12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:54
Adabiyot 👁 2,509

LAFZ VA QARZ

LAFZ VA QARZ

(Bölgan voqea)

Sobir juda köngilçan yigit. Birovdan yordamini ayamaydi. Özi oç qolsa-da, ostonasidan hatlab kelgan odamga söraganini berib yuboraveradi.

Töğrisi, Sobirboyning oşib-toşib yotgan mol-dunyosi yöq. Bolalari yoş, xotini ham, özi ham heç qayerda işlaşmaydi. 16 sotix tomorqa yerini obod qilib, mol boqadi, qöy-eçkisi, tovuği-yu kurkasi bor. Boğ-roğidan, mol-holidan yaxşi daromad oladi.

– Xudoga şukur, qölim pulsiz bölmaydi, – deb qöyadi u özini boyvaççalarday tutib. Ana şu oçiqköngilligi tufayli köpinça pand yeb yuradi, baribir pand yedim, deb heç qaçon feʼli torlik qilmaydi.

Nima böldi-yu Sobirning tijoratçi akasining "işi qaytdi”. Bir-ikki oy içida kasodga uçradi-yu, dökonidan, "Damas” rusumli avtomaşinasidan ajraldi. Qança harakat qilişmasin, savdo-sotiği-yu, xonadonidan fayz, baraka ketdi.

– Sobirjon, uka, menga bitta molingni qarzga berib tursang, – boşini egib keldi aka.

Sobirning akasiga rahmi keldi. Bördoqiga boqayotgan bitta hökizini berdi-yubordi.

– Qaytararmikan? – dedi xotini işonqiramay.

– Qaytaradi, "qarzga”, dedi-ku! – Sobirning köngli negadir ğaş edi.

Oradan oylar, hatto yillar ötdi. Aka sira qarzini qaytaray, demadi. Sobir katta öğli şartnoma asosida öqişga kirganidan ham quvonib, ham "qarzga ketgan” molining daragini biliş niyatida akasining uyiga bordi.

– Hay, bola, – dedi akasi, – uyalmay-netmay şu molingni sörab keldingmi? Çeçangning oldida men kim degan odam böldim? Bitta molga ötmadimmi?

Sobirboy dong qotib qoldi. Tili kalimaga kelmadi. Aka esa tobora ovozini balandlatib tönğilladi:

– Otamizning mulkida ötiribsan, sendan yer-mulk sörayotganim yöq-ku! Hovli-joyni bölib, teraklarni çopib olsam ne qilasan, öv!

Sobirboy asta örnidan turdi. Tomoğiga nimadir tiqildi. Köz oldida akasiga yangi imorat qurgan yillari, keça-kunduz tinimsiz işlab, imoratini butlab berganlari  esiga tuşdi. Akasining imorati bitguniça Sobirboy qança mol boqdi, halovat bilmay işladi.

– Sening boşpanang tayyor, bolam, akangning uy-joyini butlab beraylik, – derdi ota-onasi doim Sobirboyga. – Bir-ikki yil yangi kiymasang, kiymabsan-da...

Doim akasining eski kiyimlarini "yangilab” kiyardi Sobirboy. U ota-onasidan sabr-qanoatni, köngilçanlikni, halollikni örgangandi.

– Qarzga, deganingizga...

– Qarz, qanaqa qarz? – baqirib yubordi aka.

Sobirboy taşqariga çiqdi. Akasining vajohat bilan gapirgan gapi uning boşiga  gurzi bilan urganday böldi. Nafasi qaytib, yurişga qiynalsa-da, tezroq bu yerdan ketişga oşiqar, ortidan xuddi öz tuğişgan akasi toş otayotganday, toşlar yomğiri ostida qolganday, butun tanasi zirillab oğrir edi...

U xotiniga heç narsa demadi. Ikki kundan söng bozorga soğin sigirini sotdi. Öğli quvonib-quvonib öqişiga ketdi. Xotini  har gal qaynoğasi olib ketgan bördoqi mol haqida gap oçib qöyar, Sobirboy lom-mim demasdi. Faqat dilidan bir öy keçardi: "uka, kel, şu molingni menga öt”, - desa, men "yöq”, – demasdim-ku”. Ana şu gina, ana şu öy uning dilini örtab yuborardi. Sobirboy nihoyatda qiynalgan paytlarida ham akasining ostonasidan boşqa hatlamadi, "molim bor”, – deb söramadi. Öğli öqişini tugatib, paxta tozalaş zavodiga işga kirdi. Oldinma-keyin  ikkinçi öğli ham institutni  tugatib, bank xodimi böldi-yu Sobirboyning gardanidagi  rözğor yuki ança yengillaşdi.

"Men bitta molga ötmadimmi?” – deb öziça ukasidan öpkalab, kamnamo bölib yurgan aka endi tez-tez ukani yöqlaydigan böldi.

– Çeçangning tijorat işlari heç yurişmayapti-da, Sobirboy. Sal yordam berib yuborasanmi? – dedi bir kuni.

Sobirboy indamadi-yu, könglida yaxşi bir niyati borligini, katta öğlini uylantirmoqçi ekanligini yaşirolmadi. Baribir tuğişgan-da, quvonçini bölişgisi keldi.

– Töymi? Töyingga özim boş bölaman. Ikki-uç oyga bir-ikki söm berib tursang, çeçang sal "aylantirib” olgaç, pulingni qaytarib beraman.

Sobirboy uzoq öyladi: "Mendan boşqa kimi ham bor? Mayli, beraman, deb turibdi-ku, bolalar işlaşyapti, qöra töla mol-holi bor. Tört-beş million sömni tijoratçi bir-ikki aylantirsa, bas, pul degani özi bilan özi köpayadi”.

– Mayli, – dedi Sobirboy, – faqat uzoqqa çözmay, qaytaring aka, töy qilmoqçiman.

Ukasidan pulni osongina undirgan aka şu kundan boşlab qorasini körsatmadi. Sobirboy esa bu gal ham öz tuğişgan akasidan pand yeganini yurak-yurakdan his etib turar, na iloj, sirtiga çiqara olmas, iç-etini yeb, özi bilan özi olişardi.

Bir kuni akasining xotini – Norgul çeçasi qönğiroq qildi:

– Sobirboy, tez kel, akang melisaga tuşib qoldi.

"Yo tavba, melisaga neça tuşadi?”  Sobirboy taşvişlandi.

Yetib borsa, iş çatoq, akasi meli-saxonada boşini çangallab ötiribdi. Emişki, bozorda bir kişini sökibdi, janjallaşibdi. Mahalla katxudolarining aralaşuvi bilan uruşgan ikki davangirday erkak yaraşişdi. Bir-birini keçirişdi-yu, ikkalasi ham jamoat joyidagi huquqbuzarliklari uçun jarima jazosiga tortilişdi. Sobirboy  yana köngilçanlik qildi, akasi uçun bir qöyini sotib, falon söm jarima töladi.

– Akangizni uyga köçirib kelaqoling! – gap bilan uzib oldi xotini.

– Bizga xudo bersin, – dedi Sobirboy astoydil.

– Molni qarzga olib lafzidan  qaytib, qarzini  unutsa, pul olib, qaytariş örniga pand bersa, ustiga-ustak janjalning jabri ham sizga tuşsa, şumi Xudoning bergani!

– Beradi, beradi, qöy endi! – Sobirboy xotiniga bu gal botinib qattiq gapirib yubordi.

Oradan bir yil ötib, Sobirboy danğillama töy qilib katta öğlini uylantirdi. Kelinning qadami qutluğ kelib, öğillari kredit hisobiga "Neksiya” avtomobili sotib olişdi. Kiçik öğli sportdagi yutuqlari uçun yoşlar uçun qurilgan uylardan birini oliş huquqiga ega böldi.

– Ana, aytdim-ku, xudo beradi, deb! – xotiniga quvonç bilan gapirib qöyadigan böldi Sobirboy.

Şunday kunlarning birida aka oğir kasalga çalindi. Sobirboy öpka-ginani yiğiştirib, akasini körgani bordi.

– Sobirboy, – dedi akasi ovozi qaltirab, – meni keçir. Uç kundan beri otam tuşimga kiradi. Uç kundan beri menga: "ukang bilan örtangdagi qarzingni uz”, – deb uruşadi. Eson-omon oyoqqa turib ketsam, molingni ham, pullaringni ham qaytaraman.

Sobirboyning öpkasi tölib, akasiga rahmi keldi.

– Ötdim, aka, – dedi mehr bilan, – hamma qarzlaringizni ötdim. Menga siz soğayib ketsangiz böldi, aka.

Aka oğir tin oldi. Yuziga dumalab tuşayotgan köz yoşlarini yaşiriş uçun orqasiga ögirilib oldi. Sobirboy negadir yengil tortdi. Xuddi ota-onasi tirilib qaytganday, ularning nafasini his etganday böldi.

Aka uzoq yotmadi. Bir haftalardan söng özi ulğaygan mahallaga – ota makoniga, ukasinikiga mol yetaklab keldi.

– Sobirboy, ho Sobirboy, qayerga boğlayin buni?

– Menga beraqoling, bova, – Sobirboyning kiçik öğli mol arqonidan tutdi.

– Mana bu – sendan olgan qarz pullar, – aka xontaxta ustiga kattagina tugunçakni qöydi. – Rahmat, uka, moling ham, puling ham foyda berdi, ukalaring tijoratini tiklab oldi. Otam tuşimga kirib nima deganini bilasanmi? "Sobirboyga qilgan lafzingda turmading, kasal bölding, qarzingni uzmasang, işing unmaydi”, dedi.

Men ğofil banda, xato qildim, xato.

– Men qarzingizni ötgan edim, aka! – mehri tovlanib akasini quçoqlab oldi uka.

– Yöq, – dedi aka astoydil, – men qarz, deb oldimmi, qarzda! Köngilga şayton oralamasin ekan, uka!

– Ana şu şaytonni butunlay haydab yuboring-da, bova! – dedi Sobirboyning kiçik öğli.

Şu kuni, ota-onalari dunyodan ötgandan beri ilk marta aka-uka ota makondagi çorpoyada yulduzlarga tikilib yotdilar, uzoq suhbat qurdilar. Osmon ham, ularning köngillari ham beğubor edi...

Robiya YÖLDOŞEVA.  

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026