21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:29
Jamiyat 👁 4,902

AMU ELINING OBOD MANZILLARI

AMU ELINING OBOD MANZILLARI

Jumurtov shaharchasi

Togʻ bagʻridagi xususiy korxonada

Jumurtov – tumanimizning metin qalqoni. Bir necha yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalarini muntazam ravishda xom ashyo mahsulotlari bilan taʼminlab kelayotgan togʻ bagʻrida qish-u yoz ish qizgʻin boʻladi.

- Hududdagi korxonalarning barchasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi qurilish tashkilotlari hamda aholi buyurtmalari asosida har xil fraktsiyalardagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi, - deydi Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini ish yurituvchisi Qadamboy Boltaboyev. – Togʻda ish toʻxtab qolishi mumkin emas. Bu yerdagi korxonalarda ish toʻxtadi, degani Xorazm va Qoraqalpogʻiston hududidagi qurilish ishlari barbod boʻldi, degani. Shuning uchun ham Jumurtov tumanimizning metin qalqonida.

Qadamboy Boltaboyev bizni "Jumaboy Avazmatov” xususiy korxonasi tomon boshladi. Tushlik payti boʻlgani uchun, ishchilar tushlik qilishayotgan ekan.

 

Elni oʻylagan tadbirkor

- Korxonamiz direktori Azimjon Avazmatovdan barchamiz minnatdormiz, - deydi korxona kadrlar boʻlimi boshligʻi Nagʻima Qurbonboyeva. – Qarang, ishchilarimizning koʻngilli dam olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo. Ishchilarga ikki mahal bepul issiq ovqat beriladi. Qayerdaki inson omiliga eʼtibor yaxshi boʻlsa, oʻsha jamoada mehnat samarasi va mahsulot sifati yuqori boʻladi.

Korxona direktori Azimjon Avazmatov esa buyurtmachilarning talablarini oʻrganib chiqib, mahsulot ishlab chiqarishga alohida ahamiyat beradi. Shu bois, korxona mahsulotlariga talab yuqori, ishlab chiqarilgan shagʻal-tosh mahsulotlari zahira maydonida aslo turib qolmaydi. 0X5, 5X20, 20X10 fraktsiyadagi shagʻal-tosh mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy korxonada oylik, choraklik va yillik rejalar doimiy ravishda oshirib bajariladi. Mahsulot sifati esa yuqorida aytganimizday, buyurtmachilar talablari darajasidan ham ancha sifatli. Togʻ hududidan shagʻal-tosh mahsulotlarini olib chiqayotgan yuk ortilgan avtomashinalar haydovchilarining koʻpchiligi:. "Biz mahsulotni "Avazmatov Jumaboy” korxonasidan olamiz”, deyishlari ham shundan.

- Korxonamiz 2012-yilning may oyidan oʻz faoliyatini boshlagan, - deydi xususiy korxona ish yurituvchisi Rashidjon Boltaboyev. – Xususiy sanoat korxonasini avvalo tashkil etish qiyin, ishini yoʻlga qoʻyish undan ham qiyin.

Xalqimizda hayot sinovlaridan oʻtgan bir hikmat bor: "Chumchuqdan qoʻrqqan tariq ekmaydi”, - deydilar. Bu hikmatning "Avazmatov Jumaboy” xususiy korxonasiga qiyosan hissasi shuki, korxona rahbari Azimjon Avazmatovning uddaburonligi, oʻzi qoʻl urgan sohani yaxshi bilishi bois, korxona ishini yoʻlga qoʻyishdagi qiyinchiliklar oʻz vaqtida yechimini topdi. 2012-yilning may oyida tashkil etilgan xususiy korxona ikki-uch hafta oʻtmayoq, iyun oyining boshidan oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshladi. Shaharcha hududida yashovchi 9 nafar yoshlar doimiy ish oʻringa ega boʻlishdi. Korxonaga SMD-741 rusumli Rossiya texnologiyasi asosida tosh maydalash va saralash liniyasi oʻrnatilishi ish unumining yanada yuqori boʻlishini taʼminladi. Togʻdan yirik toshlarni kovlab olishdagi muammo ham bartaraf  etilib, El-S-292 rusumli "Samsung” ekskavatori sotib olindi. Yuqori ish unumiga ega bu ekskavator qazib chiqargan tosh mahsulotlarini korxonaning SMD-741 rusumli tosh maydalash-saralash liniyasiga Kr Az-236 rusumli avtomashina peshma-pesh tashib keltirishi ishchilar uchun ancha qulaylik va yengillik yaratish imonini berdi.

Bir kecha-kunduzda 100-150 kubometr shagʻal-tosh maydalab-saralash quvvatiga ega boʻlgan korxonada 2013-yilning oʻtgan olti oyi davomida 200 million soʻmlik noruda mahsulotlari ishlab chiqarildi. Yaʼni, 6 ming kubometr hajmdagi shagʻal-tosh mahsulotlari tayyorlanib, buyurtmachilarga yetkazib berildi. Qudratli ekskavator haydovchilari Oybek Matyoqubov, Sahatboy Xudoyberganov, tosh maydalash argegatini boshqaruvchi Mahmud Kamolov, ishchilar Nurbek Matsafoyev, Rashid Matyoqubovlar bugungi kunda korxonaning faxriga aylanishgan.

Oʻz ovul-elida, mahallasida yashab, mehnat qilib, mehnatidan eʼtibor, qadr topib yashayotgan korxona ishchilarining moddiy manfaatdorligi haqida gap ketganida ular.

- "Avazmatov Jumaboy” korxonasi tufayli oila ehtiyojini qondiradigan darajada mablagʻ topayotirmiz, - deyishadi mamnuniyat bilan.

Bilsak, ishchilarning oʻrtacha oylik maoshi 300-350 ming soʻm atrofida ekan. Bundan tashqari, korxona ishchilarining toʻy-marosimlarida, imorat qurilishlarida korxona maʼmuriyati hamisha yordamga shay. Mehnatga munosib ragʻbatning ifodasini esa yuqorida koʻrdik: "Avazmatov Jumaboy” xususiy korxonasida oʻsish, rivojlanish hokim, ishchilar qalbida esa oʻz mehnatlari samarasidan quvonch, kelajakka ishonch bor. Shuni aytadilarda: "Elini oʻylagan tadbirkor topganini oʻz elida baham koʻrar”, - deb.

Obod koʻngildan suv ichgan oila

Uzum toklari tabiiy manzarali ayvon shaklida koʻtarilgan bahavo hovliga kirarkanmiz, "togʻning tabiati bari bir boshqachada”, - degan oʻy kechdi hayolimdan. Tabiiy ayvon chekkasidagi supada oʻynab oʻtirgan bolakaylar birin-ketin oʻrinlaridan turib salom berishdi. Ichkaridan chiqib kelgan yoshgina kelinchak xush taʼzim bilan salomlashdi. Darhol supaga koʻrpachalar solinib, tuz-namak tortildi.

- Tozagul opamiz mahallasining ilgʻor fikrli, serfarzand, eng ibratli oila  sohibasi, - hozir koʻrasizlar, deganday xonadon sohibasini chorladi hamrohimiz, Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini ish yurituvchisi Qadamboy Boltaboyev.

"Maqtanganning uyini koʻr, soʻngra har bir tadbirini”, - deydilar. Biz jumurtovlik Tozagul opa Allaberganovaning uyini ham, har bitta tadbirini ham, eng avvalo ona, qaynona, beka va mahalla faoli sifatida el aro orttirgan obroʻ-eʼtiborini, har ne muammoni ijobiy hal eta bilishda ishlatadigan tadbirlarini ham koʻrdik. Opaning goʻzal xulq-atvoridan, biri-biridan tarbiyali, xushaxloq farzandlari, kelin- kuyovlarining oʻzaro ahil-inoqligidan ham ogoh boʻldik.



Asli Xorazm viloyatining Gurlan tumanidan boʻlgan rahmatli Shukurulla Reyimboyev bilan Tozagul Allaberganovalar oilasi Jumurtovga Shukurulla otaning xizmat vazifasi taqozosiga koʻra koʻchib kelishgan. Notanish ovul-el, begona odamlarga qoʻshilib, qorishib ketish oson emas. Lekin yangi kelin-kuyov oʻzlarining yaxshi xulq-atvorlari, ochiq koʻngil, keng feʼlligi bilan ming yillik jumurtovliklarday ovulga singib ketishdi.

- Shukurulla otangiz bilan 4 oʻgʻil, 4 qizni voyaga yetkazib, elga qoʻshdik, - deydi onaxon shukronalik bilan. – Hammasini uyli-joyli qildim. 8 farzandimni meniki, desam, gumrohlik boʻlar, avvalo Allohimniki, qolaversa, ovul-elniki. Yaxshi-yomon kunimda meni shular suyab, shular qoʻllaydi-da, qizim.

Oʻn ikki yil avval umr yoʻldoshini tuproqqa qoʻygan Tozagul opa oʻzi aytganiday, yaqinlariga, eldoshlariga suyandi. Birovni ogʻam, birovni opa-singlim, inim, dedi. Ne topsa, halol mehnatidan topdi. Oʻzidan, oilasidan ortganini qoʻni-qoʻshniga ilindi. Farzandlari ichida qay biri oʻqiyman, desa oʻqitdi, hunar oʻrganaman, deganlariga oq fotiha berib, hunarli boʻlishga undadi. 8 nafar farzand havas qilsa arzigulik insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Onasining yonida yurib, tomorqada sarhil mahsulotlar yetishtirishni oʻrganishdi.

- Ekinlar orasida begona oʻt koʻrsam, hech kayfiyatim boʻlmaydi-da, - deydi onaxon. – Bolalarim ham shunga oʻrganishgan.

Rostdan ham oila tomorqasi obod, toʻkin-sochin. Bironta begona oʻt koʻrmaysiz unda. Hafsala bilan koʻtarilgan uzum toklari, hatto koʻcha boʻylarigacha ekilgan rayhon-u jambil, anvoyi gullar iforidan dilingiz yayraydi.

- Biz koʻp narsani Tozagul opadan oʻrganamiz, - deydi onaxonning yon qoʻshnisi, 43-maktab oʻqituvchisi Gulnora Yangiboyeva. – 8 nafar oʻgʻil-qiz, oʻnlab nevaralar yashaydigan xonadonda biron kishining bir-biriga qattiq gapirganini eshitmaysiz. Hammamizga ibratli, ahil oila bular.

"Kimligingni oʻzingdan oldin qoʻshning aytsin”, - deganlari naqadar rost. Ochiqqina, yuzi-koʻzi kulib turguvchi, oʻta samimiy Tozagul opa yetmish yoshni qoralab qolsalarda hamon farzandlariga yelkadosh. Barcha ishlarda ularga koʻmakdosh. Tomorqasida yetilgan har bir neʼmatni eng avvalo: "qoʻshnining haqi boʻladi”, - deb qoʻni-qoʻshnisiga ilinadigan, kelinlari shirin taom pishirsa, xayolida qoʻshnilari charx uradigan opaning yugurib-yelib:

- Mana bundan ham totinglar, - deya patnislarni toʻldirib olma-yu  uzum terib, jajji bolakaylarga ulashishlari-chi! Kelinlarining barchasiga bir xilda kulib-kulib muomala qilishlarini, koʻngli tozaligi va obodligini koʻrib, "bu onaxonning muncha tili shirin boʻlmasa!” – deya havaslanishingiz tabiiy.

Ha, azizlar, bunday totuvlik bor joyda mehr-oqibat boʻladi. Xonadonda fayz-baraka, obodlik boʻladi. Biz umr boʻyi dalada ishlab, 8 nafar farzandni tarbiyalab elga qoʻshgan oddiy dehqon ayol Tozagul Allaberganovaning xonadonida ana shunday goʻzal turmush tarzini, obod koʻngildan suv ichgan baxti bekam oila qoʻrgʻonini koʻrdik.


"Namuna” mahallasi

Mehnatni boylik deb bilgan ayol

Xitoy ovulining "Namuna” mahallasida yashovchi Raʼno opa Hayitboyeva haqida  gap ketganida hamqishloqlari:

- Oʻ-oʻ, Raʼno opami? Oʻt-olov, qanday ishga qoʻl ursa, uddasidan chiqadi, - deyishadi havas bilan.

Ovulning toʻqson foiz aholisiga saboq berib ustozlik qilgan rahmatli ustoz-muallim Hayitboy Otamurodovning qizi Raʼnoxon opa, Hayitboyeva ota-onasining obroʻsi ortidan emas, avvalo yaxshi tarbiya koʻrganidan, qolaversa, oʻzining oʻta tirishqoqligi, mehnatsevarligi, uddaburonligi bilan hayotda oʻz oʻrnini topdi. Elda obroʻ-eʼtibor qozondi. Oliygohni tugatib, ota kasbini egallagan  Raʼno Hayitboyeva to nafaqaga chiqqunga qadar qishloqdagi 2-va 52-sonli maktablarda boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi boʻlib ishladi, yuzlab bolalarga oq-qorani tanitdi.

Nafaqaga chiqqach esa Raʼnoxon opa hech oʻylab oʻtirmay, farzandlarini yoniga olib, tomorqa xoʻjaligini tartibga keltirdi. Umr yoʻldoshi Hayitboy ogʻaning:

- Damingni ol, sihatgohlarga bor, shu yerni qoʻyib tur, - deyishiga qaramay 5 nafar farzandi bilan tomorqa yeriga kech kuzdan erta bahorgacha yaxshilab ishlov berishdi. Raʼnoxonning ishiga berilib ketganidanmi yo oʻzi ham qiziqdimi, Hayitboy ogʻa ham ularga koʻmakdosh boʻldi. Erta bahordan tomorqaga avval kartoshka, sabzi, piyoz ekishdi. Yerning bir qismiga pomidor va bulgʻor qalampir koʻchatlarini oʻtqazishdi, handalak, bodring, gurvak qovun, tarvuz urugʻlarini keltirib ekishgani baridan ham aʼlo boʻldi. Hosil yetilgan paytda Hayitboy ogʻa Raʼnoxon opaga:

- Nafaqaga avvalroq chiqsang boʻlarkan, onasi, yerimiz raʼnogulday yashnab ketdi-ya! – dedi hazillashib.

- Yer-yer emas, xazina, - deydi Raʼnoxon opa. – U bilan tillashgan sari qulf-kaliti ochilaveradi.

Shundanmi, bu xonadonda hamma narsa bisyor. Moddiy yetishmovchilik degani oilaning har bir aʼzosi uchun begona. Qishloq guzarida oʻgʻil-qizlarini ishli qilish uchun oziq-ovqat doʻkonini ochib qoʻyib, ovuldoshlarining ogʻirini yengil qilgan Raʼnoxon opaning tomorqasidan terilgan ertagi sabzavot va poliz, bogʻdorchilik mahsulotlarining sifati ham yuqori. Sababi, oʻzi yetishtirgan mahsulotini zararkunandalardan qachon, qanday himoya qilishni opaning oʻzi yaxshi biladi. Yetishtirgan mahsulot sifati yaxshi boʻlgach, xaridorgir, daromad ham shunga yarasha.

- Farzandlarimning 4 nafari oliy maʼlumotli boʻlishdi, 3 nafar qizim oʻqituvchi, bir oʻgʻlim huquqshunos. Shu tomorqaning daromadidan bitta oʻgʻlimga saroyday imorat tikladik. 2008-yilda "Neksiya” rusumli avtomashina sotib oldik. Xudoga shukur, farzandlarimning barchasi mehnatkash.

Raʼno opaning soʻzlarida oʻz hayotidan, turmush tarzidan qoniqish hissi zohir edi. Shinam va sarishta xonadonning ulugʻ bekasi, ham qaynona , ham farzandlariga yelkadosh mehribon ona Raʼnoxon opaning bu oiladagi toʻkislik, farovonlik va obodonligida  oʻrni beqiyosligini koʻrdik. Chaman-chaman gulzordan boshlanadigan tomorqada pishib, yetilay deb turgan anjir mevasining xushboʻy ifori, "meni terib oling”, deganday paykallarni toʻldirib yotgan qip-qizil marvaridday pomidoru shirasidan "tars” yorilay deb turgan handalaklar... barcha-barchasi bu xonadonning obod turmushidan dalolat edi nazdimizda.



Oilaning kenja farzandi Ilyosjon bozorni yaxshi oʻrgangan. Qaysi bozorga qachon qanday mahsulot olib chiqishni biladi u. Tomorqa maxsulotlarini avval qishloq guzaridagi doʻkonlariga, soʻng goh Xitoy, goh Gurlan. Mangʻit va Nukus shahridagi bozorlarga olib chiqib, sotish Ilyosjonning zimmasida. Sut-qatiq, tuxum, sariyogʻ, qaymoq va suzmaning oila ehtiyojlaridan ortgani doʻkon va bozor peshtaxtasida.

- Men bekorchi boʻlib qolishdan qoʻrqaman, - deydi Raʼnoxon opa. – Mehnat ham insonning, agar bilsa, maʼnaviy boyligi. Bilmasa, oilasi uchun ham moddiy, ham maʼnaviy yemirilish, inqiroz.

Raʼnoxon opa ana shunaqa, mehnatsiz oʻtgan kunini umr daftariga bitishdan or qiladigan, mehnatni oʻzi va oila aʼzolari uchun maʼnaviy qadriyat, boylik darajasida eʼzozlaydigan ayol. Chunki ana shu mehnat uning qadrini el ichra yuksaltirdi, oilasiga boylik, totuvlik, obodlik olib keldi. Shu sabab bu xonadonda, "seniki-meniki”  degan tarbiyasiz tushuncha yoʻq. Ahillik, mehr-oqibat, oilaga, el-ovulga, Vatanga va demakki, mehnatga fidoyilik mujassam. Ana shudir Ayollik, Onalik, Bekalik baxti!

Faqat shulardir oila obodligi!

  Robiya YOʻLDOShEVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026