TERAN ILDIZLAR
Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligiga
(Publitsistika)
Tinçlik - oliy qadriyat
Tinçlik! Insoniyat tarixining, buguni va kelajagining gultoji. Bu söz bani başar uçun jon qadar aziz, ota-ona kabi qadrli, Vatandayin buyuk va muqaddas!
Oynai jahon orqali efirga uzatilayotgan yer yuzidagi boşqa millat, özga din, özga ellar hayotida röy berayotgan uruş-janjallar, nizolar haqidagi körsatuvlar xabarlarni kuzatarkanman, mamlakatimizdagi tinç-osoyişta hayotga, millatlararo totuvlik, özaro mehr-oqibat ildiz otgan tökin-soçin, farovon turmuş tarziga dilimda çeksiz şukronalar uyğonadi. Mamlakatda bundayin barqaror tinçlik örnatiş, yurtimizda yaşayotgan barça millatlar va elatlar manfaatlariga mos xizmat qiladigan yölni tanlaş, bu yölda sobit turib, qatʼiyat bilan iş olib boriş Yurtboşimiz uçun ham, xalqimiz uçun ham oson bölgan emas. Axir Mustaqil, yoş davlatimizni milliy-etnik nizolar makoniga aylantirişga intilgan qora niyatli, ğarazgöy iğvogarlar har lahzada kuç işlatişga tayyor turgan bir vaziyatda Prezidentimiz jamiki muammolarni sabr-matonat, bağrikenglik, mehr-oqibat körsatiş, yomonlikka yaxşilik bilan javob qaytariş orqali yengib ötganini hammamiz yaxşi bilamiz.
Mustaqillikning ilk oylarida, 1991-yilning 18 dekabrida Yurtboşimiz I.A.Karimov "Xalq sözi” gazetasi muxbiri bilan bölgan suhbatda şunday degan edi: "Mustaqillik niholi kökarişi uçun millatlararo çidam va bardoş kabi kuçli ildizlar kerak. Şunda u har qanday şamol, dovul, böronlarda yiqilmaydigan bölib ulğayadi. Zero, millat sevgisi va eʼzozi qadar uluğ mukofot yöqdir. Bu mukofotga sazovor bölmoqlikning birdan-bir yöli – özga din, özga millatni tahqirlamaslik. Bu – farovon, tökin kun keçiriş uçun yakka-yu yagona, töğri, aql-idrokli, imon-eʼtiqodli yöldir”.
Bu – Yurtboşimizning mustaqillik yölini tanlagan davlatni boşqarişdagi eng odil, eng oqilona siyosati edi. Çunki öşa vaqtda sobiq ittifoq hududidagi voqealar nihoyatda keskin tus olgan, baʼzi respublikalarda millatçiliklar yuz berayotgandi. Toğli Qoraboğda, Tojikistonda hamda Qirğizistonning Öş, Özgan viloyatlaridagi qonli xurujlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan oçiq-oydin millatçilik hamda şovinistik ruhdagi maqolalar Özbekiston Prezidenti uçun har bir muammoni hal etişda, ayniqsa, milliy masalada nihoyatda zukkolik bilan iş yuritişni talab etardi. Şu bois, Prezidentimiz eng avvalo mamlakatda millatlararo totuvlikka erişiş – Mustaqillikning jon tomiri ekinligini qayta-qayta taʼkidladilar. Hatto bu bora-da hamdöstlik davlatlari rahbarlari orasida birinçi bölib dadil qadamlar taşladi. Özbekistonning Konstitutsiyasi orqali mustahkamlangan millatlararo totuvlik bugungi kunga kelib ildizi teran sersoya, sermeva daraxtga aylandi: Özbekistonda neça millat bölsa barçasining milliy madaniyat markazlari taşkil etildi va bu markazlarning faoliyati mustaqil mamlakatimizning taraqqiyot tamoyillariga mos ravişda barqaror rivoj topdi.
Eng muhimi, Özbekistonda sen qozoqsan, sen tatar yoki örissan degan tuşunçaning özi yöq. Şu emasmi, totuvlikning totli mevasi! Özbek oilasida ham qozoq, ham turkman yoki rus millatiga mansub kelinlar xonadon mehmoniga xuş taʼzim ila dasturxon yozsa, köngillar yayrab ketmaydimi? Yayraydi, hatto köngillar taskin topadi. Bu ahillikdan, bağrikenglikdan, özaro mehr-oqibatdan suv içgan totuvlikning qudratli ildizi.
Hayotga aylangan hikmat
"Totuvlik bor joyda hikmat bor!” Bu Prezident I.A.Karimovning Mustaqillik eʼlon qilingan ilk kunlarda xalqimizga qarata aytgan va bugungi kunda hayotga aylangan haq sözi! Nazarimda Mustaqillikning eng teran ildizi ham ana şu hikmatdan kuç oladi, tobora baquvvatlaşib boraveradi. Zero, bizning yurtda etnik böliniş, millatçilik, mamlakatimiz tuproğiga qadam qöygan mehmonlarga nisbatan hurmatsizlikyöq. Turli millat va elatlarga xos udumlar, urf-odat, anʼana va tutumlar özbekona qadriyatlar bilan birga yaşayveradi. Qozoqning töyida qozoqça raqs tuşgan özbek yoki tatarça kelin salomidan zavqlanib, kelinçakka qimmatbaho sovğa keltirgan qoraqalpoq, rus, boşqird, turkmanning könglida hamişa bir ezgu tuyğu: "elning töyi meniki, mening töyim – elniki”. Şu bois, Özbekiston degan yurtda tinçlik hokim, barqaror taraqqiyot bor. Prezidentdan tortib esini tanigan bolalarimizgaça bir ezgu ğoyaga dillarida sadoqat saqlaydilar: Elim, yurtim, deb yonib yaşaydilar ular. Ana şu ezgu tuyğu kuç beradi xalqimiz köngliga. Könglidan hayotiga yoruğ nur tutaşgan xalqimizning turmuşi obod, ertangi kunidan ezgu sadolar qaytadi. Bu şunday sadoki, har uyda, har köngilda, har göşada Erk va obodlik, totuvlik bor. Ana şu ezgu tuyğular bor ekan, mamlakat taraqqiy etaveradi!
35-yil Vatanga talpinib
Sobiq ittifoq davrida Rossiyaning olis Sibir hududidagi viloyatlaridan birida harbiy xizmatni ötagan sinfdoşlarimizdan biri öşa tomonlarda işlab, qolib ketdi. Özga millat vakiliga uylandi, oilali, farzandli böldi. 17-18-yil deganda Vatanga qaytdi. U qaytganida buva va buvilari olamdan ötgan, singlisi oğir kasal edi. Öksib-öksib yiğladi, qöşa qabrlarni quçoqlab bözladi.
- Boraman-u ortga qaytaman, Vatan-da yaşayman, - dedi u yaqinlariga.
Öşa paytda u yoş edi, navqiron edi. Yaqinlari uning yöliga köz tikib, toldilar. Betob singil olamdan ötdi, yarimköngil singilning tuğişganlik mehri közlarida qotdi, diydor qiyomatga qoldi.
Ötgan kuzda u yana keldi. Ammo ming afsuski, parişonxotirlik kasaliga çalingan otasi uni goh tanib, goh tanimadi. Öğilning boşi egik, soçlari quvday oqargan. Yoşi ellikdan ötganida, umr yöldoşidan ayrilganida özga yurtda tuğilib, özga millat tarbiyasini olgan öğil-qizlari uni yolğizlatib qöyganida yaqinlarini soğindi, Vatanini qömsadi. Qaytganida, bu ahvol – öğil otaga talpinib tursa-da ota öğlini tanimadi. Ammo yurak-yuragida, şuurida "yalt” etgan bir nur otaga zabon berdi:
- Bolam, ... misan? Xudoga şukur, qaytganga öxşaysan. Endi öz eling-da özingning boğingni yarat! Har kimning öz boği bölişi kerak. Öz boğing mevasi, buğdoy noningning toti bölakça böladi.
Otaning şuurini yoritgan nur öğilning yuragiga tutaşdi.
- Qaytaman, boğ yaratib, imorat quraman!
Şu bir oğiz sözdagi hikmat – Vatan tuproğining qudrati, öğilning qatʼiy qarori töşakka mixlanib qolgan otani oyoqqa turğizdi. Bağri tölganidan, öğlini Vatanda körganidan köngli ösdi otaning.
Şunaqa, ot çappar urib ming aylangani bilan baribir qoziğini topib kelaveradi. Salkam 35-yil özga yurtda yaşab, özga elning tuproğiga tomir taşlab-unmagan, ösmagan öğil yoşi ulğayib, yolğizlanib qolganida öz Vatanida boğ yaratiş iştiyoqi bilan ota makonga qaytdi. Şuni aytsalar kerak-da "Vatanning har giyohi közingga surmai nur”, deb.
Mustaqillikning teran ildizlari
Bola edim. Tört tomonim qibla, betaşviş bolaligim bir voqea sabab sarobga aylandi.
Alloh rahmat qilsin otajonim köp bilimdon, mulohazali, oğir-bosiq kişi edilar. Sovetlarning kolxozida boş muhandis vazifasida işlasalar-da oladigan maoşi katta oilamizni boqişga kamlik qildimi, qandaydir sörovnoma qoğozlarini töldirib, poçta orqali jönatardi. Oradan oz fursat ötgaç, otam sörovnoma-xatlar jönatgan şaharlardan har xil hajmdagi qutilarda posilkalar kelardi. Uyimizga keltirib oçardi uni otam.
- Mana bu falon ehtiyot qism, mana bular esa mototsiklniki, - derdilar öğil ukalarimga tuşuntirib. – Hamma qismlarni sörovnoma-xatlar orqali jönatib turişsa, mototsiklimizni yangilab olamiz yoki sotamiz.
Haqiqatan ham uddaburon otam eski "Ural” rusumli mototsiklini qayta terib, yangilab oldilar. Buni körgan qöşnilar, taniş-bilişlar otamga havas qilişdi. Hatto mototsiklingni menga sot, deb turib olişdi. Oila farovonligi uçunmi yo döstlari qöymadimi, özi minib yurgan "Ural"ni sotdilar. Yana otam poçta orqali xabarlaşib, yangi ehtiyot qismlari sotib olib, eski bir mototsiklni "yangilab” oldilar. Bu işi sobiq tuzumning malaylaridan biriga yoqmadimi, otamni "olib sotar”likda ayblab, partiyadan öçirişdi, mansabidan böşatişdi. Otamning aybsizligini isbotlaş uçun qarindoşlar turli eşiklarga boş suqişdi. Ularning yonida "qölimdan yoziş kelgani uçun” men ham birga borardim. Qayerga, qaysi eşikka kirmaylik, otamni "olib sotar, jamiyatga yot illat bilan şuğullangan”, - deyişardi.
Vaqt ötib, otam oqlandi, partiyaga qayta tiklandi. Lekin unga nisbatan qilingan nohaqlik otamni 46 yoşida hayotdan olib ketdi. Qarang, öşa paytda otam haqiqiy tadbirkor inson bölgan ekanlar. U kişi birovni aldamadi, pand bermadi, u bozordan olib, bu bozorga buyum sotganlari yöq. Aksinça, Özbekistonda anqoning uruği bölgan mototsiklning ehtiyot qismlarini poçta orqali, yakka tartibda şartnoma asosida, pul ötkaziş yöli bilan olib kelib, atrofidagilarga qulaylik yaratdilar. Ana şu tadbirkorligi uçun tuhmat toşlari yoğildi uning boşiga. Sovet degan qudratli maşina ğildiraklari ostida ezilib, bevaqt xazon böldi. Ham maʼnan, ham jisman tahqirlandi.
Bugungi tadbirkor uçun mamlakatimizda barça şaroitlar yaratilgan, barça imkon eşiklari oçiq. Tadbirkor xohlasa, öz uyida oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyişi, xohlasa, çet ellik işbilarmonlar bilan ikki yoqlama şartnomalar tuzişi, çet davlatlarda öz firmasining filiallarini oçişi mumkin.
Bundan 22-yil avval "Falonçining xususiy dökoni yoki firmasi”, degan gapni aytişning özi jinoyat emasmidi? Yoki ikkita maşina sotib olib, ikki-uçta imorat yoki töyxona quriş hatto heç kimning xayolidagi orzu ham emasdi. Bunday taraqqiyot xalqimiz uçun ertak, nari borsa "kommunizm quramiz”, deganday bir orzu edi, xolos.
Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida xalqimiz hayotida bosqiçma-bosqiç öz amaliy isbotini topgan taraqqiyotning Özbek modelini bugun butun jahon tan olib, havas qilayotgani, ayni haqiqat. Hatto Özbekiston işbilarmonlari bilan hamkorlik loyihalarini amalga oşiriş niyatini bildirayotgan xorijlik sarmoyadorlarning hisobiga yetiş qiyin. Bugungi tadbirkor bir kunda okean orti davlatlariga borib-kelişi, mumkin. Hatto eng rivojlangan davlatlarning işbilarmon doiralari örtasida öz taklif va mulohazalarini bildirib, fikrlarini dadil himoya qilib, bemalol raqobatlaşa oladigan darajada huquqiy bilimdon.
Eng asosiysi, mamlakatimizda kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholining iş bilan bandligini taʼminlaş borasida zarur qonuniy asoslar mavjudki, heç bir tadbirkorga (agar işlari qonuniy asosda bölsa) "sen olib sotarsan”, degan tuhmat toşi otilmaydi. Uning barça haq-huquqlari qonun himoyasida, eşikma-eşik boş suqib, sarson bölib yurmaydi u.
Şular haqida öylarkanman, bundan 22-yil avvalgi xalqimiz dilida tuğilib, heç qaçon tiliga köçmagan orzulari röyobga çiqib, hayotimizni gullatib yuborgan ezguliklardan qalbim iftixorga töladi. Axir tumanimizning, mamlakatimizning qay burçagiga bormang, mahallalarning guzarlari, olis ovullarning qiyofalarini tubdan özgartirib yuborgan har sohada tadbirkor vatandoşlarimizning oilasi ostonasidan tortib Vatan kengliklarigaça gullatib qöyganidan quvonmay böladimi?
Bor böling-yey, Mustaqillikning teran ildizlari, qalbi qaynoq, bağrikeng, işlari yurtga manzur, dunyoga manzur tadbirkor elim!
"Özimning yerim, özimning nonim”
Kasbim taqozosi bilan Qiliçboy qişloğida böldim. 70 yoşdan oşgan otaxon iştiyoq bilan yer çopayotganini körib, yoniga bordim:
- Prezident 25 sotix yer berdi, qarasam, mening çekimdagi yer hovlimga tutaş, qarovsizlikdan çim bosib ketibdi. Ağdarib, ajriq tomirlaridan tozalayotirmiz. Xudo xohlasa, buğdoy ekaman, boğ qilaman, – quvonib-quvonib sözladi ota.
Oradan 20-yilça vaqt ötib, yaqin-da yana Qiliçboyga yölim tuşganida öşa otaxon - Hayitboy ota Omonov xonadonida böldim. Öşa paytdagi körimsizgina uy-hovli, çim bosgan tomorqadan asar ham yöq. Şovullagan boğ, soya solgan gujumlar, baland kötarilgan uzum işkomlari, biri-biridan körkam, danğillama imoratlarga kişining havasi keladi.
- Otamiz kenja öğillari bilan köçib ketganlar, - boboning nevaralari uning yangi manzilini berişdi.
Yoşi 90 dan hatlagan Hayitboy bobo Qiliçboy ovulining markaziga yaqin joyda kenja öğli uçun yangi imorat tiklagan ekanlar. Hovlidagi fayz, tartib bilan ekilgan dov-daraxtlar, biri-biridan şinam xonalar, ayvonlarga havas bilan boqqanimni yaşirmayman.
- Bunday uyni avvallari rayqöm ham qurgan emas, - deydi içimdagini uqqanday, Hayitboy bobo. – Hov, ana qara, Tursunboyning hovli-boğini bir körsang-a! Oğzing lang oçilib qoladi.
Tursunboy Yöldoşev – qiliçboyliklarning usta boğboni. Yoş bölsa-da 25-30 sotix yerida dunyoning yarmini jamlab, jannatmakon boğ-böston yaratgan tadbirkor yigit.
- Avvallari tomorqamizga unçalik eʼtibor bermasdik, - deydi u. – Qarasam, oilamizga zarur narsalarning asosiy qismini sotib olayapmiz. 25-30 sotix tomorqaga esa mol öti ekişdan nariga ötmaymiz. Axir öz yerim uvol bölayotir-ku, dedim.
Öz yeriga mehr qöygan yigit qisqa vaqt içida oilasi iqtisodini 100 emas, 200 foiz kötardi: öz yerida öz buğdoyini örib-yiğdi, ombori donga töldi. Un izlab yurmaydigan böldi. Meva-çeva deganning Özbekiston şaroitida ösadigan barça turini topib ekdi, barçasining hosilidan bahramand böldi. Gollandiya gulkaramini ekib, mahalliy şaroitga moslaştirdi, köçatlar yetiştirişni yölga qöydi. Uruğçilik bilan şuğullanib, pomidor, loviya, şolğomning şirin navlarini öz tomorqasida yetiştirdi.
- Mana bu ham özimning yerimda yetiştirildi. - Kişmiş uzum mevalarini taroziga qöyadi u. Marvariddek yaltirab turgan kişmiş uzumning mazasidan tilingiz şakarlanganday böladi. Quloğimda esa uning "özimning yerim”, "özimning mulkim”, degan sözlari qayta-qayta jaranglaydi. Oddiygina qişloq yigiti, oddiygina dehqonning öz yeri, öz mulki obodligi uçun mehr-muhabbat bilan jon kuydirayotgani, özi yetiştirgan neʼmatlarni kamtarlik bilan el dasturxoniga tortiq qilayotgani Prezidentimiz aytgan bir iborani yodimga soldi: "Oilasini, xonadonini obod qilgan odam Vatanining obodligiga daxldordir”. Zero, şu tabarruk zamin şu aziz Vatan barçamizniki. Uning taraqqiyoti ham, kelajagi, buguni ham, şon-şuhrati, şaʼni ham oilamiz bağridagi tökis, obod turmuş tarzimizdan, farovonligi-yu osoyiştaligidan boşlanadi. Öz uyi, öz yerida yetiştirgan neʼmatlari bilan faxrlangan insonning dilida nainki öz mulkiga egalik tuyğusi, balki şu qutluğ zaminga – öz yurtiga egalik, beklik tuyğusi şakllanadi, ildiz otadi. Beixtiyor xayolimda Özbekiston buğdoy mustaqilligiga erişgan qutluğ damlar şukuhi jonlanadi:
Xirmonlarga tökilgan qirmizi donim,
Dasturxonni töldirgan özimning nonim...
Bugun har bir özbekistonlikning oilasida öz mulki-böstonidan ungan neʼmatlar serob. Özimning yerim, özimning nonim, özimning mulkim degan tillari burro. Şaharlarni ortda qoldiriş darajasidagi namunali uy-joylar juda qisqa – 5-yil içida butun mamlakatimiz qişloqlari qiyofasini tubdan özgartirib yubordi. Sovet davrida xom ğiştlardan qurilib, 20-30-yilga yetmay çökib qolgan uylarni buzib taşlab, zamonaga mos, körkam imoratlar qurib, haşamdor hovlilarda yaşamoqda bugun elim! Namunali uy-joylarning-ku dovruği jahonga doston, havaslarga munosib, Qişloq infratuzilmasi tubdan özgarib, taraqqiyot bosqiçiga kirdi. Namunali uy-joy egasi bölmoqqa orzumandlar soni behisob. Öz oilasi bağrida tadbirkorlikni yölga qöyib, beşikdagi bolasigaça öz mulkiga sodiqlik tuyğusini singdirayotgan mulkdorlar bugun Vatanning tayançlari, taraqqiyotga, kelajakka daxldor mustaqillikning eng qudratli qanotlari yana bir teran tomiri.
Ana şunday qudratli qanotlari bilan kelajak ufqlari tomon parvoz qilayotgan Vatan – Özbekiston barçamizniki! Qalb ardoğimiz, köz qaroğimiz, borliğimiz – eng buyuk mulkimiz şu Vatan! Ana şu tuyğu dillarimiz aro mangu hokim bölsin!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶