözni muqaddas deb taʼrif etganimga izoh bersam. Şuning uçunki, oddiygina bir söz, uluğ maʼrifatparvar olim Mahmudxöja Behbudiy hazratlari aytganlariday, "insonga ham hayot baxş etadi, ham uni halokatga olib boradi”. Demak, har bir inson biron bir söz – kalom aytişdan avval aql tarozisidan ötkarib, söng tinglovçiga yetkazsa, bu kalomning foydasi, tarbiyaviy ahamiyati şunçalar bisyor bölarkan-da.

Ana endi, Ahmad oğa taʼrif bergan "Salomçi” – mening unvonim” kitobining badiiy qimmati, muallifning öz vazifasini ado etişdagi muvaffaqiyati xususida, Söz yukini yurak-yuragidan his eta biliş va ana şu oddiy Söz orqali minglab odamlar qalbiga kirib boriş sanʼatini egallagan oddiy söz ustasi – Tursunboy Abdullayevning xalqqa baxşida sanʼati haqida baholi qudrat fikr aytsak böladi.

Azizlar, hayotda yaxşilar juda köp. Şu barobarida yaxşilik uruğini soçguvçilar ham bisyor. Lekin yaxşi işlarga tartib berib, uni ommalaştirib, hatto xalqqa manzur ezgu iş, dasturilamal darajasiga kötarib, özi ham şu xalqning beminnat xizmatkoriga aylanib yaşaş hammaning ham qölidan kelavermaydi. Taʼbir joiz bölsa, Ahmad Nafasovning qahramoni Tursunboy Abdullayev yuqoridagi sifatlarga munosib insongina emas, balki "Salomçi” nomi bilan el-yurt dilidan joy olib, el ardoğiga muşarraf ijodkor şaxs sifatida şakllanib ulgurgan insondir.

"Salomçi”– mening unvonim” adabiy-badiiy hujjatli oçerk, töğriroği, T.Abdullayev hayoti va ijodiga doir manzumaasar. Asarning bidiiy qimmati şundaki, unda özbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman millatlarining töy-marosimlari, öziga xos urf-odat va anʼanalari, tutumlari xalqona tilda, xalqona ruhda şunday ifoda etilganki, asarni öqiş jarayonida beixtiyor Tursunboy "salomçi”ning ovozini eşitganday, uning har qanday kişini ohanraboday öziga jalb etuvçi maʼnaviy-maʼrifiy, sermazmun şeʼriyatiga ğarq bölasiz.

Darvoqe, Tursunboy Abdullayev şeʼriyati, dedik. Yöq, biz bilgan, elyurt tan olgan "salomçi” heç bir davrada, heç bir nutqida şoirlik daʼvo qilgan emaslar. Lekin ötgan asrimizning 70-yillarida tumanimizda yangiça töylar ötkazişni xalq orasida keng tarğib qilişda Tursunboy Abdullayev öziga aslo bino (baho, desak töğriroq bölar) qöymay, erinmay mehnat qilgani, har bir töyga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga masʼuliyat bilan yondaşgani, yuzlab va minglab satr hazil şeʼrlar ijod etgani rost.

"Obrö topgan ustalarning içinda,

Temirlar öynaydi barmoq uçinda.

Aççiği bor xuddi burni uçinda,

Temirçi Buvajon doyiga bergil bir salom”.

Yoki:

"Yonboşlab yotişi köna (eski) moladay,

Papirosi tutab turar, çaladay.

Özi qora, niyati oq – boladay,

Pirimmat bölasiga bergil bir salom”.

"Töy – öpkasiz bölmaydi”, - deydilar. Şuni eʼtiborga olgan salomçi oğamiz kelin salomida nomi çiqmaganlarga ham bir şingil hazil salom yöllaşni unutmaydilar:

"Bizlar ne”, - deb tumşuq tovlab turmasin,

"Aytmadi”, – deb öpkalaşib yurmasin.

Töydan keyin meni tutib urmasin,

Esdan çiqqan hazillaşganlarimizga bergil bir salom”.

Kuyov bolaning aççiği tez temirçi-usta doyisi, özi qop-qora, ammo köngli toza, hazilni yoqtiradigan va kötaradigan Pirimmat bölasi, salomda nomlari çiqmagan "öpkaçi”lar,hamma-hammasining köngliga yöl topib, özining ham könglini şod etgan "salomçi”dan hamma rozi, hamma minnatdor.

Tursunboy Abdullayevning ilk yangiça töylarda davraboşlik qilişi oson keçmagan. Öz davrining maşhur salomçisi, Xitoy qişloğilik Bozor momo ismli qozoq millatiga mansub onaxon öz muomala madaniyati, çeçanligi bilan elda hurmat topgan, boz ustiga nomi çiqqan salomçi onaxon bölganlar. Momoni el sevgan, uning aytimlaridan zavq olgan. Holbuki, şunday hurmatli onaxonni çetlab ötişni heç kim öziga ep körmasligi tayin. Ammo ana şu maʼnaviyatli ayol ham T.Abdullayevning ijodiga qiziqib qolib: "jas jigitke jöl bereyikşi”, - degan ekanlar.

Taʼbir joiz bölsa, ana şu "jas jigit” momoning öziga nisbatan qiziqişi va eʼtiborini hurmat qilgan holda Xitoy ovulining hurmatli kişilaridan biri (Alloh rahmat qilsin) Pirimmat oğa bilan yangiça kelin salomlarini ijod etadi va şu kunning özida Xitoy ovulida tamoman yangilik bölgan kelin töyi stsenariysini işlab çiqadi. Va bu töy 1975-yilning 18-oktyabr kuni bölib ötadi. Tursunboy Abdullayevning yaqin dösti Qöziboy akaning bu baxtli ayyomi hali-hanuz xamqişloqlarning tilidan tuşmaydi:

- Bir töy böldi, bir töy böldi-ay!

Tursunboy Abdullayev davraboşilik qilgan, eng zör hayajonlarga boy ötgan bu töy oqşomi haqida muallif Tursunboy "salomçi”ning salom-şeʼrlar ijod etişda quyidagi manbalarga suyanganini birma-bir sanab ötadi: "salom aytiluvçining ismi, yoşi, kasbi, mansabi, hunari, hulq-atvori – oğir-vazminmi, şöxmi, öpkaçimi, hazillakaşmi, taşqi körinişi, qarindoşçilik munosabati, el içidagi nufuzi, şuningdek, el-yurt nomidan nasihat, xalq maqollaridan foydalaniş”ni qoida qilib olganligini taʼkidlaydi. Ana şu qoida Tursunboy salomçining davraboşilik faoliyatida muhim omil böldi va u kelin salomlarini ijod etişni saʼj yöllaridan doston yöllariga olib çiqa oldi, hatto bu yölda muvaffaqiyat qozondigina emas, özi ijod etgan yangiça töylar stsenariysini Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo, Törtköl, Beruniy, Xöjayli, hatto Nukus tumanlariga, Xorazm viloyatining bir neça tumanlari va qardoş Turkmaniston Respublikasi Toşhovuz viloyatidagi yuzlab kelin va xatna töylarida namoyiş etib, el-yurt olqişiga sazovor böldi.

Ahmad Nafasov "Salomçi” – mening unvonim” kitobini yozişga ötirişdan avval juda köp va sinçovlik bilan izlanganini, har bir söz, har bitta satr masʼuliyatini, zalvorini yurak-yuragidan his etib turganini asarni öqigan har qanday kitobxon sezmasligi mumkin emas.

"- Kitoblar rastasida har xil nomdagi kitoblar qalaşib yotibdi, - derdilar doim (Alloh rahmatiga olsin) talabalik davrimizda hurmatli ustozimiz, adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Oçil Toğayev. – Ularning içidan puling kuymaydiganini topib öqiş ham bir sanʼat. Asarlar bor – bittagina sözida mingta maʼno, mingta imkon, dilga malham, armonlarni gullatib yuborgulik qudrat böladi. Ana şu qudrat bölmasa, asar-asar emas, kitob esa bir pulga qimmat”.

Qarang-a, biz madaniyatlilikni, maʼnaviy badavlatlikni gurkirab rivojlangan şaharlardan, madaniyat va maʼnaviyat maskanlaridan izlaymiz. Şunçalar gumrohmizmi, deyman-da. Axir ana şu gurkirab yotgan madaniyat va maʼnaviyat maskanlari töldira olmagan böşliqlarni Tursunboy Abdullayevga öxşagan oddiy salomçi yoki Ahmad Nafasovday özini havaskor ijodkor, deb yurgan oddiy qişloq ziyolisi bir (!) söz ila töldirib, hatto qirğoqlardan toşgandaryoday goh özbek, goh turkman, goh qoraqalpoq, goho qozoq millatlarining eng yaxşi kunlarida, töy-marosimlarida köngillar çölini qondirib, xotiraning oltin köşklariga muhrlab qöyibdi-ku! Bunday fidoyilik – özganing mehnatini qadrlaş, igna bilan quduq qaziganday birma-bir magnit tasmalarida, olis yillarda qolib ketgan xotiralarni tiklaş, öta sinçkovlik bilan tartib berib, bir asarga jamlab, naşrdan çiqartiriş – hammaning ham qölidan kelavermaydi. Buni – söz qadrini baland tutganlar biladi, maʼnaviyatni borliğim deb tan olganlar tuşunadi!

Ahmad Nafas, nazarimda "Salomçi” – mening unvonim” asarini yozişdan ham köra Amudaryo elining öziga xos anʼana va udumlari, urf-odat va tutumlari, Amu xalqining özbekona, betakror öz feʼli haqida tölib-toşib Bizga, Sizga, Unga, Ularga – hammaga sözlagisi va ana şunday bağrikeng, feʼli keng elning maʼnaviyat sarçaşmalaridan barçaning bahramand bölişini istagani kitobning har bir sahifasida aks etib turibdi. Asar qahramoni TursunboyAbdullayev ana şu xalqning yuragidan joy olib ulgurgan, aziz farzandi.

Azizlar, agar Siz kitobning "Salomçi” – mening unvonim yoki 1001 salom” deb nomlangan ikkinçi bölimini oçsangiz, bir narsaga eʼtiboringizni qarating: "Bismilloh...” kalomi bilan boşlangan kelin salom namunalariga şunday tartib berilganki, T.Abdullayevning töylardagi şovqin-suronni bostiriş, odamlar diqqatini öziga jalb etiş uçun biri-biridan maʼnoli şeʼriy satrlarni ijod etganining guvohi bölasiz:

"Bismillahir Rohmanir Rohiym,

Salomdur tabarruk odati qadim...”

Yoki:

"Yiğlab-yiğlab çimildiqqa kirsa kelin,

Yolğon yiğlab, çin quvonib tursa kelin...”

Şu qabildagi şeʼriy olqişlardan söng kelinga murojaat qilinadi. Bu T.Abdullayev davraboşlik uslubining eng muhim jihati sanaladi. Yaratgan Allohga, Odam Atoga, Momo Havoga, el-yurtning uluğlariga salomberilgandan sönggina asosiy qismga ötiladi. Har bir salom oxirida "... bergil bir salom”, degan iboraning işlatilişi esa T.Abdullayev ijod etgan kelin salomlarning qimmatini yanada oşiradi. Çunki "bir” sözining har salom oxirida takrorlanib kelişi, salomda nomi aytilayotgan odamning şaxsiga işora bölib, "bir” deganda sehrli, uluğ, köpdan-köp, alohida kabi maʼnolar taʼkidlanadi.

Demak:

"Yoşlarni odobli, hunarmand qilgan,

Yigit sözin qizga şakar-qand qilgan.

Qiz qalbini azamatga band qilgan,

Çin Muhabbat haqiga ber bir (!) salom” – deganda "bir” sözi Muhabbatning sirli-sinoatli, qudratli kuçini ifodalaşi bilan tinglovçining yuragiga zavq va hayajon soladi.

Tursunboy Abdullayev kelin salomlarining ohanrabosi şundaki, bu şeʼriy murojaat va iltifotlarda öziga xos tartib bor. Xususan, kelin salomining asosiy qismida qaynota-qaynonaga, yoşi uluğlarga, qaynoğa va ovsinlarga, qayni-bekaçlarga, opalar va poççalarga, murunduq ota va murunduq enaga, quda-qudağaylarga salomlar aytilgaç, har xil kasbdagi yaqinlar nomi tilga olinadi. Şunisi eʼtiborga loyiqki, bironta bir soha, kasb-kor egasi T.Abdullayev salomlaridan bebahra qolmagan. Hammasi örnida, hammasi aʼlo, şarh etilgan har bitta söz köngilga yaqin, dilni yayratadi. Muhimi, "salomçi” qöllagan har bitta Söz öz vazifasini aʼlo darajada bajargan. Bunday şeʼriy nutqni tinglamaslik, notiqning sanʼatiga qoyil qolmaslik mumkin emas.

Umrining 36-yilini öqituvçilik faoliyati bilan birga elimiz töylari, marosim va oilaviy tadbirlarida davraboşilik qilib ötkazgan söz ustasi Tursunboy "salomçi” Abdullayevning sehrli ovozi yozilgan magnit tasmalari va audio, video tasmalarini avaylab-asrab, uning sanʼatini qadrlab yaşayotgan minglab zamondoşlarimiz dillarida iftixor bilan aytadilar:

- Bizning töyimizda Tursunboy "salomçi” xizmat qilgan, öh-hö, zör bölgan edi! Hozirgi töylarda sözlovçini ham tinglovçini ham tuşunib bölmaydi...”

Nega? Nima uçun? Çunki hozirgi töylarni olib boruvçi (davraboşi, boşlovçi)lar nazarimda söz ustida işlamaydilar, söz yukini his etmaydilar. Faqat ifodali öqişni biladilar, xolos. Ana şu qusur töylarimizni zerikarli qilib qöymadimikan?

Bu – alohida mavzu.

Tursunboy "salomçi”ningobrösini biland qilgan narsa – u amal qilgan meʼyor – öz nutqiga, özgalar köngliga eʼtibor. Yana u amal qilgan mezon – har bitta söz yukini his etib ijod qiliş. Şuning uçun ham Tursunboy "salomçi” bugun yo ertaga davraboşilik qilsa ham uning sözini hamma jon quloği bilan tinglaydi, tinglatadi u! Hammaning köngil uyini oçib kira olgulik Sözni topib aytgani uçun unga (balki) el Tursunboy "salomçi” deb nom berdi! Endi u elning odamiga, el-yurt xizmatidagi Odamga aylandi. Uning ana şunday darajadagi şaxs sifatida şakllanişida esa atrofidagilar, yordöstlari, eng muhimi, Xalq buyuk tarbiyaçi böldi. Bu juda katta mehnat samarasi. Bularning barçasi Ahmad oğa Nafasov yaratgan ajib ijod mahsuli - "Salomçi” – mening unvonim” kitobida jam böldi. Nazarimda, A.Nafas Tursunboy Abdullayev hayoti va ijodini emas, Amu eliga xos maʼnaviy qadriyatlar, bobomeros anʼana va udumlar, tutumlarni şarh etdilar. Bu kitob avvalo millatimizga xos anʼana va urf-odatlarni örganişga ahd qilgan ilm ahli uçun ilmiy-nazariy qöllanma, xalqimiz maʼnaviy hayotiga doir tarixiy manbadir. Qolaversa, kitob javonlarimiz yana bir yangi ommabop, gözal asar bilan boyidi. Maqolaga muxtasar nuqtani Tursunboy "Salomçi”ning uşbu satrlari şarhi ila qöymoqni niyat etdim:

"Baliq - suvda, inson – elda tirikmiz,

El qöllasa, kiçkinamas – yirikmiz.

El duosin olgaymiz, deb yuribmiz.

El-yurtimizga egilib ber bir salom”

Qarang-a, hammamizning hayotimiz şu tört satrda mujassam maʼnoga uyqaş, hammamiz şunday niyatda yaşaymiz. Yurtimiz kelinlari ana şu pok niyatlarimiz qoşida taʼzim qilib tursa! Bu – barçaning dilidagi orzu-ku! T.Abdullayevning 1001 salomida ana şunday mazmunlar, pok niyatlar, mohiyatlar mujassam.

Ularni jam etib, elga tutgan Ahmad Nafasga ham tasanno! Ijodingizga baraka bersin, Ahmad oğa! Yangi asar sizga ham, elimizga ham qutluğ bölsin!

Azizlar, "Salomçi” – mening unvonim” asarini öqing. Zero, uning har bir sahifasida hayotbaxş navo bor, maʼno bor. Ulardan albatta özingizni, orzu-niyatlaringizning gul oçgan faslini topasiz, inşoolloh.

Robiya YÖLDOŞEVA,

Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026