14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:47
Jamiyat 👁 4,677

MILLIYLIGIMIZ DARZ KETMASIN!

MILLIYLIGIMIZ  DARZ  KETMASIN!

Yaqinda, shahrimizning koʻzga koʻringan toʻyxonalarining biriga toʻyga borib, shunday gʻalati bir holatni kuzatdim: toʻy  tarqashidan sal oldin davra oʻrtasidagi stol atrofida kelin-kuyovning doʻstlari ikkala yoshning sogʻligi, baxti uchun qadah koʻtardilar. Mayli, yoshlarning baxtini bersin! Ammo tilak aytib, izidan aroq ichish nimasi? Nahot spirtli ichimlik baxtga garov boʻlsa? Bundan ham oʻtib tushadigan, keyingi vaqtlarda urfga kirayotgan yana bir odat borki, nomi "piramida” deb yuritiladi. Yaʼni, davra oʻrtasiga stol qoʻyilib, ustiga stakanlar uchburchak  shaklda taxlanib, yuqorisidagi stakan ichiga shampan vinosi quyilar ekan.

Toʻgʻri, bir qarashda unchalik eʼtiborni tortmaydigan odat. Ammo hayratlanarlisi shundaki, faqat shuning uchun toʻy egalari uch yuz ming, undan ham ortiq pul toʻlashar ekan.

Hayron boʻlib, yonimdagi dugonamga yuzlandim. Dugonam sekingina "romantika-da”, deb qoʻydi. Qiziq, ushbu odat soʻnggi ikki-uch yil davomida anchagina urf boʻldi... Bu ham mayliku-ya, bugungi toʻylarimizda unchalik eʼtiborni tortmaydigan, biroq kuzatganimizda insonning  gʻashini keltiradigan yana bir holat borki, buni qanday atashni bilmadim. Bu kelin-kuyovlarning kattakon yurak shaklida tizilib, yonib turgan shamlar orasida valsga tushishidir.

Xoʻsh, bu ham oʻsha "romantika”ning bir koʻrinishimi? Yoki oʻta zamonaviy yoshlarning oʻylab topgan urfimi?

Men bu xunuk raqsning nomini yoshlarning maʼnaviyatsizligi, deb baholagan boʻlardim. Qolaversa, ushbu davrada koʻpni koʻrgan, nuroniy momolarimiz, onalarimiz oʻtirishadi. Endi oʻylab koʻraylik, aziz tengdoshlar, vals ularga nisbatan hurmatsizlikning oʻzginasi emasmi? Agar biz oʻsha "romantika”ga ergashaveradigan boʻlsak, u bizni ne koʻylarga solmaydi?

Agar biz asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliyligimizga, oʻzbekchiligimizga murojaat qiladigan boʻlsak, bu odatlarni oqlamasligimiz tayin. Qadimda yigit-qizlar toʻylarda turli xil laparlar aytishib, toʻylarini oʻzbekona urf-u anʼanalarimiz asosida oʻtkazishgan. Yuraklarni sel qiluvchi yor-yorlar sadosi ostida kelinlar yangi ostonaga qadam qoʻyishgan. Kelin-kuyovlar andisha qilib, hatto bir-birlariga qarashdan ham iymanishgan.

Darhaqiqat, biz shunday or-nomusli, imon-eʼtiqodli xalq farzandimiz. Bu kabi qadriyatlarimizga dunyo ahli hali-hanuzgacha tan berishadi, havas qiladilar. Demak, toʻylarimiz goʻzal, ortiqcha sarf-xarajatlardan xoli, bekam-u koʻst boʻlib oʻtishini istasak, yuqoridagi kabi nomaqbul odatlardan saqlanishimiz kerak. Toki milliyligimiz darz  ketmasin!

 

Aziza MADRAHIMOVA. 

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019