MANĞIT ŞAHRINING KIÇIK ŞAHARÇA QIYoFASINI OLGAN MAHALLASI
Mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va ğamxörlikning mazmun-mohiyatida, avvalo inson omiliga eʼtibor, uning hayotdan rozi, obod va farovon yaşaşini taʼminlaşdek ustuvor vazifalar mujassam. Mahalla masʼullari esa ana şu ustuvor vazifalarni sobitqadamlik bilan bajarişga hamişa burçlidirlar.
Manğit şahrining Olmazor mahallasi Amudaryo tumanidagi har tomonlama, ayniqsa, infratuzilmasi jadal rivojlanayotgan mahallalaridan biri sanaladi. Ayni paytda 1025ta oilada 3242 nafar aholi istiqomat qilayotgan mahalla hududida zamon talablari darajasidagi istirohat boği, Amudaryo tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi, 4ta bolalar boğçasi, “Sayamed” köz kasalliklari klinikasi, 1ta mini stadion, Amudaryo BÖSM va unga tegişli markaziy öyingoh, yopiq basseyn, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi maʼmuriy binosi, 82-sonli umumtaʼlim maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, xorijiy tillarga ixtisoslaşgan xususiy maktab, 3ta çoyxona, 2ta tozalangan suv sotiş şoxobçalari, 2ta savdo-sotiq dökoni, 1ta AYoQŞ, mebel işlab çiqariş, körpa qaviş tsexlari, zamonaviy fotostudiya mavjud. Mahalla infratuzilmasining zamon talablari darajasida rivojlanayotganini hisobga olsak, hatto Manğit şahrining markaziy qismiga nisbatan ham qiyofasi körkam, xalq talab va ehtiyojlari darajasidagi şahar içidagi şaharça deyiş mumkin.
Işsizlikka barham beriş, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan yoşlar, ayol-qizlarning bandligini taʼminlaşda “Mahalla yettiligi”ning tutgan örni muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi örganişlari natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar röyxatlari şakllantirilib, 19 nafar fuqaroning xonadonlari tomi şiferlab berildi, yana 5ta xonadon tomini şifer bilan yopiş işlari davom etmoqda.
Hududni eng obod va farovon göşaga aylantiriş maqsadida MFY raisi A.Madrahimov rahbarligida keng kölamli obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Faqat 2023-yil davomida davlat mablaği hisobidan Jumurtov, Firdavsiy nomli, Islomobod va Humoyun nomidagi köçalarning 2,5 km. qismida piyodalar yölakçasi qurilib, tungi yoritgiçlar örnatildi, Birdamlik köçasining 2 km. qismiga toş-şağal töşaldi. Prezidentimiz taşabbusi bilan har bir mahallaga davlat byudjetidan ajratilgan 500 mln. söm mablağ hisobidan Birdamlik köçasi aholisining elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş maqsadida 1ta 250 kVt kuçlanişga ega transformator, Firdavsiy nomidagi va Islomobod köçalari aholisi uçun 1ta elektr nasos örnatilib berildi. Şuningdek, Olmazor köçasiga 1ta, Firdavsiy nomli va Nihol köçalariga 1ta bolalar öyin maydonçalari qurib berilib, Olmazor köçasiga şağal-toş töşaldi.
Mahalla aholisining xavfsizligini taʼminlaş maqsadida Humoyun nomli köçaga 4ta, Islomobod köçasiga 1ta kuzatuv kameralari 1-Nihol köçalari obodonlaştirilib, 1,5 km. qismiga şağal-toş yotqizildi.
Yoşlar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan eʼtibor tufayli mahallada özini-özi band qilgan fuqarolar, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyib, doimiy daromad manbaiga ega bölgan yoşlar ham talaygina.
MFY raisi A.Madrahimovning faoliyat qölami esa olmazorliklarning yangi-yangi rejalari, orzulari bilan yanada kengayib boraveradi. Ayni paytda mahallada 2024-yil uçun belgilangan rejalarni ado etişga qaratilgan saʼy-harakatlar ham hamjihatlik bilan boşlab yuborildi.
Xususan, Osiyo taraqqiyot banki mablağlari hisobidan loyiha qiymati 15,1 mlrd. söm bölgan 11,6 km. masofadagi yölni betonlaştiriş, 2024-2025-yillarda Birdamlik va Yangiboğ köçalari oraliğida 120-örinli MTT binosini quriş, Nihol va Firdavsiy nomidagi köçalarning 2 km. qismini asfaltlaş, Birdamlik, Islomobod, Nihol köçalariga tungi yoritgiçlar örnatiş, piyodalar yölakçasi quriş, elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş maqsadida 250 kVt kuçlanişga ega 3ta transformator örnatiş va oqar suvdan foydalaniş sifatini oşirişda tejamkorlikni taʼminlaş uçun 2 km. uzunlikda beton ariqçalar qurilişini amalga oşiriş, hududdagi “Barkamol avlod” bolalar maktabini rekonstruktsiya qiliş rejalaştirilgan.
– Belgilangan uşbu rejaviy işlarni bajarişda men mahalladoşlarimga suyanaman, – deydi MFY raisi A.Madrahimov. – Maqsadimiz esa bitta – xalqimiz öz hayotidan rozi, ertangi kuniga işonç bilan yaşaşini taʼminlaş.
Işonç bor joyda ösiş, rivojlaniş böladi. Biz ham işonç bilan ayta olamizki, A.Madrahimov rahbarligida Olmazor MFYda amalga oşirilayotgan işlarda xalqning işonçidan kuç olgan taraqqiyot odimlari bor va bu olmazorliklar turmuş tarzida, mahallaning körkam qiyofasida aks etib turibdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶