U HAYoTNI SEVARDI...
Nilufar... Men uni yaxşi körardim. Kamtarligi, teran muşohadasi, baʼzan qaynoq qalb ila tölqinlanib sözlaşlari, hatto odmigina kiyinişlari uning ziynati edi. Şifokor böliş orzusi bilan yaşardi Nilufargina...
Ana şu orzu oddiy qişloq qizini Amudaryo akademik litseyining tabiiy fanlar yönalişida öqişga yetakladi. Aʼloçi, intiluvçan, qalbi maʼnan boy edi uning.
Nilufar şeʼriyat şaydosi edi. Könglida junbuşga kelgan gözal tuyğularini sohir satrlarga joylardi. Şeʼrlarini oşiqib-şoşib tahririyat eşigidan hatlab olib kelmasdi. Lekin har gal Akademik litseyda qandaydir tadbirlarga borib qolganimizda iymanibgina şeʼrlarini körsatardi. Baʼzi havaskorlarga öxşab: "şeʼrimni gazetada çiqarib bering”, – demasdi u. Sekingina, uyalibgina: "yozganlarim qanaqa ekan?”, – derdi.
Nilufarning yozganlari... Özi kabi oddiy, özi kabi kamsuqum, Nilufarginaning öziday hokisor, gözal, rangin. Hayotni, tengqurlarini kuzatib, öz tasavvur dunyosida yaşab, ijodda öz yölini topişga intilayotgan qizning betakror fikrlari, gözal qaraşlari kişini öylaşga undaydigan xulosalari bor edi...
Afsus... Nilufarni, guldayin yaşnab, ijod maydoniga öz ovozi, öz fikri bilan kirib kelayotgan şoirqalb malakni beşafqat ölim juda erta hayotdan olib ketdi. Yakka-yu yagona Nilufaridan ajralgan ota-ona, sinfxonalarida böş partaga tikilib-tikilib bözlayotgan döstlar, şoirqalb Nilufarginaning biyron tillaridan bir latif şeʼr eşitmoqqa muştoq bölib, uning ovozini qömsagan ijodkor yoşlar yuragi ayriliqdan ezgin.
Naçora, Allohning irodasi bu. Nilufar Sobirova endi uni yaxşi bilganlarning, yaxşi körganlarning, şeʼriyat muxlislarining qalblarida, xotiralarida yaşaydi. Biz esa Allohdan hur bölib ketgan hur qizimiz Nilufar Sobirovaning oxirati obod bölmoğini tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶