OILAVIY AJRIMLAR: muammolarning ildizlari qayerda?
Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tuğilayotgan bahslar, turmuşning darz ketişi va u bilan boğliq mojarolar, ayrim xonadonlardagi mavjud notinç maʼnaviy-ruhiy muhit natijasida sodir bölayotgan nikohdan ajralişlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtiborni talab qiluvçi holatdir.
Taʼkidlab ötiş joizki, Özbekiston mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimizda oilaning ijtimoiy negizini mustahkamlaşga hamda barqarorligiga erişişga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Zero, oila tinçligi va osoyiştaligi jamiyat barqarorligining asosiy omilidir. Yurtboşimiz taşabbusi bilan olib borilayotgan saʼyhara-katlar zamirida yoş oilalarni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaşga eʼtiborni kuçaytiriş, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza etiş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, oila mustahkamligini taʼminlaş kabi ezgu niyatlar mujassam bölib, bu masalalar bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylanganligi sir emas.
Biroq, afsus bilan qayd etiş joizki, hukumatimiz va faol jamoatçilik tomonidan muntazam ravişda olib borilayotgan keng kölamli çora-tadbirlarga qaramay, oilalarda ajraliş holatlari uçrab turadi.
Nikohdan ajralişlarning sabablari tahlili şuni körsatadiki, bu salbiy illatga özaro kelişmaslik, ayollarning bozorga çiqib ketişi, erkaklarning işlamasligi, raşk, xiyonat kabi omillar sabab bölmoqda. Aksariyat oilalarda ajraliş holatlari 18 dan 30 yoşgaça bölgan fuqarolar tomonidan qayd etilmoqda.
Huda-behudaga oilani barbod etiş, albatta bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. Bolaning uvoli tutadi, deyişadi qariyalar. Darhaqiqat, uvol-savobni bilmaydigan, norasidalarning yetim qolişini öylamaydigan ota-onalar oramizda bor. Bunday holatning vujudga kelişi boş omili – ularning huquqiy bilimga yetarli ega emasliklari, huquqiy savodxonlik darajasining pastligidan, maʼnaviyatsizligidan dalolat beradi. Şuning uçun ham ular ajraliş holati qanday oqibatlarga olib kelişini tuşunib yetmaydilar. Ajraliş tufayli notöliq oila vujudga keladi. Ayni kunda ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar notöliq oilalardan ekanligi kuzatilmoqda. Yoki bölmasa kundan-kun oşib borayotgan fohişaxonalar, çetga pul işlaş uçun noqonuniy yöl bilan çiqib ketayotgan yoş qizlar, ayollar, albatta, bularning barçasi ajraliş oqibatida yuzaga kelgan notöliq oilalarda bölayotir.
Hozirgi vaqtda jamiyatda oilaning ahamiyati ösayotganligi, uning yoş avlodni tarbiyalaşdagi örnini hisobga olib, sudlar va FHDYo organlarining oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş, voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini qöriqlaş borasidagi roli oşmoqda. Yaʼni bu organlarda nikohdan ajraliş işlarini hal etiş jarayonida asosiy eʼtibor er-xotinni yaraştiriş va oilaviy vaziyatni soğlomlaştiriş çoralarini körişga qaratilmoqda.
Qonunçilikda nikohdan ajratiş uçun aniq asoslar körsatilmagan va buni körsatiş mumkin ham emas. Çunki er yoki xotin keltirgan bittagina asos ham ayrim hollarda nikohdan ajratiş uçun yetarli bölişi mumkin, alohida holatlarda esa bir qator sabablar ham ajratiş uçun asos bölmasligi mumkin. Şuning uçun amaliyotda bu holatlar töliq hisobga olinib, agar er va xotinning bundan buyon birgalikda yaşaşiga va oilani saqlab qolişga imkoniyat yöq deb topilsagina, ular nikohdan ajratiladi.
Nikohdan ajraliş böyiça ötkazilgan umumlaştirmalar tahlili quyidagiça:
Ajraşib ketayotganlarning yoşi 20-35 yoşni taşkil qiladi. Bu asosan oilaviy turmuşning birinçi 4-yili (35,5%) va 5-9-yillari demakdir. Ajrim tufayli har bir notöliq oilada örtaça 2-3 nafardan bola yetim qoladi. Demak, turmuş örtoğidan ayrilgaç, ona bolalar tarbiyasi, rözğorni yuritiş kabi katta masʼuliyatni öz zimmasiga olişga majbur. Bunday oilaviy nizolar bir-biriga zanjirdek ulanib ketadigan muammolarni keltirib çiqarişi muqarrar, eng açinarlisi, keyinçalik uşbu muammolar jinoyat bot-qoğiga eltadigan "ravon yöl” bölib xizmat qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, "Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tuşuniş mumkin va lozim. Bunda özaro hurmat va qattiq tartib bölmasa, oilaning barça aʼzolari öz burçlarini ado etmasa, bir biriga ezgulik bilan mehr – oqibat körsatmasa, yaxşi va munosib tarzda yaşaş mumkin emas”.
Oila insonga, uning hayotiga tökislik bağişlovçi maskan, baxt keltiruvçi va avlodlar davomiyligini taʼminlovçi göşa, jamiyat butunligi va ahilligini kafolatlovçi qörğon ekan, uni davlat ahamiyatiga molik qutluğ iş bilib, mustahkamligi uçun birdam va bardavom kuraşaylik!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶