GRIPP KASALLIGIDAN SAQLANING !
Gripp - ötkir yuqumli virusli infektsiya bölib, nafas oliş aʼzolari şilliq qavat epiteliy hujayralarini zararlantiriş va organizmda intoksikatsiya (zaharlaniş) bilan keçadigan, havo-tomçi va muloqot yöllari bilan yuquvçi, epidemik va pandemik tarqalişlar bilan namoyon böladigan kasallik hisoblanadi. Gripp ötkir respirator virusli infektsiyalari avlodiga mansub bölib, kasallik çaqiruvçisi viruslar hisoblanadi. Viruslar turiga qarab gripp, paragripp, adenovirus, retrovirus, reovirus hamda respirator sinsatsial virus nomlari bilan tavsiflanadi. Bizning respublikamizda virusli infektsiyalardan hisoblangan gripp köproq uçraydi. Şamollaş va kuçli yötallar ham ana şu gripp kasalligi belgilaridir. Har qanday yuqumli kasallik yil fasllari bilan boğliq. Kuz, qiş va bahor oylari kasallikning dinamik kötariliş davridir. Uşbu mavsumlarda kasallikning ortişiga havo haroratining pasayişi, özgaruvçanligi sabab böladi. Gripp tana haroratining kötarilişi va yuqori nafas yöllarining yalliğlanişi bilan keçadigan ötkir yuqumli virusli kasallik bölib, juda tez tarqaladi. Bemor gapirganda, yötalganda, aksirganda virus havoga çiqadi va şu havodan nafas olgan soğlom odam ham kasallikka çalinişi mumkin. Şuningdek, bemor foydalangan daströmol, soçiq, öyinçoq va boşqa maişiy buyumlar ham uning tarqaliş manbaidir. Havo harorati özgaruvçan hozirgi paytda oçiq havoda yoki derazalarni oçiq holatda qoldirib uxlaş kasallikka moyillik yaratadi.
Kasallik et uvuşişi, tana haroratining kötarilişi, boşda va muşaklarda oğriq paydo bölişi bilan boşlanadi. Keyinçalik tanglay murtaklarining qizarişi, boş aylanişi, köngil aynişi, uyquning buzilişi, burun bitişi va oğriqli yötal kuzatiladi. Grippning oddiy şamollaş kasalligidan farqi şundaki, şamollaşga qarşi işlatiladigan antibiotiklar grippga taʼsir qilmaydi. Bunday paytda şifokor körigi va tavsiyasi kerak böladi. Baʼzilar gripp kasalligiga yetarli darajada eʼtibor bermasdan, oyoqda ötkazadi yoki şifokor tavsiyasiga amal qilmay, har xil turdagi dori vositalari, ayniqsa, antibiotiklarni notöğri qöllaydi. Oqibatda virusning çidamliligi ortişiga sababçi böladi. Natijada öpka töqimasining yalliğlanişi (zotiljam), miya pardasining yalliğlanişi (meningit), örta quloq töqimasining yalliğlanişi (otit), burun yondoş töqimasining yalliğlanişi (sinusit), buyraklarning yalliğlanişi (nefrit, piyelonefrit) kabi oğir asoratlar yuzaga kelişi kuzatiladi. Şuning uçun gripp alomatlari paydo bölayotgan bölsa, şifokorlarga murojaat qiliş yoki uyga çaqirib, ularning tavsiyalarini oliş talab etiladi. Bu bilan biz nafaqat özimizni, balki oila aʼzolarimiz va atrofdagi yaqinlarimizni ham kasallikning oğir asoratlaridan asragan bölamiz.
Gripp kasalligining mavsumiy avj olişidan avval aholi orasida emlaş işlarini ötkaziş yaxşi natija beradi. Vaktsina grippning yuqişidan himoyalovçi samarali vosita hisoblanadi. Emlangan aholida bir-bir yarim yilgaça gripp kasalligiga qarşi immunitet paydo böladi va uşbu turdagi kasalliklar yuqmaydi.
Şamollaş va grippdan saqlaniş uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiliş foydadan xoli bölmasligini aytib ötmoqçimiz.
Epidemik jihatdan muhim bölgan işlab çiqariş korxonalari, davolaş-profilaktika va öquv-tarbiya muassasalari, kommunal-maişiy xizmat körsatiş obʼektlari hamda jamoat transportlarida işlovçi xodimlar gripp epidemiyasi davrida niqob taqişlari va ularni har 3-4 soatda almaştirib turişlari zarur. Yaşaş xonalarini vaqti-vaqti bilan şamollatiş, isiriq tutatiş tavsiya etiladi. Isiriq tarkibidagi garmalin moddasi virusni neytrallaş xususiyatiga ega.
Soğlom inson burun kavaklariga oksalin mazidan surib yursa, gripp yuqişining oldini olişda yaxşi samara beradi.
Har bir şaxs kun va iş rejimiga rioya qilişi, harakatli maşqlar, suv muolajalari bilan tanani muntazam ravişda çiniqtirişi, töğri ovqatlaniş, mavsumga mos ravişda kiyinişga rioya qilişi zarur.
Meva va sabzavotlardan köproq isteʼmol qilib turiş foydali.
Gripp bilan kasallangan bemorlarga va soğlom insonlarga suyuqliklar (malina, smorodina, limon va asal qöşilgan çoy, issiq sut, naʼmatak damlamasi) içiş tavsiya etiladi. Ularning tarkibida S vitamini mavjud. S vitamini qonda limfotsitlar sonini köpaytirib, qon-tomir devorlarining ötkazuvçanligini yaxşilaydi va viruslarning qonga tuşişining oldini oladi.
Durbek Bobojonov,
tuman DSENM epidemiolog vraçi.
(Foto - soglom.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶