Soliq tölovidan qarzlarni sud tartibida, qarzdorning mulkidan undiriş çoralari körilmoqda
Maʼlumki, soliqlarning byudjetlarga va byudjetdan taşqari jamğarmalarga öz vaqtida va töliq kelib tuşmasligi – davlat iqtisodiyotining meʼyorida işlaşiga tösqinlik qiladi. Şuningdek, iş haqi, pensiya va nafaqalarning öz vaqtida tölanişiga, davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarining amalga oşirilişiga salbiy taʼsir körsatadi.
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bölimi iş yurituviga joriy yil 1-dekabr holatiga jami 235,2 mlrd. sömlik 27036ta ijro hujjatlari olingan. Şundan 165,5 mlrd. sömlik 12317ta ijro hujjatlari tamomlanib, 121,9 mlrd. sömlik 8064ta ijro hujjatlari amalda undirilişi taʼminlangan. Uşbu davr mobaynida davlat foydasiga undiruvlar bilan boğliq 66,5 mlrd. sömlik 18907ta ijro hujjatlari iş yurituviga olingan. Şundan 47,1 mlrd. sömlik 8891ta ijro hujjatlari tugatilgan, 26,2 mlrd. sömlik 6329ta ijro hujjatlari amalda undirilişi taʼminlangan.
Jumladan, soliq qarzdorligi undiruvlari bilan boğliq 53,6 mlrd. sömlik 5698ta ijro hujjatlari iş yurituvga olingan. Şundan 40,5 mlrd. sömlik 3040ta ijro hujjatlari tamomlangan, 20,9 mlrd. sömlik 1490 ta ijro hujjatlari amalda undirilişi taʼminlangan.
Şu yil 6-dekabr kuni tuman prokuraturasi, IIB va Majburiy ijro byurosi xodimlari hamkorligida soliq va boşqa tölovlarni tölaşdan böyin tovlayotgan qarzdorlardan qarzlarni undiriş yuzasidan navbatdagi tadbir ötkazildi. Tadbir davomida Majburiy ijro byurosi tuman bölimi iş yurituvida bölgan ijro hujjati va Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tegişli buyruğiga asosan qarzdor T.K.dan (ism özgartirilgan) undiruvçi – Davlat soliq inspektsiyasi foydasiga 211 mln. 494 mingdan ziyod soliq qarzi hamda davlat foydasiga 8 mln. 459 mingdan ortiq davlat bojini undiriş çoralari körildi. Qarzdor T.K.ning tölaş imkoniyatini aniqlaş maqsadida yaşaş manzili közdan keçirildi, uning boşqaruvida bölgan avtomobili xatlovga olindi va vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga olib borib qöyildi.
Yurtimizning har bir fuqarosi zimmasidagi soliqlarni öz vaqtida tölab borişni unutmasligi, aslo befarq bölmasligi kerak. Çunki uşbu tölovlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanişini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.Rözmetov, tuman prokurori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶