“ZÖRAVONLIKSIZ HAYoTNI BIRGA QURAMIZ!” TADBIRI ÖQUVÇI-YoŞLAR VA OTA-ONALAR QALBIDAGI MEHR-MUHABBAT TUYĞUSINI MUSTAHKAMLADI
Joriy yilning 25-noyabridan 10-dekabr sanasiga qadar Respublika Taşxis Markazi tomonidan “Biz zöravonlikka qarşimiz” mavzusida seminar-treninglar taşkil qiliş böyiça aksiya eʼlon qilindi. Bu aktsiyada maktab öquvçilari, pedagoglar, ota-onalar jamoasi iştirok etib, maktab psixologlari tomonidan turli mavzularda davra suhbatlari, uçraşuvlar, seminar-treninglar ötkazildi. Jumladan, 70-sonli maktabda ham “Zöravonliksiz hayotni birga quramiz” mavzusida oçiq eşiklar kuni taşkil qilindi. Tadbirda hududdagi ota-onalar, mahalla faollari, pedagoglar va maktab öquvçilari iştirok etdilar.
“Oçiq eşiklar kuni” tadbiri 4-sinf öquvçilari taşkil etgan “Bolalarga bering dunyoni!” mavzusidagi körgazma bilan tanişişdan boşlandi. Körgazma öquvçilarning qöl mehnatlarini, ayniqsa tabiatga bölgan munosabatini keng yoritib berdi. Öquvçilar körgazmada özlari yasagan turli xildagi quşlar uçun uyalar, uy hayvonlariga uyçalar, aqlli robotlar va boşqa buyumlarni namoyiş etdilar.
Uşbu körgazmani taşkil etişdan maqsad, ösib kelayotgan yoş avlodni tabiatga, ona Vatanga, ota-onaga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaşdan iborat.
Şundan söng, ingliz tili fani öqituvçisi Öğiljon Gaipova xorijiy tillar tögaragi faollari bilan oçiq dars taşkil qildi. oçiq darsda öquvçilar dunyo xalqlari hayoti, turli mamlakatlardagi bolalar huquqlarini himoya qiliş böyiça maʼlumotlar bilan tanişdilar.
Söngra “Zöravonliksiz hayotni birga quramiz!” şiori ostida kengaytirilgan tadbir ham taşkil qilindi. Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Gulimboy Yusupov oçib berdi. Mahalla faollaridan Sayyora Rajabova sözga çiqib, “Biz zöravonlikka qarşimiz” aksiyasi doirasidagi tadbir uçun yaxşi mavzu tanlanganligi, asosan ota-onalarning taklif qilinib, bunday tadbirda iştirok etişi farzandlari bilan ota-onalar örtasidagi mehr-muhabbatning yana ham mustahkamlaşini taʼkidladi.
Tadbirda 1-sinf öquvçilari sahnalaştirgan “Şolğom” ertagi namoyiş etilib, kuç birlikda ekanligini tadbir iştirokçilariga öz ijrolari orqali sahnada körsatib berdilar.
Şundan söng, maktab psixologi tomonidan “Qalamlar” ertagi ifodali öqib eşittirildi. Tadbir sönggida “Ibrat” hikoyasi ham öqib eşittirildi va ikkala hikoya yuzasidan öquvçilarning va ota-onalarning fikrlari tinglandi.
Tadbirni taşkil qilişdan maqsad - har qanday yomon illatlarning oldini oliş, öquvçilarga mehr-tuyğusini singdiriş, keçirimli bölişni örgatişdan iborat. Şunday ekan, azizlar, keling, zöravonlikka yöl bermaylik, bir-birimizdan mehr-muhabbatimizni ayamaylik!
M.XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶