16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:37
Salomatlik 👁 372

GRIPP VA OʻTKIR RESPIRATOR INFEKTsIYaLARNING OLDINI OLISh BOʻYIChA TARGʻIBOT IShLARI KUChAYTIRILMOQDA

GRIPP VA OʻTKIR RESPIRATOR INFEKTsIYaLARNING OLDINI OLISh BOʻYIChA TARGʻIBOT IShLARI KUChAYTIRILMOQDA

Bahor mavsumida havo haroratining tez-tez oʻzgarishi, organizm qarshiligining pasayishi va aholi oʻrtasida mavsumiy kasalliklar xavfining ortishi munosabati bilan yurtimizda gripp hamda oʻtkir respirator virusli infektsiyalarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali xastaliklarga ega fuqarolar salomatligini muhofaza qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri boʻlib turibdi. Shu maqsadda Amudaryo tumanida ham profilaktika, emlash va tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi qarori hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan joriy yilning 1-martidan boshlab maxsus shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur shtab grippga oʻxshash kasalliklar, oʻtkir respirator va ogʻir oʻtkir respirator infektsiyalar, shuningdek, oʻtkir pnevmoniya holatlari boʻyicha epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan shugʻullanmoqda.

Mutaxassislar tomonidan bahor mavsumida emlanishi lozim boʻlgan xavf guruhlari toʻliq oʻrganilib, tumanga 3750 doza grippga qarshi “Grippol plyus” vaktsinasi olib kelindi. Ushbu vaktsina tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlariga oʻz vaqtida tarqatildi. Belgilangan rejaga muvofiq, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 3750 nafar bolani profilaktik emlash koʻzda tutilgan boʻlib, ayni paytda ushbu kontingent toʻliq emlab boʻlindi.

Ayni kunlarda ham tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokorlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va boshqa tibbiyot muassasalarida aholi ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Unda gripp va oʻtkir respirator virusli infektsiyalarning oldini olish, immunitetni mustahkamlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish hamda vaqtida shifokorga murojaat etishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Targʻibot tadbirlari doirasida bolalarni emlash jarayoniga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tibbiyot xodimlari tomonidan har bir bola avval chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, faqat shamollash belgilari kuzatilmagan, sogʻlom bolalarga emlash amalga oshirilmoqda. Bu esa profilaktik emlash ishlarining xavfsiz va tibbiy talablar asosida olib borilayotganidan dalolat beradi.

Mutaxassislar taʼkidlaganidek, gripp — havo-tomchi yoʻli orqali yuquvchi oʻtkir infektsion kasallik boʻlib, asosan yuqori nafas yoʻllarini zararlaydi. Kasallik odatda toʻsatdan boshlanib, tana harorati 38–40 darajagacha koʻtarilishi, quvvatsizlik, bosh ogʻrigʻi, mushaklarda ogʻriq, tomoq qurishi, burun bitishi va quruq yoʻtal kabi belgilari bilan namoyon boʻladi. Jismoniy va ruhiy zoʻriqish, toʻgʻri ovqatlanmaslik, dam olishning yetarli emasligi, vitamin va mikroelementlar tanqisligi, shuningdek, chekish, ichkilikbozlik, kamharakatlik va ortiqcha vazn kabi omillar organizm immunitetini pasaytirib, kasallikka moyillikni oshiradi.

Shifokorlar aholini kasallikdan saqlanish uchun shaxsiy gigiyenaga qatʼiy rioya qilish, qoʻllarni tez-tez sovunlab yuvish, yoʻtalganda va aksa urganda ogʻiz-burunni yopish, xonalarni muntazam shamollatib turish hamda alohida sochiq va idish-tovoqdan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, koʻproq iliq suyuqlik isteʼmol qilish, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish, odam gavjum joylarda ehtiyot choralarini koʻrish muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlanmoqda. Keksa yoshdagilar, maktabgacha yoshdagi bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklari bor fuqarolarda gripp ogʻir va asoratli kechishi mumkinligi alohida qayd etilmoqda.

Amudaryo tumanida gripp va oʻtkir respirator virusli infektsiyalarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim oʻrin tutishi tabiiy. Eng muhimi, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilish, oʻzboshimchalik bilan davolanmaslik va profilaktik emlashga jiddiy yondashish orqali kasallik asoratlarining oldini olish mumkin. Salomatlikni asrash esa har bir insonning oʻz qoʻlida.

Mirzabek Amankulov, tuman SEO va JSB oliy toifali epidemiolog shifokori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026