FAVQULODDAGI OFAT BÖLGAN BOTULIZM KASALLIGIDAN EHTIYoT BÖLING
Botulizm – juda xavfli, kutilmaganda sodir böladigan, odam organizmi markaziy nerv tizimining oğir şikastlanişi bilan keçuvçi, muşaklar parezi va falajiga olib keluvçi ötkir yuqumli toksik kasallikdir. Kasallik ovqatdan zaharlaniş natijasida, jumladan, sifatsiz baliq, kolbasalar, baliqli va göştli, mevali va sabzavotli konservalar, qöziqorinlar isteʼmol qilinişi natijasida yuzaga keladi.
Mamlakatimizda kasallik asosan uy şaroitida tayyorlangan mahsulotlarni, yaʼni konservalar, marinadlar, dudlangan mahsulotlar, tuzlama va boşqalarni isteʼmol qiliş natijasida yuzaga keladi. Uy şaroitida konserva mahsulotlarini tayyorlaşda yetarliça sanitariya-gigiyena talablariga amal qilmaslik va issiqlik 100 darajadan oşmasligi natijasida bankalarni sifatsiz germitizatsiya qiliş esa botulizm toksinlarining, spora va vegetativ hujayralarining köpayişi uçun qulay şart-şaroitlarni keltirib çiqaradi.
Konserva mahsulotlarining kasallik qözğatuvçi sporalari bilan zaharlanganligini ularning taşqi körinişidan, yaʼni qopqoğining kötarilib turişidan ham aniqlaş mumkin. Bunday konserva mahsulotlari ança yumşagan, strukturasi özgargan va noxuş hidga ega böladi. Uy şaroitida tayyorlangan bu kabi sifatsiz konserva mahsulotlari darhol yöq qilinişi kerak.
Botulizm kabi ötkir, öta zaharli infektsiyaning oldini oliş uçun qöllaniladigan eng samarali vosita – bu botulizmga qarşi poliantitoksin bilan emlaş va eng asosiysi uy şaroitida tayyorlangan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik hisoblanadi.
Aziz yurtdoşlar, kutilmagan ofatlardan biri bölgan botulizm kasalligiga çalinişdan ehtiyot böling. Konserva mahsulotlarini isteʼmol qilişdan oldin uning yaroqlilik muddati va holatiga eʼtibor qiling.
A.Utebayev, tuman FVBning
tezkor bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶