INSON HUQUQLARI – OLIY QADRIYaT
Asosiy qonunimiz Özbekistonda istiqomat qilayotgan millati, tili turliça bölsa-da, şu aziz Vatan ravnaqiga hissa qöşişga intilayotgan barça fuqarolarning faxri, ğururi, iftixoridir.
Boisi, unda barça fuqarolarning huquq va erkinlik-lari töliq taʼminlangan bölib, ularningdavlat va jamiyat boşqaruvida erkin iştirok etişi inson huquqlari va ularning kafolatlari sifatida ifodalangan.
Mustaqillik yillarida Konstitutsiyamiz negizida şakllantirilgan qonunçilik asosida keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy özgarişlar röy berdi, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlaşga qaratilgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiga xos zamonaviy tuzilmalar şakllandi.
Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari, ularni taʼminlaşning huquqiy kafolatlari, fuqarolarning asosiy burçlari masalalariga katta eʼtibor berilganligi diqqatga sazovordir.
Yuridik amaliyotda inson huquqlari uç guruhga bölinadi: şaxsiy, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar.
Fuqarolarning erkinligi va şaxsiy daxlsizligi, fikrlaş, söz, eʼtiqod erkinligi, turarjoy daxlsizligi kabilar fuqarolarning şaxsiy huquqlari sirasiga kiradi. Bu huquqlarni çeklaş mumkin emas.
Siyosiy huquqlar haqida Konstitutsiyaning 32-, 33-, 34-, 35-moddalarida batafsil bayon etilgan. Yaʼni 32-moddada: "Özbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga egadirlar. Bunday iştirok etiş özini özi boşqariş, referendumlar ötkaziş va davlat organlarini demokratik tarzda taşkil etiş, şuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş va takomillaştiriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Davlat organlariningfaoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş tartibi qonun bilan belgilanadi”, 34-moddada esa "Özbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyuşmalariga, siyosiy partiyalarga va boşqa jamoat birlaşmalariga uyuşiş, ommaviy harakatlarda iştirok etiş huquqiga egadirlar.
Siyosiypartiyalarda, jamoat birlaşmalarida, ommaviy harakatlarda, şuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozçiliknitaşkil etuvçi muxolifatçi şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini heç kim kamsitişi mumkin emas”, deyilgan. Şularning öziyoq mamlakatimizda inson huquqlari kafolatlariga yuqori darajada eʼtibor berilayotganligini körsatib turibdi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat işlarini boşqarişda iştirok etiş huquqini yanada kengroq röyobga çiqariş maqsadida Özbekiston Respublikasining saylov töğrisida qator qonunlari, "Siyosiy partiyalar töğrisida”gi, "Kasaba uyuşmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi, "Nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi Qonunlari qabul qilingan.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning, inson huquqlari va erkinliklari himoyasining asosiy huquqiy kafolati bölib xizmat qilmoqda.
Sanobar Xalbayeva,
tuman FHDYo bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶