Kadastr hujjatlari mavjud bölmagan köçmas mulk obeʼktlari va soliq qarzdorligi bor xonadonlar xatlovdan ötkazilmoqda
26-iyul kuni Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida tuman hokimligi, Kadastr agentligi tuman bölimi, soliq inspektsiyasi hamda boşqa taşkilot masʼul xodimlaridan iborat işçi guruh aʼzolari mahallalarda bölib, xatlov işlarini olib bordilar. Xatlovdan közlangan maqsad – köçmas mulk obʼektlari röyxatida mavjud bölib, lekin şu kunga qadar kadastr hujjatlari mavjud bölmagan obʼektlarni aniqlaş va aholiga huquqiy tuşuntirişlar berişdan iborat böldi.
Maʼlumki, 2022-yil 6-iyun kuni “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan edi.
Şuningdek, Özbekistonda kadastr hujjati yöq uy-joy va yerlar töliq röyxatga olinib, özboşimçalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etiş böyiça qaror, dastur va grafik işlab çiqilib, tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Lekin, baʼzi fuqarolarimiz haligaça köçmas mulk obʼektlariga kadastr hujjatlarisiz egalik qilib kelişmoqda. Xatlov jarayonlarida uşbu fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalariga asosan jarima solindi. Bunda kadastr hujjatlarisiz köçmas mulk obʼektlariga egalik qilib kelayotgan yuridik şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 15 barobarigaça, jismoniy şaxslarga esa 10 barobar miqdorigaça jarima soliş közda tutilgan.
Xatlov jarayonlarida fuqarolarga yer va uyga oid barça hujjatlarini saqlab, imkoni bölsa, yöqotilganlarini tiklab olişlari lozimligi, asosiysi, hujjatlaştirib qoliş uçun özboşimçalik bilan qöşimça imoratlar qurişdan tiyilişlari kerakligi, bu harakatlar fuqaro uçun muammo keltirib, uning javobgarlikka tortilişiga sabab bölişi batafsil tuşuntirildi.
Şuningdek, fuqarolarga uy-joyga bölgan huquqlarni eʼtirof etişga asos böluvçi kerakli hujjatlar töğrisida maʼlumotlar berildi. Taʼkidlanganidek, ularga mahalla fuqarolar yiğini tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma, yer va mol-mulk uçun tölangan soliq hamda kommunal tölovlar kvitantsiyalari kiradi.
Xatlov jarayonlarida kadastr hujjati yöq köçmas mulk egalariga kadastr röyxatidan ötgan hujjatlar asosidagina yer, mol-mulk soliqlarini tölaşlari mumkinligi, barça fuqarolar orasida yerga egalik qiliş tenglik va şaffoflik asosida olib borilişi qatʼiy tarzda tuşuntirildi.
Undan taşqari, soliqdan qarzdorligi bor bölgan fuqarolarga joriy yil uçun hisoblangan soliqlarni tölaş teng uluşlarda 15-aprel va 15-oktyabr sanalariga qadar amalga oşirilişi belgilangani, yer uçastkalaridan hujjatsiz yoxud yer uçastkasiga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlarda körsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan stavkaning uç baravari miqdorida hisoblanişi batafsil tuşuntirib ötildi.
Şuningdek, agar soliq imtiyozlarini oliş huquqiga ega bölgan fuqarolar bölsa, imtiyozlarni oliş huquqini tasdiqlovçi xujjatlarni mustaqil ravişda soliq inspeksiyasiga taqdim etişlari lozimligi, mol-mulkning kadastr qiymati va yer maydonlari örtasida farq aniqlangan taqdirda Kadastr agentligi tuman bölimiga murojaat etişlari lozimligi aytib ötildi.
Xatlov jarayonlari davomida kadastr hujjatlari mavjud bölmagan köçmas mulk obʼektlarining egalari soliq qarzdorligini öz vaqtida bartaraf etişlari, aks holda belgilangan tartibda har bir keçiktirilgan muddat uçun penya hisoblanişi va soliqlar sud tartibida undirilişi haqida ogohlantirildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶