12.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.08.2026, 23:18
Adabiyot 👁 100

Teran ildizlardan kuch olgan nashr

Teran ildizlardan kuch olgan nashr

Gazeta kashf qilinganidan buyon bosma nashrlar nafaqat yangiliklar manbai, balki jamiyatni uygʻotuvchi, fikr va dunyoqarashni shakllantiruvchi qudratli qurol vazifasini oʻtab kelmoqda. Tarixga nazar tashlasak, bundan 92-yil muqaddam, yaʼni 1934-yilda hozirgi Amudaryo tumani hududida ham oʻz davrining ovozi boʻlgan 2 ta nashr bosmadan chiqa boshlagan edi. Oʻtgan yillar davomida ushbu gazetalar xalqimizni ishonchli axborot bilan taʼminlash, ularning maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirish, shuningdek, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va maʼrifiy hayotidagi oʻzgarishlarni tarix sahifalariga muhrlash borasida eng muhim vosita boʻlib xizmat qildi. "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasining bugungi kunlarga yetib kelishida soʻzning qadrini baland bilgan, haqiqatni qalam orqali xalqqa yetkazishda fidoyilik koʻrsatgan koʻplab zahmatkash ijodkorlarning, tajribali muharrir va muxbirlarning beqiyos hissasi bor. Ularning tinimsiz izlanishlari va ijodiy mehnatlari tufayli nashr uzluksiz ravishda chop etilib, tumanimiz ahlining eng yaqin hamrohiga aylandi. 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir asrdan kamroq vaqt davomida yuzlab fidoyi insonlarning mehnati singgan, davrning eng muhim jarayonlarini oʻzida aks ettirgan sevimli gazetamizning boy tarixidan olingan eng asosiy va esda qolarli voqealarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

• Tuman matbuotiga 1934-yilda tamal toshi qoʻyilgan boʻlib, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sobiq Qipchoq tumanining “Sotsializm yoʻli” va Xorazm viloyati sobiq Mangʻit tumanining “Stalinchi” gazetalarining maʼnaviy-huquqiy vorisi sanaladi.

• Qipchoq tumanining “Sotsializm yoʻli” gazetasi muharrirligiga 1934-yil 22-fevralda qoʻngʻirotlik Rajab Hakimniyozov tayinlangan. Undan soʻng xoʻjaylilik Abdukarim Ibrohimov (1938-1941-yillar), Endirboy Joʻlliboyev (1941-1942-yillar), Sobir Yusupov (1942-1944-yillar), Aytjon Jumaniyozov (1943-yil), Nurumboy Jumaniyozov va Tursunboy Davlatboyevlar (1953-1957-yillar) ushbu lavozimda ishlagan.

• “Sotsializm yoʻli” gazetasining birinchi soni 1934-yil 5-mayda lotin yozuvida bosib chiqarilgan.

• Mangʻit tumanida “Stalinchi” gazetasini tashkil etishga 1934-yil bahorida jurnalist Saʼdulla Oʻrozov boshchilik qilgan va oʻzi uning birinchi muharriri boʻlgan.

• “Sotsializm yoʻli” gazetasi tahririyati va bosmaxona dastlab Qipchoq qalʼasidagi Quljonboy ismli shaxsning paxta zavodi binosida ish boshlagan hamda gazeta oyiga besh marotaba chiqarila boshlagan.

• 1937-yilning oxirida har ikkala gazeta muharrirlari Rajab Hakimniyozov va Saʼdulla Oʻrozov hamda ikkala tumanning bir guruh faollari nohaq ravishda “xalq dushmani” tamgʻasi bilan hibsga olingan. Ularning koʻpchiligi qiynoqlar natijasida qamoqxonada vafot etgan.

• 1946-yil kuzida taniqli yozuvchi Asan Begimov yordami bilan “Sotsializm yoʻli” gazetasi tahririyati va bosmaxona Qipchoq qalʼasidagi Yusufboy ismli shaxsning hovlisiga koʻchirilgan va sharoitlari birmuncha yaxshilangan (38-bet).

• 1948-yil 15-mayda “Sotsializm yoʻli” gazetasi sahifasida Aziz Razzoqovning «III Internatsional» jamoa xoʻjaligi raisi kirdikorlarini fosh qiluvchi «Yor-yor» nomli sheʼriy feletoni bosilib chiqqan. Ushbu feleton chop etilganidan soʻng, kolxoz raisi va uning sheriklari muxbir Aziz Razzoqovni vahshiylarcha doʻpposlab azoblagan va gazeta nusxalarini tandirga tashlab yoqib yuborgan. Muxbirga qilingan tazyiqlar va nohaqliklar haqida 1948-yil 30-iyunda “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida Hotam Ikromovning “Qoraqalpogʻistonda qishloq muxbirlari quvgʻin qilinmoqda” sarlavhali tanqidiy maqolasi chiqqan va aybdor rahbarlar ishdan olinib, haqiqat tiklangan.

• 1957-yilning oxirida Mangʻit va Qipchoq tumanlari birlashtirilib, Amudaryo tumani tashkil qilingan. Ushbu ikkala tuman gazetalari negizida yangi “Amudaryo haqiqati” gazetasi tashkil topgan va ungan 1959-yilgacha Sobir Yusupov muharrirlik qilgan.

• 1962-yilda tuman gazetalari tugatilib, oʻrniga Amudaryo, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlarining “Kommunizm gʻalabasi” nomli tumanlararo gazetasi chiqarilgan.

• 1965-yil 15-iyunda Amudaryo tumani gazetasi yana qayta tiklanib, tahririyat “Mangʻit” sakkiz yillik maktabining eski binosiga joylashtirilgan. Shu yil 1-iyulda uning ilk soni Sobir Yusupov muharrirligida yorugʻlikka chiqqan.

• 1970-yillardan boshlab gazetani tayyorlash jarayoni yengillashib, matnlar linotip mashinasida terila boshlagan.

• 1991-yildan soʻng gazeta oʻz-oʻzini moliyalashtirish tizimiga oʻtgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, “Oq oltin” jamoa xoʻjaligi, “Yulduz” hissadorlik jamiyati va “Mangʻit ip yigiruv fabrikasi” kabi homiylarning moliyaviy koʻmagida chop qilib kelingan.

• 2004-yildan eʼtiboran gazeta qoʻrgʻoshin harflarda emas, balki kompyuterda sahifalanib, “Nukus poligrafkombinati”da ofset usulida bosila boshlagan.

• 2012-yildan boshlab tuman gazetasi “Taraqqiyot koʻzgusi” nomi bilan chop qilib kelinmoqda.

Bugungi kunda Amudaryo tumanida oʻtmishdagi ana shunday teran va mustahkam ildizlardan kuch olgan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, shuningdek, Amudaryo televideniyesi hamda amunews.uz veb-sayti samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu ommaviy axborot vositalarining jonkuyar ijodiy jamoasi hamda oʻz hayotini shu sohaga bagʻishlagan amudaryolik faxriylarning mashaqqatli mehnatlari davlatimiz tomonidan doimo munosib eʼtirof etib kelinmoqda. Xususan, joriy yilgi kasb bayrami munosabati bilan gazetaning sobiq muharriri Xonimjon Rajabova “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan, gazetaning fotomuxbiri Mahmudjon Shomurodov va “Amudaryo televideniyesi” tahririyati operatori Ravshanbek Bahromovlar “Oʻatan pidayisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Bu kabi yuksak eʼtibor ijodkorlarni yangi marralar sari ruhlantiradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019