Amudaryoda fermerlar bilan oçiq muloqot: yangi farmonlar qişloq xöjaligida yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda
Amudaryo tumanida qişloq xöjaligi sohasi vakillari, fermer xöjaliklari rahbarlari va mutasaddi taşkilotlar iştirokida muhim uçraşuv bölib ötdi. Tuman hokimligi majlislar zalida taşkil etilgan uşbu oçiq muloqot Özbekiston Respublikasi Prezidentining paxta va buğdoy yetiştiruvçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan PF–82-sonli hamda lalmi va yaylov yerlaridan samarali foydalanişni rağbatlantiriş böyiça PF–83-sonli Farmonlari mazmun-mohiyatini keng tuşuntirişga bağişlandi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi böyiça örinbosari, Qişloq xöjaligi vaziri Kamiljan Aytbayev iştirok etib, fermer xöjaliklari rahbarlari bilan oçiq va samimiy muloqot olib bordi. Uçraşuv davomida agrar sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan yaratilayotgan yangi moliyaviy imkoniyatlar hamda fermerlarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari atrofliça muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi farmonlar qişloq xöjaligi tarmoğida iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş, işlab çiqaruvçilarni rağbatlantiriş va hosildorlikni oşirişga xizmat qiladi. Ayniqsa, paxta va buğdoy yetiştiruvçilarga berilayotgan moliyaviy imtiyozlar fermerlarning manfaatdorligini yanada kuçaytirişi qayd etildi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil hosilidan boşlab Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan imtiyozli kredit foizlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. Xususan, paxta yetiştiriş uçun ajratilgan kreditlarni belgilangan muddatda qaytargan xöjaliklarga foiz tölovining 2,5 foizlik punkti, yil yakunigaça töliq qaytarganlarga esa 5 foizlik punkti qoplab beriladi. Buğdoy yetiştiriş uçun olingan imtiyozli kreditlarni 1-avgustga qadar töliq qaytargan xöjaliklar uçun esa foiz tölovining 4 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi.
Bu esa, avvalo, fermerlarning kredit yukini kamaytiriş, ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlaş hamda yangi mavsumga yanada puxta tayyorgarlik körişiga zamin yaratadi.
Şuningdek, paxta-töqimaçilik klasterlari va ip-kalava işlab çiqaruvçi korxonalar uçun ham alohida yengilliklar nazarda tutilgan. Endilikda paxta xomaşyosini xarid qiliş uçun ajratilgan tijorat kreditlari böyiça tölangan foizlarning bir qismi davlat tomonidan qoplanadi. Bu esa işlab çiqariş zanjirida uzluksizlikni taʼminlaş va eksport salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Uçraşuvda dizel yoqilğisi xarajatlarini kamaytiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilişiça, 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgaça birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yoqilğisi qiymatining 13 million sömdan oşgan qismi uçun, biroq 2 million sömdan ortiq bölmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu imkoniyat qişloq xöjaligi texnikalaridan samarali foydalaniş, mavsumiy işlarni öz vaqtida bajariş va işlab çiqariş xarajatlarini qisqartirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida lalmi va yaylov yerlaridan samarali foydalanişning yangi tartiblari ham batafsil tuşuntirildi. Mutaxassislar tomonidan uşbu yer maydonlarini iqtisodiy aylanişga kiritiş, çorvaçilik va yem-xaşak bazasini mustahkamlaş, suv tanqisligi şaroitida samarali agrotexnologiyalarni qöllaş böyiça tavsiyalar berildi.
Fermerlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kredit oliş, subsidiya ajratiş, yer maydonlaridan foydalaniş hamda hosilni realizatsiya qiliş masalalarida mutasaddilardan batafsil javob oldilar. Oçiq muloqot şaklida ötgan uçraşuv soha vakillari uçun muhim axborot va tajriba almaşuv maydoniga aylandi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur farmonlar nafaqat fermer xöjaliklarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, balki qişloq xöjaligida samaradorlikni oşiriş, zamonaviy boşqaruv tizimini joriy etiş va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaşda ham muhim omil bölib xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶