Naşriyot tizimida SMM yönalişining kirib kelişi va rivojlanişi
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizning barça jabhalariga çuqur kirib kelişi ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, naşriyot tizimi faoliyatini ham tubdan özgartirmoqda. Raqamli transformatsiya jarayonlari matbuot sohasini yangi bosqiçga olib çiqib, anʼanaviy bosma mahsulotlar bilan bir qatorda ularning internet makonida ommalaşuvi va keng auditoriyaga tez yetib borişini taʼminlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunning eng taʼsirçan kommunikatsiya vositalaridan biri sifatida nafaqat şaxsiy fikr almaşiş, balki taşkilotlar, jumladan, naşriyotlar uçun ham muhim axborot platformasiga aylandi. Şu bois marketing sohasida “Social Media Marketing” (SMM) tuşunçasi keng ommalaşdi.
SMM — bu ijtimoiy tarmoqlar orqali auditoriya bilan samarali muloqot olib boriş, brend imijini mustahkamlaş va mahsulotni tarğib qilişda foydalaniladigan zamonaviy strategiyalar majmuasidir.
Naşriyot sohasi uzoq yillar davomida anʼanaviy – bosma mahsulotlar şaklida faoliyat yuritib keldi. Uşbu model doirasida qölyozmalarni qabul qiliş, tahrirlaş, dizayn va sahifalaş, söngra bosma mahsulot körinişida naşr etiş jarayonlari amalga oşirilardi. U öz vaqtida samarali bölgan bölsa-da, XXI asrdagi texnologik taraqqiyot şaroitida mazkur modelning sekinligi va auditoriyaga yetib borişdagi çeklangan imkoniyatlari tobora yaqqol namoyon böldi.
Raqamli transformatsiya esa naşriyot faoliyatining barça bosqiçlarini elektronlaştirib, uni tezkor va interaktiv asosda qayta taşkil etişni taqozo etmoqda. Bugungi kunda zamonaviy naşriyotlar öz işini raqamli muhitda taşkil etmoqda. Bu faqat elektron kitoblar naşri yoki onlayn savdolar bilan çeklanib qolmay, balki butun iş jarayonini özgartirmoqda:
— qölyozmalar elektron platformalar orqali yuboriladi;
— tahririyat va muallif örtasidagi aloqalar elektron poçta va messenjerlar orqali amalga oşiriladi;
— dizayn va sahifalaş işlari zamonaviy dasturlar yordamida avtomatlaştiriladi;
— tahririyat va mualliflar real vaqtda raqamli muhitda birgalikda işlaş imkoniyatiga ega bölmoqda;
— kitoblar onlayn dökonlar, mobil ilovalar va elektron platformalar orqali tarqatilayotgani esa, yangi imkoniyatlarni oçmoqda.
Naşriyot tizimida SMM texnologiyalaridan foydalaniş kitob mahsulotlarini keng auditoriyaga tanitiş, yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş, öquvçilar bilan doimiy muloqot örnatiş va ularning fikr-mulohazalarini örganişda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali naşriyotlar öz auditoriyasini çuqur örganiş, ularga individual yondaşuv asosida mahsulot taqdim etiş imkoniga ega bölmoqda. SMM faoliyati — bu faqat kontent yaratiş yoki reklama joylaştiriş emas, balki brend imijini şakllantiriş, öquvçilar bilan uzviy muloqotni taʼminlaş, maqsadli auditoriyani aniqlaş va raqamli platformalar imkoniyatlaridan töliq foydalanişni nazarda tutadigan strategik jarayondir.
Naşriyot uçun SMM faoliyati, avvalo, axborotni taqdim etiş uslubini zamonaviy raqamli muhitga moslaştiriş va öquvçilar bilan zamonaviy tilda muloqot qiliş imkoniyatini yaratadi.
Farangis Abdullayeva, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶