21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:41
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,681

YeRI VA KOʻNGLI TOZARGAN FERMERLAR

YeRI VA KOʻNGLI TOZARGAN FERMERLAR

(Publitsistika)

MEHNAT QILIB, ROHAT KOʻRMAGAN DEHQON

Oʻzbekistonda fermerlik harakati boshlangan ilk yillar edi. Umr boʻyi paxtachilik brigadasini boshqarib, hayotining asosiy qismini dalada oʻtkazgan (Alloh rahmat qilsin) Madat aka Yeshchanovning afsus bilan aytgan gaplari hech esimdan chiqmaydi:

- Hah, qarib qoldim-a, "dehqonman!” deb koʻkrakni kerib ishlaydigan payt endi keldi. Yerning uvadasi chiqib ketdi-ku zulm qilinaverib. Buyruqni bajaraman, deb dehqon emas, zolimga, zulmkorga aylanib qolgan edik. Hali koʻrasizlar, fermerlar mana bu shoʻrlagan tuproqni oltinga aylantirishadi!

Paxta yakkahokimligi avj olgan oʻtgan asrning 1970-80 yillarida "Choykoʻl” ovuli hududidagi sobiq sovet kolxozining  8-brigadasiga rahbarlik qilgan Madat aka Yeshchanov oʻta mehnatkash, paxta desa oʻzini unutar darajada fidoyilik qilishga tayyor inson edilar. Tongdan shomgacha "Planeta” rusumli mototsiklini minib, kamida 200 gektar maydondagi paxta dalalarini aylanib chiqar, baʼzan paxta deb oʻzi uchun aziz insonlarning dilini ogʻritib qoʻyar, kechirim maʼnosida tuproq va loy kechib, daladagi yumushlarga oʻzi ham kirishib ketardi.

- Paxta poyi (ijara yeri) bor kolxozchilarning yuziga qaray olmasdim, - der edilar doim. – 7-8 gektar goʻzani tarbiyalagan dehqonga nari borsa, 1,5-2 gektar uchun ish haqi berilardi. Yer oʻlchovida, hisob-kitobda xatolar koʻp edi, juda koʻp edi...

Madat aka haq edilar. Sovetning kolxoziga chiqib, paxta ekib, tarbiyalab, hosil yiqqan degʻqonning ana shunday xato – sovet maʼmurlarining foydasi uchun qilingan, aslida "rejalashtirilgan xatolar” bois, hech qachon kosasi oqargan emas. Dehqon boy boʻlishi – siyosatga zid edi. U markazning choʻntagidan haq olardi. Agar dehqon oʻz mehnati samarasidan bahramand boʻlganida salkam 200 gektarlik paxtachilik brigadasini boshqargan Madat aka Yeshchanov "Choykoʻl” ovulining eng badavlat kishisiga aylanardi...

Yerga mehri, dehqonchilikka ixlosi baland bunday insonlar yurtda oz edimi? Madat akaday fidoyilar juda koʻp edi. Ularning juda koʻpchiligini markazdan rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligiga oid har xil "plan”lar erta mayirdi. Oriyatini, oʻzligini toptab, boshini egib, dardini ichiga yutib yashashga mahkum qilib qoʻydi. Agrar sohaning eng fidoyi, eng bilimdon, ishbilarmon mutaxassislarini "paxta ishi” deb atalmish haqoratomuz olovli toʻr oʻz domiga tortib ketdi...

DEHQONNING HAYoTINI YaShNATIB YuBORGAN HARAKAT

Oʻzbekistonda boshlangan fermerlik harakati eng avvalo dehqonning qadr-qimmatini joyiga qoʻydi. Davlatning oʻzi bosh boʻlib yerni dehqonga – oʻz egasiga topshirdi. "Mana, yer seniki, ek, parvarishla, oʻzing ham manfaat koʻr, xalqing ham bahramand boʻlsin!” – dedi.

Bu – dehqonning hayotiga mislsiz oʻzgarishlar olib keldi. Tarixan qisqa davr ichida mustaqil Oʻzbekiston 30 milliondan ziyod xalqi ehtiyojini toʻla taʼminlabgina qolmay, qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan jahon bozorida oʻz oʻrniga ega boʻldi.

Xoʻsh, bunga biz qanday erishdik?

Avvalo, mamlakatimizda agrar sohada olib borilgan izchil islohotlar, hali yuqorida aytganimizday, paxta ekilaverib "uvadasi chiqib ketgan” yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tarmoqni texnik va texnologik modernizatsiyalash, bundan ham muhimi, fermer xoʻjaliklarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, fermerlarga zarur shart-sharoitlar yaratish – bugungi olamshumul yutuqlarga erishish imkonini berdi.

Xususan, muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 22 oktyabrdagi "Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni fermerlar erishayotgan yutuqlarni mustahkamlabgina qolmay, agrar sektordagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillashtirib, fermerlik harakatini rivojlantirish, uni koʻp tarmoqli xoʻjaliklarga aylantirish, qishloqqa sanoatni olib kirishda juda katta qadam boʻldi. Bundan tashqari, mustaqillik yillarida agrar sohaning huquqiy asosi yanada mustahkamlandi. 20 ga yaqin Qonun hamda 110 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar qabul qilinishi Oʻzbekistonda, shu jumladan Amudaryo tumanimizda ham agrar sektorni isloh qilish va liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Eng muhimi, tumanimiz xalqi fermerlar – mustaqil mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etishida yetakchi kuch ekanligiga nafaqat ishondilar, balki qishloq mulkdorlari bilan haqli ravishda faxrlanish tuygʻusini his etdilar.

Bu shunday tuygʻu ediki, uning mohiyatida mustaqillikka, kelajakka ishonch, dehqonning hayotini yashnatib yuborgan oʻzgarishlardan bahramandlik hissi bor edi!

OʻZGARISh

Oʻzgarish. Mustaqillik yillarida bu soʻz nutqimizdan, kundalik muomalamizdan muqim oʻrin oldi. Chunki har kuni, balki har  soatda maʼlum maʼnodagi bir oʻzgarishga koʻzimiz tushadi. Demak, quvonch bilan taʼkidlamoqqa haqqimiz bor, azizlar!

Axir yoʻq joydan bunyod boʻlayotgan yangi uy-joylar, qiyofasi har kuni oʻzgarib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari, iqtisodi baquvvatlashib, oʻz mahsulotlari bilan jahon bozoriga kirib borayotgan korxonalar, fermerlar...

Eh-he, bu kabi oʻzgarishlarning hisobiga yetish qiyin. Bundan 25-yil muqaddam paxta ekilaverib sillasi qurigan yerlarga bugun bir boqing! Yana olamshumul oʻzgarish!

Muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 22-oktyabrdagi "Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan butun mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda tashkil etilgan Fermerlar Kengashi bugun fermerlarning ishonchli himoyachisiga aylangan. 2013-yilning boshida tuman fermerlar Kengashi tomonidan oʻsha paytda tumanimizda faoliyat olib  borayotgan 278 ta fermer xoʻjaliklaridan 197 tasi koʻp tarmoqli fermerlar deb topildi. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini  rivojlantirish maqsadida 8 ta yoʻnalishda 204 ta loyiha ishlab chiqildi. Shunisi quvonchliki, bu loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻning uchdan ikki qismi fermer xoʻjaliklari hisobidan yoʻnaltirildi. Yaʼni, fermer xoʻjaliklari hisobidan 2 mlrd. 104 mln. 80 ming soʻm, bank krediti hisobidan 1 mlrd. 20 mln. soʻm, jami 3 mlrd. 124 mln. 500 ming soʻm mablagʻ sarflandi. Faqat 2014-yilning oʻzida yana 52 ta fermer xoʻjaligi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirilib, ularning soni 240 taga yetkazildi.

Endilikda tumanimiz fermerlari nafaqat paxta, balki pilla, gʻalla, poliz va sabzavot, mahsulotlari, baliqchilik parrandachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, asalarichilik yoʻnalishlari boʻyicha  misli koʻrilmagan yutuqlarni qoʻlga kiritishmoqda.

2015-yilda fermer xoʻjaliklarining  yer maydonlarini optimallashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar soha rivojida ijobiy oʻzgarish sari qoʻyilgan yana bir qadam boʻldi: tumanimizda yer mulkdorlari safi  oshdi, fermer xoʻjaliklari soni 528 taga yetdi. Paxtachilik, gʻallachilik bilan birga pillachilik sohasi jiddiy rivojlanish sari yuz tutdi. Fermerlarning fidoyiliklari, pillakorlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bois 2016-yilda pilladan moʻl hosil olindi, 254 tonnalik "kumush tola” xirmoni bunyod etildi. Bundan ham quvonarlisi, mustaqillik tufayli pillakorlarimiz yetishtirgan pilla mahsuloti tumanimizning oʻzida, "Asia Silk” Vetnam shoʻʼba korxonasida qayta ishlanmoqda.

Agrar tizimdagi mislsiz oʻzgarishlar nafaqat fermerlar, balki tumanimiz xalqi dasturxonini toʻkin, turmushini farovon, har bir yovonni obod goʻshaga aylantirib yubordi.

"QIRMIZI DON”I XIRMON-XIRMON,

BOGʻLARI LARZON, ASALGA KON!

2013-yil edi. Mustaqillik bayrami arafasida tumanimizning olis goʻshasi – Nazarxon ovulida boʻldik.

- Ovulimizdagi Oʻrozimmat bovaning bogʻini bir koʻring, - taklif etdi OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Guljahon Ibrohimova. – Naq "ziroatchilik fabrikasi”, deysiz.

Oʻrozimmat bovaning bogʻi Guljahonning taʼrifidan ham oshib tushdi. Choʻldan esib turgan garmsel shamolining yoʻlini kesib, atrofga jannatiy havo ufurib turgan bu bogʻda yoʻq mevaning oʻzi yoʻq edi. Olma-yu anor, anjir-u shaftoli, olcha, gilos, nashvati, olmurut, yongʻoq...

Bogʻ ichiga poliz va sabzavot ekilgan. Bogʻ chekkasidagi baland supada qirmizi bugʻdoy uyumi.

- Nazira Mambetnazarovaning ekkan bugʻdoyidan, - qoʻli bilan shopirdi donni  Oʻrozimmat bova. – Zoʻr fermer, xirmoni juda baland boʻldi, oʻz ulushidan ortganini sotdi, men ham oldim, arzongina. Albatta, pulimga! Meva-chevadan daromad oqib kirib turibdi xonadonimizga. Fermerlarning gʻalla xirmoni baland boʻlsa, dasturxonimiz nonga toʻlada, qizim.

Tumanda nazarxonlik Nazira Mambet-nazarova kabi gʻalla ekib ham davlat omborini, ham el-yurt dasturxonini toʻldirib, ham oʻz xonadonini obod qilib, rizq yaratayotgan fermerlar bisyor. Ana shunday koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining 2016-yilgi "qirmizi don” xirmoni 7500 tonnadan oshib ketdi. Bu amudaryoliklar rizqining butun boʻlgani. Oʻrozimmat bova kabi tomorqa egalarining bogʻ-rogʻiga xotirjam qarash imkoni. Axir fermerning bugʻdoy xirmoni baland boʻlgani, minglab xonadonlarga, el-yurtga, rizq-roʻz nurlari tushgani-da!

Bugun fermerlar yaratayotgan intensiv bogʻlar tarovati butun Amu eliga tatiydi. Hatto amuliklar ehtiyojidan ortigʻi qoʻshni tuman va viloyatlarning bozorlarini obod qilayotir. Qoʻshni davlatlarga eksport qilinayotir. 25 gektarga yaqin serhosil intensiv bogʻlar esa allaqachon hosilga kirgan.

Baʼzan oʻzimizning Mangʻit dehqon bozorimizni oralab, hayotimizni yashnatib, dasturxonlarimizni bezab turguvchi neʼmatlarning bisyorligidan dilim yayrab ketadi. Nazarimda, yetti iqlim bogʻ-rogʻlarida yetilgan turfa mevalarning bari shunda, toʻkinlikdan, toʻkislikdan, farovonlikdan bahs etayotganday.

Gulkaram, nashvati, naqsh olmalar, hatto mevazor bogʻlar nafasini his ettirish quvvatiga ega  asal ham tumanimiz fermerlari yetishtirgan mahsulotlardan!

Asalarichilikni ham bugungi  fermerlarimiz binoyiday uddalashayotgani bozorlarimizda alohida asal sotish rastalari paydo boʻlganida namoyon emasmi, azizlar!

YeR HAM, KOʻNGILLAR HAM TOZARDI

Fermerlarimiz erishayotgan bu kabi yutuqlar zamirida juda ulkan mehnat bor, fidoyilik bor. Qolaversa, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan beqiyos imkoniyatlar, begʻaraz gʻamxoʻrliklar mujassam.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2007-yil 29-oktyabrda imzolangan "Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon fermer xoʻjaliklariga qarashli barcha yerlarning meliorativ holatini, tuproq tarkibini yaxshilash, yerni muloyimlashtirish, hosildor qatlamida tuproq donadorligini oshirish imkonini yaratdi. Sobiq ittifoq davrida tamoman yaroqsiz holatga kelgan va  kuchli shoʻrlangan yer maydoni 6051 gektarga yetgandi. Yuqoridagi Farmonga muvofiq 2008-2016-yillar davomida 2 ming km. uzunlikdagi kollektor va drenaj tarmoqlarida 10 mlrd. soʻmlikdan ortiq taʼmirlash-tiklash va rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Natijada Nazarxondan Kuyuk koʻpir-u Xitoy ovullarigacha, Qangli ovulidan to "Choykoʻl” va Qilichboy zaminidagi ovullargacha boʻlgan ulkan hududda dehqonchilik qilib, el-yurt rizqini yaratayotgan 532 ta fermer xoʻjaliklarining yerlari "tozardi”, shoʻri va zaxi ketib, yerlarning hosildor qatlami qayta jonlandi. Qishloq xoʻjalik ekinlarining barcha turlari boʻyicha har gektar hisobidan olinadigan hosildorlik keskin oshdi. Shu bois, bugungi amudaryolik fermerlarning koʻksi baland, nasibasi ulugʻ.

Shular haqida oʻylarkanman, bundan 25-yil avvalgi  sovet kolxozida  paxtachilik brigadasini boshqarib, hech kosasi oqarmagan brigada boshliqlari, tongdan-shomgacha daladan beri kelmay, paxta terib, munkillab, tut bargini orqalab, ipak qurti boqib shohi-atlaslarni tushlarida koʻrib yashagan onajonlarim koʻz oldimda gavdalanadi. Va beixtiyor Madat aka Yeshchanovning gaplarini eslayman:

- Yosh boʻlib qolsam, fermer boʻlardim, ishlaydigan, mehnating qadr topadigan zamon endi keldi!

Ha, azizlar, intilib-intilib, orzular qilib va orzu-umidlar gulini terib yashaydigan damlar bu!

Ana qarang, paxta ekilgan dalalar chetidagi yoʻllarda shalogʻi chiqqan mototsikllarini "patillatib”, "plan” ketidan yugurib, umrini yelga sovurib yashagan brigadirlar emas, bugun yumshoq kabinali, zamonaviy avtomobillarda yurgan fermerlar qoʻllarini peshonalariga ravoq qilib dalalarga mamnun boqishadi. Ona zamindan ufurayotgan sogʻlom, shirin nafasdan koʻngillari tozaradi ularning! Tozarmasinmi?!

Axir yer oʻziniki! Qaysi yerga nimani va qachon ekishni oʻzi hal qiladi. Bankda – hisob raqamida daromad-u mablagʻi bisyor. Eng muhimi, ortida bemavrid "boʻl, ha boʻl!” deb qistalang qilguvchi yoʻq. Ana shudir – Dehqon – yer egasi - fermerning baxti! Ana shu baxt zamiridadir – el-yurt farovonligi, obodligi, koʻngillar xotirjamligi, tinchlik va totuvlik neʼmati!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026