12.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.08.2026, 23:21
Qishloq xoʻjaligi 👁 61

Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda tuman fermerlari kengashining qoʻshma MUROJAATI

Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda tuman fermerlari kengashining qoʻshma  MUROJAATI

PAXTAGA QOʻShIMChA IShLOV BERING VA HOSILINGIZGA HOSIL QOʻShING!

Hurmatli dehqon va fermerlar hamda agrar soha xodimlari!

Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, Siz fermer va dehqonlar tomonidan tumanimiz boʻyicha 13 ming gektar shundan, Shinjon usulida 3,4 ming gektar maydonlarda paxta parvarishlanmoqda.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi oʻta murakkab iqlim sharoitida koʻplab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, ayniqsa bu yil iyul oyining har yilgidan koʻra ikkinchi yarmi oʻta issiq kelayotganligi sababli suvchi, mexanizator hamda chekanka (chilpish) qiladigan dala ishchilariga ish haqqilarini oʻz vaqtida berib, paxtangizda agrotexnik tadbirlarni, jumladan, sugʻorish, kultivatsiya qilish va chekankani oʻz vaqtida tashkil etishni davr taqozo etmoqda.

Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni koʻradi va el-yurt dasturxonini toʻkin qilish yoʻlidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

Murakkab ob-havo sharoitidan tortib, eng kerakli agrotexnik tadbirlarni qoʻllashgacha boʻlgan jarayonlardan eson-omon oʻtish oson kechmaydi, albatta.

Eng muhimi, bu yil iyul oyining soʻngi oʻn besh kunligi va avgust oyining birinchi oʻn kunligi jazirama issiq kunida paxtaning hosilini olib qolib, tunu kun qilgan halol zahmatli xizmatlari mevasi naqadar totli ekanini hosil pishib yetilib, oʻz vaqtida terib-yigʻib olinib, xirmonga toʻkilgan damda, asosiysi, belgilangan rejalar oshirib uddalanganidan keyingina anglab yetadi.

Ana shundagina fermerning koʻngli xotirjam boʻladi. Buning uchun esa har bir fermer xoʻjaligi rahbari bugundan boshlab oʻz paxta dalasida “Dolzarb – 20 kun” eʼlon qilishi lozim.

Himmati baland mirishkor fermerlar!

Iyul-avgust oylarida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati paxta hosildorligini oshirishda nihoyatda muhim. Negaki, hosilning ertagi, sifatli va moʻl boʻlishi ayni shu oydagi mehnat natijasi bilan oʻlchanadi. Zero, gʻoʻza agrotexnikasi talablarga muvofiq bajarilsa, rivoji tezlashib, koʻsaklarga koʻsak qoʻshiladi, erta pishib yetiladi, hosilga baraka kiradi.

«Gʻoʻza pishmaydi» degan qarash notoʻgʻri. Oʻzbekistonning qisqa vegetatsiya sharoitida uning pishishini texnologik reja asosida boshqarish kerak. Yashil koʻsak emas, pishgan, ochilgan va terib olingan paxta haqiqiy hosildir.

Yuqoridagidan kelib chiqib, paxtadan yuqori hosil olish uchun iyul-avgust oylarida yana biz fermerlar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarur boʻlayotganligini hamda ortiqcha yetishtirilgan har bir kilogramm paxta uchun qoʻshimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni har qachongidan ham masʼuliyat bilan yondashib amalga oshiraylik!

birinchidan, barcha dehqonlarning oʻrni dalada boʻlishi, ayniqsa suvchi, mexanizator, entomologlar oʻz ishiga oʻta jiddiy yondashmogʻi darkor;

ikkinchidan, buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda suvchilarga 1 mln 500 ming soʻmdan, mexanizatorlarga 1 mln soʻmdan hamda chekanka (chilpish) qiladigan dala ishchilarga gektariga 200 ming soʻmdan ish haqqi berilishini 10 kun muddatda yakunlang;

uchinchidan, oʻz dalangizda zarur shart-sharoitlar yaratib, jumladan issiq ovqatlarni doimiy ravishda tashkil qiling;

toʻrtinchidan, gʻoʻzani yana bir marta sharbat usulida qondirib sugʻorish, buning uchun suvchilarga barcha shart-sharoit yarating, tungi sugʻorishni yoʻlga qoʻyib, sugʻorish ishlarini yakunlang. Bunda, suvdan toʻgʻri, oqilona foydalaning, sugʻorishda koʻllatmasdan sugʻorib, kam suv bilan tez-tez sugʻorishni tashkil qiling, zovurga tashlamaslik choralarini koʻrib suvni ortiqcha isrof qilinishiga yoʻl qoʻymang;

beshinchidan, zararkunanda hasharotlar – koʻsak qurti, oʻrgimchakkana, beda qandalasi, qora shira xurujidan himoya qilishni kuchaytiring, uygʻunlashgan kurash choralarini keng qoʻllang;

oltinchidan, gʻoʻzaning gullash va koʻsaklash davrida droja, aspirin hamda tarkibida bor kislotasi, temir, kaltsiy boʻlgan mikrooʻgʻitlardan foydalangan holda bargdan ishlov bering yoki tomchilatib sugʻorish shlanglari orqali oziqlantiring;

Bunda, 250–300 g/ga bor kislotasi, 350–400 g/ga droja, 200–250 g/ga.dan aspirin hamda “Sila kremniy” va “Aminosid-Silikon” preparatlaridan foydalaning.

Ushbu preparatlar toʻliq suvda eritilib, eritma holida kunning salqin (kechki 19-00 dan keyin, ertalab 7-00 gacha) vaqtlarida barglarga bir tekis seping. Bor yetishmovchiligi ham, ortiqchasi ham zararli-meʼyorni oshirmang;

yettinchidan, biologik stimulyatorlar bilan qoʻshimcha ishlov bering gʻoʻza rivoji kechki boʻlgan dalalarda ham paxtani erta pishib yetilishiga va hosili barakali boʻlishiga erishing;

sakkizinchidan, gʻoʻzaning hosil toʻplashi uchun sharoit yarating, ayniqsa xorijiy navlarni ekkan fermer xoʻjaliklari olimlar va tajribali mutaxassislar tavsiyalari asosida ish yuriting;

toʻqqizinchidan, zararkunandalarni ular ommaviy koʻpayib ketgandan keyin emas, muntazam kuzatuv va profilaktika asosida boshqaring. Bt xususiyati boʻlmagan navlarda toʻliq integratsiyalashgan himoya tizimi (IPM), Bt navlarda esa IPM bilan birga maydonning 10–15 foizida Bt xususiyati boʻlmagan himoya (refugiya, amaliyotda «Qochoq» deb ataluvchi) maydoni tashkil eting;

oʻninchidan, har bir sugʻorishdan keyin tuproq yetilishi bilan 1–2-marta mayin kultivatsiya qiling. Buning uchun, kultivatorlarni “baliq sirti” qilib oʻrang hamda ertalab va kechki soatlarda kesak hosil qilmasdan mayin kultivatsiya qilishni yoʻlga qoʻying.

Qator orasida kultivatsiya shunday oʻtkazilishi kerakki, bunda, gʻoʻza tuplariga ziyon yetkazmasin, koʻsaklarni toʻkmasin, gʻoʻza poyalarini payhon qilmang;

Sugʻorishdan keyin tuproqlarda yoriqlar (devor) paydo boʻlgan boʻlsa, yengil sugʻorib, keyin mayin kultivatsiya qiling;

oʻn birinchidan, iyul-avgustda bajariladigan agrotexnik tadbirlarni yana bir nozik jihati shundaki, bu paytga kelib, gʻoʻza qator oralarida shoʻra, it uzum, qoʻy pechak, gʻumay, suv oʻti kabi begona oʻtlar ham koʻpayadi.

Gʻoʻzadan baland boʻlib, hasharotlarni oʻziga jalb etish bilan birga, turli zararli mikroorganizmlar koʻpayib, pastki yarusdagi koʻsaklarni chirishiga, makrosparioz va boshqa chirish kasalliklari koʻpayishiga olib keladi hamda gʻoʻzaga berilgan oʻgʻitni asosiy qismini oʻzlashtiradi.

Shu sababli har bir dala yana bir marta koʻzdan kechirilib, begona oʻtlarni suvdan keyin qoʻlda yulib olish va barcha paykallar begona oʻtlardan tozalanishiga jiddiy eʼtibor qarating;

oʻn ikkinchidan, rivojdan orqada qolgan maydonlarni alohida nazoratga oling va qoloqlikdan chiqarish uchun qoʻshimcha agrotexnik tadbir kulang;

oʻn uchinchidan, 1-avgustdan boshlab, gʻoʻzaning holatidan kelib chiqib, Etefon (“qarish” gormoni) qoʻllang, bu gʻoʻzaning fiziologik pishish jarayoni jadallashtiradi hamda oʻsimlikning oʻsishi toʻxtatadi, koʻsaklarni toʻliq yetishtirishga erishib, har bir gektardan olinadigan paxta hosildorligini yanada oshiradi.

oʻn toʻrtinchidan, dalangizni har xil (plyonka, baklashka, plastik idishlar, qogʻoz oʻramlar va boshqa) chiqindilardan tozalang, dala chiqindilari kelajak avlod uchun, insonlar sogʻligi uchun jiddiy xavfga aylanadi, befarq boʻlmang!

Toza dala bezak emas – u tuproq unumdorligi, inson salomatligi va fermer obroʻsidir, shuni unutmang! Ekologik toza dala - bu oziq-ovqat xavfsizligining kalitidir.

Paxtachilikda yuqori natijalarga erishishda avvalo, dehqon va fermerlar, paxta klasterlari hamda soha fidoiylari tomonidan tunu-kun qilingan mashaqqatli mehnat, shuningdek, puxta oʻylangan islohotlar va ilmiy yondashuvlar oʻzining munosib samarasini bermoqda.

Xabaringiz bor, keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarimizda asosiy eʼtiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xoʻjalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, dehqon va fermerlarning ogʻirini yengil qilishga qaratilmoqda.

Aynan muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoni bilan paxta xomashyosini yetishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni bir qismini qoplab berish boʻyicha bir qator imtiyozlar belgilangan. Jumladan:

paxta xomashyosini yetishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 2,5 foizlik punkti;

hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foizlik punkti;

qishloq xoʻjaligi subʼektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish boʻyicha imtiyozlar belgilangan. Siz paxtadan yuqori hosildorlikka erishib ushbu imtiyozlardan foydalaning!

Aziz fermer va dehqonlar!

Sizning har bir oʻlchovingiz, oʻz vaqtida qabul qilgan qaroringiz, yerga, suvga va oʻsimlikka ehtiyotkor munosabatingiz mamlakatimiz paxtachiligining yangi natijasini yaratadi. Bilimni amaliyotga aylantirib, yuqori hosil, sifatli tola, barqaror daromad va ekologik toza dalalarni birgalikda shakllantiramiz.

Mazkur ishlarni shunday koʻtarinki ruhda tashkil qilaylikki, qilingan mehnatimiz orqali hosilga hosil qoʻshib, yuqori natijalarga erishaylik. Barchangizni ushbu ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod boʻlishi uchun munosib hissangizni qoʻshishga hamda “Dolzarb 20 kun” mobaynida paxta dalalariga yanada ishlov berishda faol qatnashishga daʼvat etamiz!

Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda tuman fermerlari kengashi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019