TERAN ILDIZLARDAN KUÇ OLAYoTGAN AVLOD
Bizning xalqimiz neça-neça asrlardan beri öz buyukligini, öziga xosligini, madaniyatini saqlab, rivojlantirib kelgan. Köhna özbek zamini jahon tamadduniga ulkan hissa qöşgan buyuk allomalari, fozil-fuzalolari, dunyoga maşhur şoirlari va hofizlari bilan maʼlum va taniqlidir. Yillar davomida ajdodlarimiz aqlu zakosi ila ilm-fan, adabiyot bilan bir qatorda sanʼat va tasviriy sanʼat ham taraqqiy etib kelganki, bu borada yaratilgan mumtoz namunalar hozirgi kunda ham öz qadrini yöqotmay, ijro etib kelinmoqda, yangi-yangi namunalar bilan boyib, dunyo ahlining diqqat-eʼtiborini öziga jalb qilmoqda.
Yurtimizda qöşiqçilik va raqs sanʼati ajdodlarimizning hayotidan muqim örin olganligi haqidagi ilk maʼlumotlar Avestoda ham borligini inobatga olsak, sanʼatimizning ildizlari neçoğlik teran va çuqur ekanligini anglaşimiz mumkin.
Mustaqilligimizning ilk yillaridan boşlab yoşlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarildi. Ularning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, qobiliyatini namoyon etişiga şart-şaroitlar yaratiş va rağbatlantiriş maqsadida taʼlim-tarbiya muassasalari qatori Bolalar-ösmirlar sport maktablari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bolalarning sport, sanʼat bilan şuğullanişlari va iqtidorini rivojlantirişlari uçun şaroitlar yaratildi. Natijada ohangi har qanday yuraklarni ham zabt eta oladigan dilrabo kuy-qöşiqlari bilan dunyoga tanilgan atoqli sanʼatkorlarimiz anʼanalarini işonçli davom ettira oladigan isteʼdodli yoşlar voyaga yetmoqda.
Bugungi kunda yurtimizning har bir bolasi maktabda öqişdan böş vaqtlarida özi istagan turli tögaraklarda sport bilan, musiqa va sanʼat bilan şuğullanişi uçun imkoniyatlar bor. Birgina bizning tumanimiz misolida olib qaraydigan bölsak, Bolalar-ösmirlar sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktabi va ularning filiallari, joylardagi Madaniyat va aholi dam oliş maskanlaridagi tögaraklar şu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Avval tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tasarrufida bölib, 1998-yildan mustaqil maktab maqomini olgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi qator yillar moslaştirilgan binoda faoliyat olib bordi. 2013-yilda esa ikki qavatli, zamonaviy uslubda qurilgan muhtaşam yangi binoga köçib ötdi. Maktab hududidagi kökalamzor maydon öquvçilarning maşğulotlardan böş vaqtlarida maroqli dam olişlarini taʼminlaydi.
Qipçoq ovuli va unga yaqin ovul, mahallalar yoşlarining har tomonlama yetuk insonlar bölib kamol topişiga hissa qöşiş, öquvçilarning böş vaqtlari mazmunli, maqsadli taşkil etilişiga kömaklaşiş, ularning ijodiy musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiriş va kasb-hunarga yönaltiriş maqsadida faoliyat olib borayotgan maktabda bolalarga 8 ta - fortepiano, xalq çolğulari, puflab çalinadigan çolğular, torli kamonli çolğular, bayan-akkordeon çolğular, anʼanaviy xonandalik va çolğu, tasviriy sanʼat va amaliy sanʼat yönalişlarida saboq berilmoqda.
Maskanda sanʼatga oşufta 167 nafar bolalarga 53 nafar malakali murabbiylar musiqa va sanʼat sirlarini örgatib, iqtidorlarini rivojlantirişga muvaffaq bölişmoqda.
- Aslida qobiliyatsiz bolaning özi yöq. Biz murabbiylarning burçimiz ota-onalar bilan hamkorlikda ulardagi yaşirin şu xislatni anglay olişimiz va yuzaga çiqarişimizdir.
Baʼzi ota-onalar öğil-qizini bizga olib kelib, falon yönalişda öqiting, deya söraşadi. Sinov maşğulotlarida esa bolaning boşqa yönalişga iqtidori kuçli ekanligi ayon böladi. Yönalişlarga öquvçilarni töğri yönaltira olganimiz yutuqlarimizga asos bölayotir, - deydi musiqa va sanʼat maktabi direktori Nuraddin Yoqubov.
Ha, muassasa tarbiyalanuvçilari orasida öz sanʼatini nufuzli davralarda, umumxalq sayllarida namoyiş etib, elimizning olqişini olayotganlari köpçilikni taşkil etadi. Şuningdek, yoş iqtidorlarni aniqlaş maqsadida har yili ötkazilib kelinayotgan anʼanaviy tanlovlarda ham munosib iştirok etib kelişmoqda. Bu borada keyingi yillardagi körsatkiçlarga nazar solişning özi kifoya. Xususan, 2014-yilda M.Qoriyoqubov nomidagi körik-tanlovning Qoraqalpoğiston bosqiçida Mahkam Örozboyev birinçi, Otabek Yöldoşev birinçi, Temur Kamolov ikkinçi, Malohat Sultonova ikkinçi örinlarni egallaşgan bölsa, yakuniy - mamlakat bosqiçida Mahkam Örozboyev uçinçi, Otabek Yöldoşev birinçi örinlarni qölga kiritişdi.
2015-yilda ötkazilgan ijodiyot tanlovida Dostonbek Tilovmurodov anʼanaviy aşula ijrosi böyiça, Xudoyor Turkmanboyev estrada yönalişida ijro etgan qöşiği uçun Qoraqalpoğistonda birinçi örinlarni yengib oldilar. Şuningdek, Dostonbek Tilovmurodov "Sanʼat ğunçalari” körik-tanlovining mamlakat bosqiçida fleytada kuy ijro etib, uçinçi öringa munosib topildi. Şamsiddin Bekişboyev tasviriy sanʼat yönalişi böyiça, Ozoda Boltaboyeva zardözlik böyiça Bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilarining Respublika tanlovida qatnaşib, ikkinçi, uçinçi örinlarni egalladilar. Joriy yilning 25 martida Bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilarining M.Aşrafiy nomli akademik va estrada ijroçilik Respublika tanlovida ham muassasa öquvçilari muvaffaqiyatli qatnaşdilar. Ilhom Karimov birinçi, Eldor Yusupov birinçi, Ahmadjon Qöşmonov ikkinçi, Dostonbek Tilovmurodov uçinçi, Nodirboyek Soliboyev uçinçi, Sanjar Tursunboyev uçinçi örinlarga loyiq topildi.
Şuningdek, 2016 yil aprel oyida Sayyora Safarboyeva "Vatan” qöşiğini ijro etib, ijodkor öquvçilarning Qoraqalpoğiston Respublika tanlovida ikkinçi örinni egalladi. Mamlakatimiz miqyosida ötkazilgan "Sanʼat ğunçalari” xalqaro tanlovida Dostonbek Tilovmurodov fleytada kuy-ijro etib, uçinçi örin sohibi böldi.
- Mazkur tanlovlar öquvçilarimizning iqtidorini baholaş bilan birga ularni yana ham oldinga intilişga, öqib-örganib, qobiliyatini rivojlantirişga undayotgani bilan ham ahamiyatlidir, - deydi muassasa direktori örinbosari Davronbek Örozboyev.
Ha, bola misoli bir nihol. Birgina niholni parvarişlab voyaga yetkazişga boğbonning qançalik mehri, mehnati zarur. Ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga ajdodlarimizdan meros mumtoz kuy-qöşiqlarimiz, aşulalarimiz va raqslarimizga mehr uyğotib, bu bebaho merosimizni avaylaşga örgatiş, maromiga yetkazib ijro etişlariga erişiş qançalik maşaqqatli ekanligini hamma ham his qilavermaydi. Biroq maktab öquvçilarining kontsertlarini tomoşa qilgan kişi ularning afğon rubobi, qöşnay, doira, dutor kabi çolğu asboblari qatori skripka, klarnet, fleyta, fortepiano, violonçel, bariton kabi murakkab çolğu asboblarida ham maromiga yetkazib kuylar ijro etişayotganiga guvoh böladi.
Maktabda öquvçilarning bir emas, bir neça yönalişda ijodiy qobiliyatlari yuzaga çiqarilayotir.
- Bir yönalişni mukammal egallaş uçun bir neça yönalişni biliş kerak, - deydi bu haqda tajribali öqituvçi Baxtiyor Jölliboyev. – Aytaylik, aşulani maromiga yetkazib ijro qilaman, deb niyat qilgan bola albatta, çolğu asbobida şu aşula kuyini çala olsa, yaʼni aşulasi kuyini çuqur his qila olsa, ijrosi muvaffaqiyatli çiqadi.


Hozir kör-körona, har bir xonandaning ijrosidan bir qöşiq yodlab, davralarda aytib, artistman, deb yurganlar köp. Ularning yöli qisqa ekanligini hayot isbotlamoqda. Haqiqiy ijro uçun avvalo şu sohadagi bilimni çuqur egallaş kerak.
Maktab öquvçilarining xalq ijodiyotining eng sara namunalaridan bölgan Xorazm maqomlari, maqom yöllarida yaratilgan mumtoz kuy va aşulalarni, şuningdek dostonlarni ijro etişga bel boğlaganlari va baholi qudrat uddasidan çiqayotganlari kişini quvontiradi. Mazkur maskan baxşiçilik sinfi öquvçisi Jahongir Safarboyev ijrosida "Ğarib oşiq va Şohsanam” dostonidan "Na boğ bildi, na boğboni” aşulasini tinglagan kişi hali 10 yoşlar atrofidagi bolaning Xorazm dostonçiligidagi öynoqi, xalqona ohangda çalgan musiqasiga, musiqaga mos aşula ijrosiga tan bermay iloji yöq. Rubobda aşula kuyini mohirona çalişi, kuyga uyğun aşula ijrosi kişini öziga rom etadi, kelajagiga işonging keladi. Uning tengdoşi Xudoyor Turkmanboyev ijrosidagi "Vatan” qöşiği özimiz tuğilib ösgan, umrguzaronlik qilayotganimiz şu aziz Vatanimizni butun boriça köz öngimizda gavdalantiradi, vohamizga xos boy va rang-barang sanʼatni ardoqlab, eʼzozlab, maromiga yetkazib xalqimizga taqdim etişga qodir bölgan ijroçilar avlodi voyaga yetayotganidan darak beradi va har birimizga quvonç bağişlaydi. Çunki sanʼat xalqniki, hammamizniki.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶