MILLATLARARO TOTUVLIK TAFTIDAN KUÇ OLGAN TURKMAN QARDOŞLARNING BILIMDON FARZANDLARI
Mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, bilimdon va iqtidorli, intiluvçan yoşlarning öz qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va ğamxörlik tufayli bugungi kunda dunyo yoşlari bilan har sohada bellaşişga qodir kuçli, ötkir zehn va salohiyatga ega yangi avlod vakillari voyaga yetmoqda.
Amudaryo tumanida ham öz iqtidorlarini sport va sanʼat sohalarida, taʼlimda namoyon etib, tengdoşlarining havas va eʼtiroflariga sazovor bölayotgan namunali öquvçi-yoşlar köp. Ular orasida beş taşabbus olimpiadasi musobaqalari, “Zakovat” intillektual öyini, fanlar olimpiadasi, “Yoş kitobxon”, “Zulfiyaxonim izdoşlari” körik-tanlovlarining ğolib va sovrindorlari bor.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda şiori ostida” amalga oşilirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” loyihasi doirasidagi aynan ana şunday bilimdon, yuksak maʼnaviyatli insonlar bölib yetişişga intilayotgan yoşlar iştirokidagi davra suhbatlari, taniqli şoir va yozuvçilar bilan uçraşuv tadbirlariga tumanning eng çekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining öquvçi-yoşlari ham qamrab olinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bölib ötayotgan tadbirlar orqali iqtidorli, öz xulq-atvori, bilimdonligi bilan tengdoşlariga namuna bölayotgan izlanuvçan yoşlarning kaşf etilayotgani quvonarli. Loyiha ijodkorlari yaqinda “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” loyihasi iş rejasiga köra, tumandagi 25-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçi-yoşlari hayoti bilan yaqindan tanişişdi. 171 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya oladigan mazkur taʼlim muassasasida öqiş turkman tilida olib boriladi. Maktabda öquvçilarning sifatli taʼlim olişlari uçun zarur şart-şaroitlar mavjud. 30 nafar pedagog xodimlarning 6 nafari oliy, 8 nafari 1- va 2-toifaga ega, 5 nafari malakali mutaxassis öqituvçilardir. Öquvçilarning darsdan böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun fanlar böyiça tögarak maşğulotlari muntazam ravişda körgazmali vositalar asosida olib boriladi.
Şunisi eʼtiborlisi, maktabda öqiş turkman tilida olib borilsa-da, öquvçilar uçun ingliz, rus, özbek tili va qoraqalpoq tillarini örganiş juda qiziqarli. Şu bois, öquvçi-yoşlarning deyarli barçasi özbek, qoraqalpoq tillarida öz ona tillaridagi kabi burro sözlaşadilar.
- Ingliz, rus tillarini örganayotgan bilimdon öquvçilarimiz köp, - deydi faxr bilan maktab direktori, Özbekiston Xalq taʼlimi aʼloçisi Amanmurod Jabborov. – Sobiq öquvçilarimiz orasida xorijiy tillar bilan birga özbek va qoraqalpoq tili öqituvçilari ham talaygina. Matematika, ingliz va rus tili, tarix va fizika, kimyo fanlari böyiça tögarak maşğulotlariga qatnaşayotgan öquvçilarimiz erişayotgan yutuqlar tufayli maktabimiz bitiruvçilarning OTMlarga öqişga kiriş darajasi böyiça “yaşil” toifada.
Maktabning 1-toifali boşlanğiç sinf öqituvçisi, Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi Gulsara Atayeva va Gulalak Bayrammatova yuqori sinflar öquvçilari erişayotgan yutuqlarga ilk poydevor qöygan ustozlardan. Ular özlari taʼlim berayotgan boşlanğiç sinf öquvçilarining kelgusida qaysi fan böyiça çuqur bilim olişga qodirligini oldindan ayta oladilar. Öquvçilarining qiziqişlari, intilişlari asosida dars-maşğulotlari taşkil etib, ularning qiziqişlari va intilişlarini doimiy rağbatlantirib boradilar. Öquvçilarga taʼlim-tarbiya berişdagi ana şu uslub tufayli öquvçilar orasida öz tengdoşlariga har taraflama örnak bölayotgan bilimdon yoşlar talaygina.
Babamurod Tirkeşov ayni paytda 10-sinfda öqiydi. U barça fanlarni aʼlo darajada özlaştiradi. Matematika fani esa uning jon-u dili. U öqituvçisi Bahodir Gurbanov bilan birgalikda bu fanni çuqur özlaştirişga ahd qilgan. Kelajakda esa iqtisodiyot yönalişida öqib, Özbekistonimizning taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga ahd qilgan.
Babamurod 2023-2024 öquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida matematika fani böyiça iştirok etib, faxrli 1-örinni egalladi va özining matematik amallarni yeçişdagi qobiliyati, masalalar ustida işlaş böyiça qöllagan qiziqarli kombinatsiyalari bilan hakamlarning yuksak eʼtirofiga sazovor böldi. Fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida esa 5-örinni egallab, eng kuçli 10talikdan joy oldi.
Babamurodning sinfdoşi Şakarjon Aşirboyeva özbek tili va adabiyoti fani bilimdoni. Boşlanğiç sinfdaligidayoq özining intiluvçanligi, hozirjavobliligi bilan ustozlarining mehrini qozongan Şakarjon tengdoşlariga nafaqat özbek tili va adabiyoti fanining bilimdoni, balki jamoat işlaridagi faolligi, mahalladoşlari orasida iboli, intizomli, epçil va pazanda, hatto çevarligi bilan ham ibrat bölayotganidan u haqda ustozlari faxrlanib sözlaşadi. Şakarjon turkman tili va adabiyoti bilan bab-baravar ustozi, özbek tili va adabiyot fani öqituvçisi Hasanjon Yakubov rahbarligida özbek tili va adabiyotini qunt bilan örganmoqda, juda kitobsevar. Öqişdan böş vaqtlarini badiiy kitoblar mutoalasi, turkman milliy kiyimlariga bezak naqşlar töqiş bilan ötkazadigan Şakarjon Aşirbayeva fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida Özbek va adabiyoti fanidan ğoliblikni qölga kiritib, Respublika bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etdi va kuçli 10talikdan munosib örin oldi.
Maktabning 10-sinf öquvçilari orasida bilimdon yoşlar köp. Ulardan yana biri Yenaş Sattarova ingliz tilida mustaqil fikr bildiriş qobiliyatiga ega öquvçilardan. Ustozi, maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Javlonbek Kenjaboyev rahbarligida uşbu tilni mukammal örganişga ahd qilgan Yenaş Sattarova 2023-2024 öquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida faxrli örinni egallab, tengdoşlariga namuna böla oldi. U maktabda taşkil etilgan xorijiy tillar tögaragining ingliz tili yönalişida şuğullaniş bilan birga ingliz tilidan milliy sertifikat oliş niyatida mustaqil ravişda öqib, izlanmoqda. Böş vaqtlarida kiçik-kiçik qatra va hikoyalarni özbek va turkman tillaridan ingliz tiliga, ingliz tilidan turkman va özbek tillariga tarjima qiliş borasidagi izlaniş va intilişlaridan ustozlari mamnun.
Navrözboy Gaipov esa tarix faniga qiziqadi. Uning qiziqişlarini qöllab-quvvatlovçi ustozi, tarix fani öqituvçisi Öğilsapar Avezova Navrözboy bilan birgalikda şuğullanişdan aslo zerikmaydi. Navrözboy ham fanlar olimpiadasida muvaffaqiyatli iştirok etib, özining bilimdonligi bilan tengdoşlariga namuna bölayotgan öquvçilardan. U tarix fanidan umumtaʼlim dasturidagi darslikdan taşqari, özini qiziqtirgan boşqa tarixiy mavzular böyiça ilmiy maqolalarni maktab kutubxonasidagi kitoblar orqali, şuningdek, ziyonet internet tarmoği orqali ham öqib, örganib borişga odatlangan. Hatto Amudaryo tumanining deyarli barça hududlarida istiqomat qiluvçi etnik turkmanlarning tarixiy ildizlari, turkman, özbek, qoraqalpoq, qozoq millatiga mansub xalqlarning ötroqlaşuvi bilan boğliq tarixiy manbalarni juda katta qiziqiş bilan öqib-örganadi va özaro totuv, inoq, mehr-oqibatli millatlar döstligidan faxrlanib sözlaydi.
- Hammamiz jam bölib bir Vatanmiz, yagona oila – Özbekistonmiz! – deydi u iftixor bilan.
Maktab kutubxonasi öquvçi-yoşlarning maʼnaviy barkamollik sari intilişlarida haqiqiy maʼnaviyat sarçaşmasidir. Bu maskanda öquvçilarni qiziqtirgan mavzulardagi muhim adabiyotlar jamlangan. Kitobsevar yoşlar badiiy adabiyotlarni şunçaki mutolaa qilibgina qolmay, özlari öqigan kitoblardan olgan taassurotlari haqida fikrlaşadilar. Savol-javoblar, şeʼrxonliklar orqali öz dunyoqaraşlarini boyitadilar.
Tarix fani öqituvçisi Öğilsapar Avezova rahbarligidagi milliy kaştaçilik tögaragi maşğulotlari öquvçi-qizlar uçun juda qiziqarli. Turkman millatida qizaloqlar esini tanigan palladanoq, albatta milliy kiyim-keçaklarga bezak-naqşlar jevak, dasturxon, hatto otalari uçun xurjun töqişga örgatila boşlaydi, - deydi tögarak rahbari Öğilsapar Avezova. – Milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizdan kelib çiqib, maktabimizda uşbu tögarak faoliyatini yölga qöydik.
Tögarak aʼzolarining qöl mehnati mahsuli bölgan turfa naqşlar, gulquroqlar, çoynak tagliklari, jajji hamyonçalarda turkman millatining öziga xos betakror urf-odat va anʼanalari öz ifodasini topgan. Tögarak aʼzolari tomonidan töqilgan, mehr bilan tikilgan har bir buyumda bugungi turkman yoşlarining orzulari, ezgu niyatlari aks etib turganidan ayonki, maktabda maʼnaviy-maʼrifiy işlar bilan öquv-tarbiyaviy işlar özaro uyğunlikda olib boriladi.
- Bugungi yoşlar qalbida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat tuyğusini şakllantiriş uçun ham bunday tögaraklar faoliyati har bir öquv muassasasida yölga qöyilişi şart, - deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Gurbannazar Sapargeldiyev.
Maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Manğitboy Nuriyev esa öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun turkman, özbek, qozoq, qoraqalpoq milliy öyinlari asosida musobaqalar taşkil etişdan özi ham, öquvçilari ham zavqlanişini yaşirmaydi.
- Milliy xalq öyinlarida oriyat, halollik, özaro mehr-oqibat mujassam, - deydi u.
Şuning uçun ham Amudaryo tumanida yagona bölgan, öqiş turkman tilida olib boriladigan 25-sonli maktabda öquvçi-yoşlar uçun xalqlar, millatlar döstligi hamma narsadan uluğ tutiladi. Maxtumquli bilan Navoiy, Abay bilan Ajiniyoz u Berdaq asarlaridan tortib hozirgi zamon özbek, turkman, qozoq va qoraqalpoq adabiyoti namoyandalarining asarlarini öquvçilar sevib, qunt bilan örganişadi. Ularning ahd-u şahdlaridan, kelajakka dadil boqib turişlaridan, umumtaʼlim fanlarining bilimdonlari sifatida tengdoşlari qalbida havas uyğotayotganidan biz ham suyundik. Çunki bugungi katta avlod vakillarining umidi ana şu yoşlardan. Ular özlarining kuç-qudrati, bilimi, maʼnaviyati va bilan Uçinçi Renessansni bunyod etguvçilardir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶