26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 15:52
Maqolalar 👁 1,257

HALOL NIMA-Yu, HAROM NIMA?

HALOL NIMA-Yu, HAROM NIMA?

Bismillahir rohmanir rohiym!

Islomda musulmon inson uchun halol va haromning farqini ajrata bilishi oʻta zaruriy farz amal hisoblanadi. Ilm oʻrganishning oʻzi bir farz boʻlganligi bois, halol va haromni ajrata bilish har bir musulmon va muslima uchun shart. Bu masalada fiqh boʻyicha yetuk olim-ulamolarimiz mukammal ilmiy ishlar yozishgan, yozishmoqda.

Muqaddas Qurʼoni Karimda boshqa masalalar kabi bu masala ham batafsil bayon qilib berilgan boʻlib, biron narsaning halol (muboh)ligi yoki haromlik hukmi faqat oyat va hadis bilan sobit boʻladi.

“Halol” – soʻzi lugʻatda tugunni yechish degan maʼnoni beradi. Shariat ahkomlarida esa haromlik tuguni yechilib, haromlik sifati qolmagan narsalarga “halol” deb aytiladi. Chunki harom narsada foydalanishimizni man qiluvchi tuguni boʻladi, halol narsada esa shu tugun boʻlmaydi.

Paygʻambarimiz (s.a.v.) aytadilar: – “Albatta, halol ochiq-oydindir. Albatta, harom ochiq-oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning koʻplari bilmaslar. Bas, kim shubhadan saqlansa, dini va obroʻsi uchun poklangan boʻladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu xuddi qoʻriqxona atrofida (hayvon) boqqan choʻponga oʻxshaydi. Undan oʻtlab qoʻyishi turgan gap.

Ogoh boʻlinglar! Albatta, Allohning qoʻriqxonasi Uning harom qilganlaridir. Ogoh boʻlinglar! Albatta, jasadda bir parcha goʻsht bordir. Qachon u solih boʻlsa, jasadning hammasi solih boʻlur. Qachon u buzuq boʻlsa, jasadning hammasi buzuq boʻlur. Ogoh boʻlinglar! Oʻsha – qalbdir”. (Noʻʼmon ibn Bashir (r.a.)dan rivoyat qilingan hadis).

Harom – shariatda uni tark qilish uzil-kesil talab etilgan narsalardir. Tark qilish talabi uzil-kesil va lozim ekanligi feʼlning moddasiga qarab bilinadi. Yaʼni, “harom” degan lafz ochiq-oydin bayon qilinishi yoki “halol emas” degan maʼno kelib chiqishi ham mumkin. Alloh taolo Baqara surasida bunday marhamat qiladi: “...Alloh savdoni halol qilgan, riboni esa harom qilgan”. (275-oyat mazmuni). Bu yerda harom soʻzi ochiq-oydin ishlatilayotganligi sababli riboning haromligini lafzning oʻzidan bilib olsak ham boʻladi.

Shuningdek, haromdan qaytarishning ifodasi – naxyi – qaytarish maʼnosidagi feʼl bilan kelishi ham mumkin va ana shu qaytarishda ushbu hukmning uzil-kesil bajarilishi lozim ekanligini bildiruvchi ishora ham boʻladi. Masalan, Alloh taolo Iso surasining 32-oyatida moʻʼmin-musulmonlarni zinodan qaytarish uchun bunday deb hukm qilgan: – “Va zinoga yaqinlashmanglar”. Yaqinlashish mumkin boʻlmagan narsaning oʻzi undanda ogʻirroq boʻladi. “Zino qilmanglar” degan qaytariqdan koʻra, “Zinoga yaqinlashmanglar” degan hukm juda qattiq hukmdir.

ikki qismga boʻlinadi. Yaʼni, oʻzi harom narsa va boshqa narsaning sababidan harom boʻlgan narsa. Oʻzi harom narsani shariat avval-boshdan harom qilgan. Shu sababli hech qanday shartsiz, izohsiz u harom hisoblanadi. Masalan: zino, oʻgʻirlik, tahoratsiz namoz oʻqish, oʻlimtik goʻshtini yeyish, oʻziga mahram boʻlish huquqidagi ayolni nikohiga olish, aroq va boshqada mast qiluvchi ichimliklar ichish, toʻngʻiz goʻshtini yeyish, nohaqdan odam oʻldirish, odamlarning molini oʻgʻirlash, botil yoʻllar bilan birovning molini oʻzlashtirib olish kabi ishlar. Bularning hech qanday sharti, muqaddimasi yoʻq, qayerda boʻlsa-da – harom. Ular Qurʼonda, hadisda va sharʼiy ahkomlarda avvaldan qatʼiy tarzda eʼlon qilingan. Mabodo mukallif inson ushbu harom narsalardan birontasini bilib-bilmay qilsa, nosharʼiy botil ishni qilganligi uchun Alloh oldida gunohkor boʻladi.

Boshqa narsaning sababidan harom boʻlgan narsalar aslida shariatda harom boʻlmagan, ammo keyinchalik bir hayotiy sabab orqali bu narsa haromga aylangan.

Bir odam juda maqbul qilib ibodatlar qilar va namozlarini ham oʻz vaqtida ado etar edi. Ammo u toʻgʻri yoʻldan adashadi. Nohaq birovni urib, kiyim-boshini tortib oladi va ushbu kiyimda namoz oʻqir edi. Yoki birovning uyini zoʻravonlik va hiyla yoʻllari bilan tortib olib, oʻsha uyda namoz oʻqir edi. Gʻosib, yaʼni talovchi gʻosib qilingan kiyimda, yoki oʻzi nohaq tortib olgan uyda oʻqigan namozi sharʼan botil boʻlmasa-da, farzi ado etilgan boʻlib, gunoh ishga aralashganligi sababli namozi savobsiz, oʻzi gunohkor boʻladi.

Harom va nopok narsalar, aslini olganda juda ozdir. Yer yuzidagi halol neʼmatlarni esa sanab adogʻiga yetish mushkul. Shu oʻrinda Siz muhtaram gazetamiz muxlislari uchun halol va harom vajlarning roʻyxatini birozgina boʻlsa-da qalamga olib, eʼtiboringizga havola etishni maʼqul koʻrdik:

odam oʻz birodarini va boshqalarni ham aldamogʻi harom. Qarz bergan kishiga olgan narsasining muqobilidan yomon narsa berilmaydi. Buzuq va aybli, nuqsonli narsalar oshkora bildirib sotiladi. Ilm va fazilat sohiblaridan boshqa kishilarning qoʻlini oʻpgan kishi fosiq hisoblanadi. Vaʼda qilingan narsadan qaytmoq – harom. Yetimga ish haqisiz ish qildirmoq – harom. (Ish haqisiz ishlatuvchi kishi yetimning ustozi boʻlsa ham, tugʻishgan birodari boʻlsa ham – harom. Faqat uning onasigina bundan mustasno).

Makruh deb shariat uni tark etishni uzil-kesil va lozim sifatda, yaʼni qatʼiyat bilan talab qilmagan narsalarga aytiladi. Makruhning hukmi shuki, uni qiluvchi kishi jazoga ham tortilmaydi. Ammo malomatga sazovor boʻladi.

Hanafiylar nazdida makruh ikki xil boʻladi – makruhi tahrimiy va makruhi tanzihiy.

“Makruhi tahrimiy” – harom makruh. Uning haromdan farqi shuki, haromning qaytarigʻi qatʼiy dalil bilan, Qurʼon oyatlari va Paygʻambarimiz (s.a.v.)ning sunnatlari bilan qatʼiy sobit boʻlgan. Makruhi tahrimiy – haromdan koʻra kuchsizroq, “qilib boʻlmaydi” deb aytilgan ishlar jumlasidandir. Uni qilgan kishi kofir boʻlmaydi. Aslida hanafiylikda makruhi tahrimiy haromga yaqin narsa deb aytilgan. Buni Abu Hanifa va Abu Yusuf (r.a.)lar aytib ketishgan.

“Makruhi tanzihiy” – shariatda buni tark etish qatʼiy talab etilmagan narsadir. Masalan, mushuk yoki biron yirtqich qush tekkan suvdan tahorat olib boʻlmaydi, kabi sunnati muakkada ishlarni tark qilish kabilar “makruhi tanzihiy” deyilgan. Makruhi tanzihiyni qilgan kishi jazoga tortilmaydi, qilmagan esa gunohkor boʻlmaydi. Lekin afzalini qilmasdan, past ishni qilgan hisoblanadi.

Taklifiy hukmlar beshta boʻlib, vojib, mandub, harom, makruh va mubohlardan iborat.

Muboh – eʼlon qilingan, ruxsat qilingan degan maʼnoni anglatadi. Fiqh ulamolarining nazdida, shariat mukallif bandaga qilish yoki qilmaslik ixtiyorini berib qoʻygan narsa – mubohdir. Mubohni qilganga savob va qilmaganga gunoh ham yoʻqdir.

Fuqohalarimiz tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilib, halol va haromga ajratilgan hayvonlar uch turga boʻlingan:

- Suv hayvonlari. Hanafiy mazhabiga koʻra, bunda faqat baliq halol deyilgan. Boshqa mazhablarda esa suv hayvonlarining barchasi halol deyiladi.

- Quruqlikdagi hayvonlar. Bular ham bir necha turga boʻlinadi: qoni aslida yoʻq hayvonlar (chigirtka, pashsha, chumoli, asalari, qurt, oʻrgimchak, chayon, kana, suvarak, qoʻngʻiz kabilar. Bulardan faqat chigirtka hadisda halol deyilgan. Qolganlari – haromdir), oqadigan qoni yoʻq hayvonlar (ilon, kaltakesak, echkemar, sichqon, kalamush, tipratikan kabilar. Bularning hammasi harom sanaladi) va oqar qoni bor hayvonlar (bulardan tuya, qoramol, qoʻy, echki, qoʻtos va ot – halol sifatida qabul qilingan. Xachir va eshak, choʻchqa – haromdir). Parrandalardan esa tirnoqli va changali boʻlmaganlari, xonakilashtirilganlari, yaʼni tovuq, gʻoz, oʻrdak, tuyaqush, kabutarlar – haloldir.

Yovvoyi yoki xonaki mushuk va itlar – harom. Yirtqichlarning qoziq tishi borlari va qushlarning tirnoqli, changali borlari – harom. Yovvoyi buqa, yovvoyi echki, yovvoyi quyon – halol. Musicha, hubaro – toʻqaloq, turna, birqozon – halol.

Ayol kishi mol soʻysa boʻladi. Ammo islomda bu toifa “ojizalar” jumlasidan boʻlganligi bois erkak kishining soʻygani mustahab boʻladi. Ammo zaruratdan va boshqada uzrli sabablardan boʻlsa, ayol kishining, garchi u hayz koʻrgan boʻlsa ham, soʻyishi islomda halol deyiladi.

Hanafiy mazhabida mol soʻyganda quyidagi yetti narsa harom deyilgan: erkak hayvonning zakari, moyagi, urgʻochi hayvonning jinsiy aʼzosi, hayvondagi bez, hayvondan oqqan qon, oʻt pufagi, umurtqa orasidagi harom magʻiz. Paygʻambarimiz (s.a.v) ushbu yetti narsaning haromligi sababli ularni yeyishdan biz ummatlarini qaytarganlar.

Biz musulmon birodarlarimizning halol va haromni qisman boʻlsa-da, farqlashlariga koʻmaklashish maqsadida ushbu maqolamizda bu masalaga imkon qadar yondashishga harakat qildik. Alloh taolo barchamizni sogʻlom va pokiza qalb egalaridan, halol yoʻl bilan rizqlanadigan bandalaridan qilsin!

Vallohi aʼlam bis savob!

Qodirbergan hoji JUMAMURODOV,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi,

mehnat faxriysi, islomshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026