QANGLIDA SAYYoR QABUL: SUD TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR MOHIYaTI TUŞUNTIRILDI
23-fevral kuni Amudaryo tumanining Qangli ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida sud-huquq masalalariga bağişlangan sayyor qabul bölib ötdi. Unda Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov, Amudaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti yuristi Davron Pirmanov hamda Qangli ovul fuqarolar yiğini masʼullari, ovul aholisi vakillari iştirok etdi.
Tadbirda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev 2025-yil 21-avgustda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni haqida maʼlumotlar berdi. Farmonning asosiy maqsadi — sud işlarini yuritiş samaradorligini oşiriş, fuqarolar va tadbirkorlar uçun qulaylik yaratiş, sud jarayonlarini töliq elektronlaştiriş orqali odil sudlov darajasini yuksaltirişdan iborat.
Tadbirda “Raqamli sud” kontseptsiyasi doirasida işlarni elektron şaklga ötkaziş, qoğoz hujjat aylanmasini qisqartiriş, elektron murojaat va interaktiv xizmatlarni joriy etiş rejalaştirilgani taʼkidlandi. Jumladan, “Mening suddagi işim”, “Mening sudga taalluqliligim” kabi servislar orqali fuqarolar öz işlari haqida onlayn maʼlumot oliş imkoniga ega böladi.
Şuningdek, sunʼiy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalarini real vaqt rejimida matnga aylantiriş, sud hujjatlari loyihalarini avtomatik şakllantiriş, ariza berişdan oldin taxminiy natija va sud xarajatlarini hisoblaş imkoniyatlari yaratilişi rejalaştirilgan. Tomonlarning sud majlislarida masofadan iştirok etişi va iş materiallari bilan elektron tanişişi ham islohotlarning muhim jihatlaridan biri sifatida qayd etildi.
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov internet tarmoğida inson şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi maʼlumotlar tarqatilganda qöllaniladigan çoralar haqida tuşuntiriş berdi. Agar ijtimoiy tarmoqlarda şaxs haqida haqiqatga töğri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilsa, jabrlanuvçi nafaqat raddiya berişni, balki uşbu maʼlumotlarni öçirib taşlaş, qidiruv tizimlaridan olib taşlaş hamda maʼnaviy zararni undirişni talab qilişi mumkin. Eʼtiborli jihati şundaki, tarqatilgan maʼlumotning haqiqatga töğri kelişini isbotlaş majburiyati endilikda maʼlumotni tarqatgan javobgar zimmasiga yuklatiladi.
Madad” nodavlat notijorat taşkiloti yuristi Davron Pirmanov taşkilotning asosiy maqsadi – jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişga kömaklaşiş hamda aholiga birlamçi bepul yuridik yordam körsatiş ekanini taʼkidlab, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan tarğibot işlari haqida maʼlumotlar berdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar özlarini qiziqtirgan sud-huquq masalalari yuzasidan savollar bilan murojaat qildi va mutaxassislar tomonidan atrofliça javoblar berildi. Tadbir aholining huquqiy madaniyatini oşiriş, sud tizimidagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkazişda muhim ahamiyat kasb etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶