12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:37
Jamiyat 👁 361

Ramazon hayiti namozi katta xursandçilik va şukronalik bilan ado etildi

Ramazon hayiti namozi katta xursandçilik va şukronalik bilan ado etildi

Musulmon olamining eng qutluğ ayyomlaridan biri – muborak Ramazon hayiti butun yurtimiz böylab özgaça şukuh, kötarinki kayfiyat, mehr-oqibat va çeksiz şukronalik tuyğulari ostida keng nişonlandi. Erta tongdan mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi, Amudaryo tumanida joylaşgan "Yusuf eşon bobo" jomʼe masjidida ham minglab mömin-musulmonlar jam bölib, Ramazon hayiti namozini katta xursandçilik va şukronalik bilan ado etdilar.

Mazkur maskanda jamlangan namozxonlar yuzidagi quvonç va şukronalik hissi bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan diniy bağrikenglik, millatlararo totuvlik va barqarorlik ijtimoiy muhitining eng yorqin ifodasidir.

Davlatimiz rahbarining Ramazon hayiti munosabati bilan xalqimizga yöllagan bayram tabrigida taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda şakllangan gözal va ezgu anʼanaga muvofiq, muborak Ramazon oyini munosib ötkaziş, uning fayzu barokotini har bir xonadonga yetkaziş maqsadida bu yil ham keng kölamdagi sermazmun va xayrli işlar amalga oşirildi.

Bu borada, ayniqsa, inson qadrini uluğlaş, aholining kömakka muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan saʼy-harakatlar yangi bosqiçga kötarilganini alohida qayd etiş joiz. Real faktlar va raqamlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, maxsus qaror asosida keyingi öttiz beş yil içida birinçi marta aynan ehtiyojmand qatlamlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida davlat byudjetidan 1 trillion söm miqdoridagi mablağ ajratildi. Bunday ulkan sarmoya muhtoj va kam taʼminlangan oilalarning turmuş şaroitini tubdan yaxşilaş, ularga bevosita moddiy madad beriş, şuningdek, bemorlarga zarur tibbiy yordam körsatiş kabi öta muhim, hayotiy zarur, ezgu işlarga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

 Bundan taşqari, ijtimoiy reyestrdagi davolaş rejalaştirilgan 6 ming nafar bemorga tibbiy yordam körsatilmoqda, jumladan oğir kasallar operatsiya yöli bilan davolanmoqda. Şuningdek, aholiga 100 ming dona Ramazon sovğalari tarqatildi. “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida esa ehtiyojmand oilalar, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yaşovçilar hamda xorijdagi vatandoşlarimiz uçun 30 mingdan ortiq iftorlik tadbirlari ötkazildi.

Bunday olijanob, savobli va xayrli işlar muqaddas islom dinimizning asl insonparvarlik mohiyatiga, mehr-şafqat va saxovat tamoyillariga töla hamohang bölib, inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan islohotlarning bevosita amaliy natijalari sifatida barçamizni birdek xursand qiladi.

Maʼnaviy-maʼrifiy va diniy sohadagi yuksalişlar ayniqsa bayram kunlarida özining munosib va yorqin ifodasini topdi. Xususan, mana şu qutluğ va muborak kunlarda azim poytaxtimiz Toşkent şahrida qad rostlagan Özbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi hamda qadimiy va navqiron Samarqand viloyatida barpo etilgan muhtaşam Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining oçilişi butun Özbekiston xalqiga öziga xos bebaho Ramazon tuhfasi böldi.

Bu kabi tarixiy, maʼnaviy va ezgu işlarning uzviy davomi sifatida bugungi kunda Samarqand şahrida kalom ilmining sultoni, buyuk alloma Imom Moturidiy majmuasi yangidan, zamonaviy arxitektura va milliy meʼmorçilik anʼanalari asosida barpo etilmoqda. Poytaxtimiz Toşkent şahrida esa yaqin kunlarda Xalqaro bağrikenglik va dinlararo muloqot markazi öz faoliyatini yölga qöyadi. Uşbu markaz jonajon Vatanimizning turli millat va dinlararo muloqot, özaro hamkorlik, tinçlik va döstlik tarannum etiladigan muqaddas diyor sifatidagi nufuzini xalqaro maydonda yanada oşirişga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanidagi "Yusuf eşon bobo" masjidida va yurtimizning barça göşalarida öqilgan Ramazon hayiti namozi sönggida nuroniy otaxonlarimiz, imom-xatiblar va barça yiğilganlar tomonidan elu yurtimiz haqqiga, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz tinçligi, dasturxonlarimizga qut-baraka va xalqimizga tinçlik-xotirjamlik sörab çin dildan ezgu duolar qilindi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026