Korruptsiya - taraqqiyot kuşandasi
Insoniyatning azaliy muammolaridan biri bu - korruptsiya.
Korruptsiya - mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga taʼsir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qiliş funktsiyasining susayişi, raqobat mexanizmlari işlamasligi, mulk huquqining poymol qilinişiga, tovar va xizmatlar baholarining oşişiga olib kelişi, ijtimoyi sohada xalqning sotsial tabaqalanişiga, qonun ustuvorligi printsipining obrusizlanişi, siyosiy sohada esa xalqning hukumatga işonçi yöqolişiga olib keladi.
Korruptsiya - sözi lotin tilidan olingan bölib, "öz tomoniga oğdiriş", "sotqinlik" maʼnolarini anglatadi.
Mamlakatamizda ham korruptsiyaning yuqoridagi salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda uşbu illatga qarşi kuraşiş, uning profilaktikasi böyiça milliy qonunçilik takomillaştirilib, bu boradagi xalqaro mʼyorlarga muvofiqlaştirilib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oşişiga zamin yaratuvçi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini özida aks ettirgan Qonunçilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan va Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida” Qonuni şulardan jumlasidandir.
Mazkur qonun 34 moddadan iborat bölib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Qonunda “korruptsiya”, “korruptsiyaga oid huquqbuzarlik” va “manfaatlar töqnaşuvi” milliy qonunçiligimiz uçun yangi bölgan tuşunçalar kiritilgan.
Unga köra korruptsiya — şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi, xuddi şuningdek bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etiş.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari sifatida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularga çek qöyiş, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlaş masalalari öz aksini topgan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boşqa dasturlar asosida amalga oşirilişi mumkinligi körsatilib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni bevosita amalga oşiruvçi davlat organlari, jumladan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentlari belgilangan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi
va unda iştirok etuvçi organlar hamda taşkilotlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) taşkil etiladi. Idoralararo komissiyani şakllantiriş
va uning faoliyati tartibi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qonunga köra, davlat boşqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlar quyidagilardan iborat bölib:
davlat organlari faoliyatining oçiqligini va ularning hisobdorligini taʼminlaş, davlat boşqaruvi tizimining samaradorligini oşiriş, davlat organlarining, ular mansabdor şaxslarining va boşqa xodimlarining öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişi yuzasidan masʼuliyatini kuçaytiriş;
korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş;
davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yöl qöymaslik;
davlat organlarining mansabdor şaxslari va boşqa xodimlari tomonidan öz mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilişi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholaş tizimlarini joriy etiş;
davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan taşqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona printsiplari va qoidalarini belgilovçi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oşiriş;
davlat organlari xodimlari manfaatlarining töqnaşuvini hal qilişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş, ularga rioya etilişi yuzasidan monitoring ötkazilişini taʼminlaş;
davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilaş, xizmatni ötaşning şaffof tartibini örnatiş, şaxsiy va kasbiy sifatlar, oçiqlik, beğarazlik, adolatlilik va xolislik printsiplari asosida tanlov böyiça saralaş hamda xizmatda kötariliş tizimini joriy etiş;
davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi, murojaatlarning töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqilişi, ular tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklaş hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça öz vakolatlari doirasida çoralar körilişi ustidan nazoratni taʼminlaş;
davlat organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olişga doir tadbirlarning amalga oşirilişi yuzasidan uşbu organlar tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravişda monitoring ötkaziş;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarşi ekspertizasini taşkil etiş;
davlat organlarining mansabdor şaxslari va boşqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinişini, moddiy taʼminot olişini va rağbatlantirilişini taʼminlaş hisoblanadi.
Davlat organlarining va özga taşkilotlarning mansabdor şaxslari hamda boşqa xodimlari qonun hujjatlariga rioya etişi, öz mansab yoki xizmat majburiyatlarini beğarazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarişi hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etişdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etiş uçun şart-şaroitlar yaratadigan boşqa har qanday harakatlardan özini tiyişi şart ekanligi körsatilgan.
Qonuninng 28-moddasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida axborot berayotgan şaxslar davlat himoyasida bölişi belgilangan.
Şuningdek, bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevral kungi PQ-2752-sonli qarori bilan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini taʼminlaş, jamiyat va davlat hayotining barça sohalarida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida “2017-2018-yillarga möljallangan korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturi” va “korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi” tuzilgan.
Yuqoridagilarga asos, şuni taʼkidlaş joiz korrutsiyaning kelib çiqişiga yöl qöymaslik, qonunlarni öz vaqtida ijro etilişini taʼminlaş, korruptsiyaning keltirib çiqaruvçi holatlarning oldin oliş çoralarini köriş har bir davlat organi lavozimli şaxslarining, fuqaro sifatida qolaversa har birimizning burçimizdir.
Ye.J.Uteniyazov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶