16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Jamiyat 👁 1,695

IYMONGA ZIYoN YeTMASIN

IYMONGA ZIYoN YeTMASIN

Bugungi kun odamlari ichida sehrgarlik, folbinlik hamda munajjimlik balosi bilan zaharlanganlar anchagina. Bu hol shu qadar keng rivoj olganki, ommaviy axborot nashrlari ham munajjimlar bashoratiga alohida eʼtibor qaratib, odamlarning yulduziga qarab fol ochish bilan ovora. Allohning kalomi, Paygʻambar (s.a.v)ning hadisi shariflari bir chetda qolib, odamlar shaytonga rostmana shogird tutingan folbinlarning soʻzlariga quloq soladilar. Yuqoridagi kabi gunohi kabiralar mavzusidagi xabarlarda bir hadis eʼtiborimizni oʻziga tortadi. Rasululloh (s.a.v) oʻz hadislarida folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlagan kishi dindan chiqishini aytganlar. Nima uchun endi faqat borgan odam emas, balki borib gapini tasdiqlagan kishi? Hech oʻylab koʻrganmisiz? Gap bu yerda folbinning oldiga borishda emas, balki uning gapini tasdiqlashda, iymon haqida ketmoqda.

Folbinlarning oldiga borgan kishilar turli maqsad bilan borishadi, ularning aksari kelajagini bilishga qiziqadi. Ammo oddiy bir farosat bilan oʻylab koʻrishmaydiki, borayotgan joylarida oʻtirgan folbin xuddi men kabi bir odam, agar folbin boʻlib, kelajakni bilsa, nima uchun turli konlarni topib, lotoreyalarni oʻynab, boyib ketmagan? Nima uchun kambagʻal va xor boʻlib yashamoqda. Gʻaybni biladigan odamga yarashadimi bu holat? – deb oʻylab ham koʻrilmagani alamli holat.

Butun olamlarni yaratgan Alloh taoloning qudrati cheksizdir. Hech bir sifatda uning misli va oʻxshashi yoʻqdir. Ilm va qudratda ham hech kim unga barobar emasdir. Alloh taolo oʻzining ilmi azaliysi bilan barcha voqea va hodisalarni oldindan bilguvchidir. Oʻzining hikmati bilan bandalarini imtihon qilish uchun gʻaybiy ishlarni va kelajak voqealarni sir tutdi. Bunga koʻplab oyati karimalar dalolat qiladi. Jumladan: «Ayting: "Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa gʻaybni bilmas. Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar» (“Naml”surasi, 65-oyat). Boshqa bir oyatda esa bunday deyiladi: “Gʻayb (yashirin ish va narsalar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan oʻzga bilmas"” (Anʼom surasi, 59-oyat). Demak, Insonning kelajakdagi taqdirini va boshqa gʻaybiy ishlarni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Agar kelajakdagi ishlar insonlarga maʼlum boʻlsa edi, imtihon boʻlmasdi.

Yuqoridagi oyatlardan maʼlum boʻladiki, hech kim, hatto paygʻambarlar ham oʻz boshlariga qanday kunlar kelishidan bexabar boʻlganlar. Lekin insonlar orasida odamlarning kelajagini, taqdir va qismatini aytib beruvchi soxta «bashoratchilar» ham yoʻq emas.

Folbinlikka nisbatan islom dini qanday munosabatda boʻladi? Bu haqda koʻplab hadislarni keltirish mumkin. Jumladan: «Kimki biror kohinning oldiga borsa va uning aytgan soʻziga ishonsa (tasdiqlasa), qirq kungacha uning namozlari qabul qilinmaydi» (Imom Tabaroniy).

Xoʻsh, sehrgar, folbin va kohinga boruvchining hukmi qanday?

Hazrat Hafsa onamiz (roziyallohu anho) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Kim folbinga borib, undan biror narsa haqida soʻrasa va u aytgan gapni tasdiqlasa, qirq kunlik namozi qabul boʻlmaydi» (Imom Muslim).

Oysha onamiz (roziyallohu anho) aytadilar: «Odamlar Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan kohin kim ekani haqida soʻrashdi. Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Ular hech kim emas”,- deb javob berdilar. Odamlar: “Yo Rasululloh, ular bizga aytadigan narsalari (goho) chin boʻlib chiqadi-ku?”- deb yana soʻrashdi. Shunda u zot (sollallohu alayhi va sallam): “U bor soʻz boʻlib, jin uni ilib oladi va unga tuhmatlarni aralashtiradi”,- deb xabar berdilar» (Imom Buxoriy).

Musulmon kishi oʻziga yetgan har bir narsani Allohdan deb bilishi kerak. Yaxshilik yetsa, shukr qiladi, musibat yetsa, sabr qiladi. Ana shunda gunohi kabiralar domiga tushib qolishdan oʻzini himoyalagan boʻladi. Folbinlikdan topilgan pul hech qachon halol emas.

Kunlarning birida Abu Bakr roziyallohu anhu roʻza tutib, juda ham och qolganliklari sabab iftor vaqtida xizmatchisidan qayerdan olib kelganini soʻrash eslaridan chiqib, taomni yeb qoʻydilar. Shunda eslariga tushib: “buni qayerdan olib kelding”, - deb soʻradi. U: «Johiliyat davrida odamlarni aldab folbinlik qilardim. Qilgan folbinliklarimning biri amalga oshgan ekan. Minnatdorchilik sifatida bergandi, shuni olib kelgandim”. Abu Bakr roziyallohu anhu: «Meni tiriklayin oʻldirding», -deb qoʻlini ogʻziga solib qayt qilishga harakat qildi. Yegan narsasining barchasini qayt qilib tashladi. Paygʻambar alayhissalomning: «Haromdan bir et unib chiqishidan koʻra doʻzah azobi yaxshiroqdir»,-deganlarini eshitganman. Jasadimga yuqishidan qoʻrqdim, kimning jasadiga harom luqma singgan boʻlsa, jannatga kirmaydi»- dedi.

Shuni yaxshi bilib olaylikki, Allohga sigʻinmagan banda baribir nimagadir, kimgadir sigʻinadi. Allohning taqdiridan rozi boʻlmagan banda kimningdir soʻzlaridan rozi boʻladi va ana shu soʻzlarga ishonadi. Shuning uchun ham, sarvari koinot s.a.v folbinning soʻzini tasdiqlagan kishini dindan chiqadi, deganlar. Shu birgina amal ila inson kofir boʻlishi turgan gap.

Hozirgi kunda munajjimlar bashoratiga qarab ish rejalashtiradigan, gazeta nashrlarida chop etilgan bashoratlarga ishonib, qizlariga kelgan sovchini qaytarib yuborayotgan yurtdoshlarimizga xitobimiz shuki, Allohga qayting, Muhammad s.a.v qaytargan va oxiri abadiy doʻzax boʻladigan yoʻlni tark eting. Paygʻambarimiz Alloh taolo har bir odamning taqdirini yaratilishidan ellik ming yil oldin yozib qoʻyilganini aytib ketganlar. Bu taqdirni hech kim oʻzgartira olmaydi. Folbinlarga qatnayotgan opalarimiz, singillarimizning shu bugundanoq bu yoʻldan qaytishlarini soʻraymiz. Oʻzingiz oʻylab koʻring, nima uchun folbinlar hamisha xor va gʻaribxonalarda yashashadi? Nima uchun ular kelajakni aytib berish uchun oʻzlarida jurʼat topishadi-yu, oyoqlari ostida turgan konlarni topib, boyib ketmaydilar? Mayli, bu ham ogʻirdir, nega birgina lotoreya qogʻozini olib, nol butun mingdan bir millimetr narida turgan yozuvni oʻqib, “Neksiya” yo “Damas” avtomobili egasi boʻlib olishmaydi, nega?! Chunki ular kelajakni hech qachon bila olishmaydi. Alloh taolo Qurʼoni karimda bu ilm faqat oʻzida ekanligini aytgan. Alloh bilan Allohning ilmini talashayotgan bandalar albatta xor boʻlajak. Shu malʼun, iflos va jirkanch kimsalarning oldiga borib, iymon-u eʼtiqodni poymol qilmaylik, azizlar! Kimki shu ishni qilgan boʻlsa, shu bugunoq tavba qilsin, Alloh kechirguvchi Zot. Ulgura olmay qolsa, Allohning oʻzi asrasin, qiyomatda hammaga Yaratgandan tavfiq va ofiyat soʻrab qolamiz. Albatta, U saxiy va marhamatli Zotdir.

Oʻktam QURBONIYoZOV, "Noʻgʻoy eshon"

jome masjidi imom-xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019