10.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
10.09.2026, 14:06
Jamiyat 👁 391

“Falon rusumdagi smartfonimni sotaman” yoki “Katta miqdorda meva-cheva bor, bahosi kelishilgan narxda”...

“Falon rusumdagi smartfonimni sotaman” yoki “Katta miqdorda meva-cheva bor, bahosi kelishilgan narxda”...

Telegram tarmogʻidagi bu kabi xabarnomalarga deyarli har kuni koʻzimiz tushadi. “Sotsa, sotavermaydimi, shuni ijtimoiy tarmoqda ovoza qilish shartmi?” deya ajablanishingiz mumkin. Lekin ana shu taxlit xabarnomalar tufayli onlayn savdo qilaman deb firibgarlar tuzogʻiga ilingan, bor budidan ayrilib, xonavayron boʻlgan insonlar tobora koʻpayib borayotganidan hushyor tortamiz. Mana shundaylardan biri Maʼmurjon Rossiyada ishlab qaytgach, koʻp funktsiyali, yangi rusumdagi smartfon sotib oldi. Avval foydalanib yurgan smartfoni ham yomon emasdi, sotsa, yaxshigina daromad boʻladi. Shu fikrda telegram tarmogʻiga eʼlon joyladi. Eʼloni tagiga telefonining bahosini va suratini joyladi. Oradan daqiqalar oʻtib-oʻtmay, Maʼmurjonga xabar keldi:

– Telefoningizni men olmoqchiman, Samarqandlikman, agar kartangizning kodini menga tashlasangiz, hisobingizga siz aytgan mablagʻni oʻtkazib beraman. Xaridor topilganidan quvonib ketgan Maʼmurjon yaqindagina Rossiya davlatidagi oʻzi ishlagan zavod ish beruvchisi tomonidan oʻz nomiga ochilgan, ikki yillik ish haqi jamlangan kartaning kodini xaridor aytgan elektron pochta manziliga osongina kiritdi-yu... Bitta tugmani bosishi bilan kartasida yaxshi niyat bilan jamgʻarib qoʻygan, ne mashaqqatlar bilan ishlab topgan bor mablagʻi yechib olinganini sezmay qoldi. Qayta-qayta kartasini ochib koʻraverib asabi charchagan Maʼmurjon firibgarga aldanganini sezdi.

Oradan ancha vaqt oʻtib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining aralashuvidan soʻng firibgar ushlanganida bildiki, oʻzi kabi kiberhujumga uchragan sodda, ishonuvchan odamlar onlayn savdo qilaman deb million-million soʻm mablagʻlaridan ayrilib, sud idoralari eshigida oylab sarson-u sargardon. Maʼmurjon ham to firibgarlardan pullarini undirib olgunicha ona suti ogʻziga keldi.

Bu tobora urchib borayotgan kiberjinoyatlarning juda oddiy va joʻngina koʻrinishi. Vaholanki, kiberjinoyat olamida dehqonlarning, tadbirkorlarning banklardagi hisob raqamlaridan milliardlab mablagʻlarini yechib olayotgan, onlayn savdo niqobi ostida katta-katta tadbirkorlik subʼektlarining daromadlarini oʻzlashtirib olayotgan uyushgan kiberjinoyatchilar ham borki, bundaylar IT sohasida juda ustamon boʻlishadi va har galgi “ov”ga chiqqanlarida soxta akkauntlar orqali sodda, ishonuvchan, huquqiy bilimi sayoz odamlarni oʻz tuzoqlariga ilintiradilar.

Yuqoridagi kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish,ularning kiberhujumlar qurboniga aylanishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda 1-31-iyul kunlari kiberjinoyatlarga qarshi kurash oyligi deb eʼlon qilinib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shuningdek, IT mutaxassislari hamkorligida targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Targʻibot oyligi doirasida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va IT sohasi mutaxassislaridan iborat targʻibot guruhlari tuzilib, ular tomonidan internet orqali tobora xavfli tus olib borayotgan turli koʻrinishlardagi kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, bu tadbirlarga koʻproq yoshlar qamrab olinmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot guruhi aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlimi xodimi Sherzod Atamurodov, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi masʼul xodimi Ilhom Abutov, tuman hokimligi masʼul xodimlari, Ichki ishlar boʻlimi mutaxassislari hamda Oʻrta qalʼa va Qipchoq ovullari aholi vakillari, yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlimi xodimi Sherzod Atamurodov va Amudaryo tuman IIB masʼul xodimi Ilhom Abutovlar kiberxavfsizlikka amal qilish, kiberjinoyatlar qurboni boʻlishning oldini olish yuzasidan ishtirokchilarga keng tushunchalar berdilar.

Ayniqsa, xalqimiz orasida tobora ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot boʻlish zarurligi, notanish odamlar bilan muloqotga kirishishdan saqlanish, onlayn savdolar borasida oʻzlariga tegishli bank plastik kartalarining kodlarini oshkor qilmaslik, shuningdek, mobil aloqa vositalari buzilib qolganida ustaning harakatlarini shaxsan kuzatib turish muhimligini taʼkidladilar.

Targʻibot guruhi aʼzolari ishtirokchilarga kiberjinoyatchilar qoʻllaydigan usullar, aynan ana shunday jinoyatlar xususida tushunchalar, shu bilan birga fuqarolar tomonidan tushgan savollarga hayotiy misollar orqali javoblar berdilar.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026