MILLATLAR KÖNGLIDAN TARALGAN QÖŞIQLAR
Qoraqalpoq diyori özining gözal va betakror tabiati, el-yurtiga fidoyi insonlari, bilimdon va intellektual salohiyatli yoşlari, öziga xos sanoati va işlab çiqariş imkoniyatlarining kengligi bilan mamlakatimiz xaritasida munosib örin egallagan. Bu zaminning suvini içgan, jazirama çöl-u daştlarida toblangan farzandlari amalga oşirayotgan ezgu işlarning hisobiga yetiş qiyin. Biron bir sohani alohida ajratib: “mana bular juda zör!” – deya taʼrif bermoq muşkul. Sababi, bu zamin farzandlarining barçasi öz sohalarining “mamanlari” (zörlari)dir. Ayniqsa, ijodda!
Qoraqalpoq adabiyotining darğalari bölgan Kunxöja, Ajiniyoz, Berdaq, ularning izdoşlari, XX asr qoraqalpoq adabiyoti, ayniqsa şeʼriyatini yuksak poğonaga olib çiqqan Ibroyim Yusupov, ajoyib romanlari bilan qardoş xalqlar kitob javonlarini ham boyitgan Tölepbergen Qaipbergenov, Jölmirza Oymirzayev, Xöjaboy Seyitov, Boyniyoz şoir, Tojiddin Seyitjonov, XX asrning ikkinçi yarmida qoraqalpoq adabiyotiga dadil kirib kelib, öz asarlari bilan ming-minglab muxlislari eʼtiborini qozongan Töliboy Qobulov, Kengesboy Rahmonov, Tengelboy Sarsenboyev, Ulmambet Xöjanazarovlarning nomliri neça-neça sarhadlardan oşib ötib, adabiyot ixlosmandlarining qalblarini zabt etganlari haqiqat!
Bugungi qoraqalpoq şeʼriyatining betakror ohanglari yanada jarang soçişida Jiyanboy Izbosqanov, Hikmatulla Ayimbetov, Kengesboy Karimov, Xalilla Davlatnazarov, Abulqosim Ötepbergenov (bu röyxatni uzoq davom ettiriş mumkin) va nihoyat Baxtiyor Genjemuratovlarning xizmatlari beqiyosdir. Ular orasida şoir va yetuk publitsist hamda mahoratli tarjimon Yangiboy Qöçqorovning öziga xos örni bor.
Özining köngillarni tebratuvçi gözal taşbehlarga boy nazmiy asarlari, öqigan kişini çuqur öyga toldirib, qalblarda ezgu tuyğular uyğotuvçi oçerklari, esse va badialari bilan qoraqalpoq, özbek xalqlari adabiyotsevarlarining hurmatini qozongan Yangiboy Qöçqorov fikri teran, zukko tarjimon hamdir. Uning şeʼrlar, dostonlar, oçerk va esselardan iborat 30 ga yaqin kitoblari çop etilgan. Ayniqsa, şoirning tarixiy “Qönğirotnoma” hamda “Ön töqqizinçi dovon” dostonlari mustaqillik yillarida tarixiy mavzuda yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlar sirasiga kiradi.
Yangiboy Qöçqorovning esselar yoziş borasida qalami ança çarxlangan. Uning “Oy tegrasida yulduzlar” deb nomlangan Zulfiyaxonim va töqqiz millat şoiralari ijodi, adabiy döstligi haqidagi, Ollombergan Xudoyberganovning hayoti va faoliyatiga bağişlangan “Sohildagi bir kitob”, xorazmlik bolalar şoiri Ollambergan Pölat ijodiy faoliyatidan hikoya qiluvçi “Doniş şoir dunyosi”, andijonlik şoir Farid Usmon haqidagi “Muattar mehr” esselari, avvalo, badiiy jihatdan mukammalligi, tilining ravonligi, syujetlarining dolzarbligi bilan katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Şuni alohida taʼkidlaşni istardimki, Yangiboy Qöçqorov nafaqat şoir va yetuk publitsist, balki hozirgi zamon özbek tarjima adabiyotining ham fidoyilaridan. Rus, qozoq, qoraqalpoq, turkman kabi qardoş xalqlar tillarini mukammal biladigan Yangiboy Qöçqorov özbek kitobxonlari uçun xalqlar döstligining ramziy köprigi – tarjimonlik borasida öz ijod maktabini yaratayotir, desak heç mubolağa bölmaydi. U 10 ga yaqin yirik tarjima asarlar muallifi. Xususan, Nobel mukofoti sohibasi Svetlana Alekseyeviçning “Uruşning ayolga yot qiyofasi” romanini mahorat bilan özbek tiliga ögirdi. Şuningdek, rus yozuvçisi Viktor Sulinning (“Den posledniy i perviy”) “Sönggi va birinçi subhidam” asari Yangiboy Qöçqorov tarjimasida 5000 nusxada çop etildi.
Xalqlar döstligining beqiyos qudratini özida mujassam etgan tarjima asarlari sirasiga kiruvçi “Navoiydan savod oçdim” kitobi esa Yangiboy Qöçqorovning buyuk hazrat Navoiy bobomizning 575 yilligiga munosib tuhfasi böldi. “Uluğ”, “Buyuk” rutbalari bilan 577-yildan beri özidan keyingi avlodlarga ijod borasida ilohiy quvvat baxş etib kelayotgan uluğ bobokalonimiz Alişer Navoiydan “savod oçib”, qoraqalpoq mumtoz adabiyotining tamal toşini qöygan Kunxöja, Ajiniyoz, Berdaqdan tortib to hozirgi davr qoraqalpoq adabiyotining beşigini tebratib kelayotgan şoirlar uçun ham, albatta, Navoiy ijodi benazir ilhom va ibrat maktabidir. “Özbekiston” naşriyotida, 2016-yilda naşr etilgan Yangiboy Qöçqorovning “Navoiydan savod oçdim” tarjimalar töplamiga qoraqalpoq mumtoz va hozirgi zamon adabiyotining zabardast namoyondalarining ijodlaridan namunalar kiritilgan. Tarjimonning mahorati şundaki, har bir asar, hatto har bitta satr mazmunan asliyatdan farq qilmaydigan darajada özbek tiliga ögirilgan.
Mutarjimning ikkinçi tarjima asari “Qozoqning qirq oqinidan qirq ölan” deb nomlanadi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy naşriyotida çop etilgan uşbu kitob, avvalo, özining yuksak poligrafik ijrosi, bundan ham muhimi, qozoq va özbek xalqlari adabiy va abadiy döstliginining timsoli ekanligi bilan ahamiyatlidir.
“... Qadim-qadimdan bu ikki xalq yonma-yon yaşab, bir daryodan suv içib, bir yaylovda çorvaçilik qilganlar. Bir söz bilan aytganda, tutaş taqdirli xalq”, - deb yozadi kitobga sözboşi taqdim etgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima kengaşi masʼul kotibi Adhambek Alimbekov va öz fikrining isboti sifatida akadmik şoir Ğafur Ğulomning “Ikki boşga bir manglayday yarqiroq taqdirimiz” degan qozoq va özbek adabiyoti adabiy döstligining taşrif qoğoziga aylangan maşhur satrlarini iqtibos sifatida keltiradi.
Haqiqatdan ham ikki xalqning taqdirlari abadiy tutaş, ildizlari teran. Buni nafaqat adabiyotlarimiz döstligida, balki ikki davlat rahbarlarining siyosiy tutumlarida ham köriş mumkin. Agar taʼbir joiz bölsa, Yangiboy Qöçqorovning “Qozoqning qirq oqinidan qirq ölan” tarjima kitobi ham adabiy tarjima jarayonida, ham ikki xalqning siyosiy-ijtimoiy va adabiy hayotida muhim voqealardan biri böldi, deyişga haqlimiz. 2018-yilga Qozoğiston Respublikasida “Özbekiston yili” deb nom berilib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning “Buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş töğrisida”gi Qarori qabul qilinişi munosabati bilan va Qozoğistonda özbek va qozoq ijodkorlari hamkorligida muşoiralar, adabiy anjumanlar ötkazilayotgan, özbek va qozoq adabiy-madaniy hamkorligi aloqalari yanada rivojlaniş pallasiga kirgan bir paytda Yangiboy Qöçqorov özbek adabiyoti xazinasini “Qozoqning qirq oqinidan qirq ölan” tarjima asari bilan boyitdi va ikki xalq adabiyotlari döstligiga munosib hissa qöşdi. Kitob öşa hayajonli kunlarda Ostona şahrida bölib ötgan “Yevroosiyo kitobi” xalqaro kitob yaramarkasida maxsus Diplom bilan taqdirlandi.
Kitobni varaqlar ekansiz, uning har bir sahifasidan ajib hikmatlar topasiz. Bu hikmatlarda orzu-umidlari, urf-odat va anʼanalari bir-birining hayotiga ziynat baxş etib turgan özbek va qozoq xalqlarining köngillari aks etib turganday. Bu köngillar biri-biriga tutaş. Bu köngillar misoli biri ikkinçisi uçun çaşmai-ob. Ana şu çaşmai-ob sabab bu köngillar töq. Biri-birini suyab, biri-biriga suyanib, qozoq “bovurim!”, desa, özbek: “aylanay, jonim!” deb evirilib turadi. Yangiboy Qöçqorov öz kitobi bilan ana şu umrboqiy qadriyat – oqibat va mehr-muhabbat qadrini yanada yuksaltirdi.
Ajab! 30 ga yaqin kitob muallifi, 10 taça tarjima asarlari çop etilgan, öz asarlari bilan 20 ta jamoa töplamlariga zeb bergan Yangiboy oğa Qöçqorovga köpçilik jahongaşta, deya taʼrif beradilar. Bölsa, bordir, zahmatkaş adib, el-yurtga fidoyi şoir, qalami ötkir publitsist, mohir tarjimon, dilkaş suhbatdoş Yangiboy oğa ayni paytda 60 yoşning ostonasidalar. Keksalikni tan olmay, yigitlikning tulporidan tuşmay, hamon yayov yurt kezib yuribdilar. Va hamon ijod maydonida ilğor. Men bir muxlis, qolaversa, Yangiboy oğa bilan hamkasb sifatida bu fidoyi insonga yanada jöşqin, sermahsul ijod, mustahkam soğlik tilayman.
Ijod böstoni aro qadamlaringiz hamişa zalvorli, umringiz ziyoda bölsin, Yangiboy oğa!
Robiya YÖLDOŞEVA, Qoraqalpoğiston Respublikasida
xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶