GIYoHVANDLIK — UMR ZAVOLI
Giyohvandlik ayni vaqtda butun dunyoni taşvişga solayotgan global muammo, köplab insonlar umriga, soğligiga zomin bölayotgan, jamiyat taraqqiyotiga xatarli tahdid solayotgan illatlardan biridir.
Şifokorlarning taʼkidlaşiga qaraganda, surunkali giyohvandlikka berilganlarning askariyati immun tizimi izdan çiqib, turli kasalliklar natijasida hayotdan erta köz yumadi. Giyohvandlik vositalariga tobeligi yuqori bölgan kimsalarda ularni qölga kiritiş yölida jinoyatga qöl uriş — qotillik, bosqinçilik, talonçilik, öğrilik firibgarlik va boşqalarni sodir etiş ehtimoli kuçayadi. Irodasizlikka yuz tutganlar oxir-oqibatda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilişga mukkasidan ketişi, ular bilan savdo qilganlik tufayli jinoiy javobgarlikka tortilib oilasi, döstlari, işidan ajralişi, farzandlari majruh tuğilişiga sababçi bölişi hayotda köp marta öz isbotini topgan.
— Giyohvandlik balosi yer yuzida juda keng tarqalgan, köpçilik mamlakatlar aholisini, asosan millatning ertasi bölmiş yoşlarni keng qamrovda öz domiga tortayotgan illatdir. Şu bois biz uning keng tarqalişi oldini olişimiz, bu boradagi tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytirişimiz, giyohvandlikka ruju qöyganlarni erta aniqlab, davolaşga yönaltirişimiz lozim, — deydi Xorazm viloyati Xiva tumanidagi narkologiya dispanseri bölim mudirasi Zulhumor Ortiqova. — Aks holda bu xavfli illat ayrim irodasi böş yoşlarimizni öziga böysundirib, jamiyat taraqqiyotiga zararli taʼsir körsatişi, katta ijtimoiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
"Narkomaniya” sözining luğaviy maʼnosiga eʼtibor qaratadigan bölsak, bu — yunonça söz bölib, "narko” — karaxtlik, "maniya” — xohiş, intiliş degan maʼnolarni anglatadi. Insoniyat giyohvand moddalar haqida miloddan oldingi qirqinçi ming yillikdayoq tuşunçaga ega bölgan. Miloddan avvalgi 19-18 asrlardayoq giyohvand moddalardan dori vositalari tayyorlab insonlar ongiga taʼsir qiliş maqsadida amaliyotda qöllanilgan. Mutaxassis-şifokorlarning taʼkidlaşiça, ular asosan jangu jadallarda jangçilar diydasini qotiriş, jarohat olganida oğriqni sezmasligi uçun işlatilgan.
— Giyohvand moddalarning psixostimulyatorlar, gallyutsinogenlar, kanopning turli navlari, opium narkotiklari, tinçlantiruvçi va uxlatuvçi vositalar kabi turlari mavjud, — deydi Zulhumor Ortiqova. — Şifokorlik amaliyotida giyohvandlik kasalligining kelib çiqişi bir neça bosqiçda kuzatiladi va odamlarning giyohvand moddaga örganib qolişi natijasida narkomaniya sindromi paydo böladi. Bunda birinçi bosqiç narkotik moddaga moyillik paydo bölişi, ikkinçi bosqiç abstinentsiya — xumor sindromi paydo bölişi, uçinçi bosqiç narkotik moddalarga çidamlilik pasayişi bilan keçadi. Uçinçi bosqiçda giyohvandlik xastaligiga çalingan bemor taşqi körinişi, jismoniy va ruhiy holati, özini tutişi bilan soğlom odamdan röy-rost ajralib turadi. Bunday holatda narkotik moddalarsiz yaşay olmaslik hususiyati paydo böladi. Lekin bunday holga tuşgan kimsalarga giyohvand modda faqat tetiklaştiruvçi taʼsir körsatadi. Oğir ijtimoiy oqibatlarning oldini oliş uçun giyohvandlikning ilk bosqiçlarida davolaş yaxşi samara beradi.
Respublikamizda giyohvandlik deb atalgan xavfli illat bilan muntazam ravişda ayovsiz kuraş olib boriladi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida giyohvandlik moddalirini nazorat qiliş Milliy markazi taşkil qilingan. Şuningdek, giyohvandlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy xavfli illatga qarşi kuraşda Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qömitasi, Içki işlar vazirligi, prokuratura organlari, barça vazirlik va idoralar masʼuliyat bilan faoliyat olib bormoqda.
Giyohvandlikka va uni tarğib qilişning oldini olişga qarşi profilaktik tadbirlarda keng jamoatçilikning faol iştiroki ham maqsadga muvofiqdir. Sababi — giyohvandlik yöliga kirgan kimsalar uni faqat özlari isteʼmol qilib qolmasdan özgalarni, ayniqsa, yoşlarni bu yölga tortişga, ular orqali giyohvand vositalar bozorini rivojlantirişga harakat qiladilar.
Davlatimiz rahbari "Har qanday millatning ravnaqi, umumbaşariyat tarixida tutgan örni, mavqei va şuhrati bevosita öz farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga boğliqdir” deb taʼkidlaydilar. Bu borada asosan oilaning, ota-onaning örni nihoyatda muhimdir. Heç bir inson onadan giyohvand bölib tuğilmaydi. Farzandlarning soğ-salomat dunyoga kelişi, jamiyatda öz örnini topişi birinçi navbatda ota-onaga boğliq.
Biz faxr bilan ayta olamizki, xalqimiz orasida aqli raso, jismonan soğlom va maʼnan yetuk farzandlarni tarbiyalab östirayotgan, ularning kamoloti, muvaffaqiyatlaridan ğururlanib köksini kerib yurgan oila darğalari juda köpçilikni taşkil etadi. Biroq aholi orasida, baʼzan ayollar orasida ham giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanib yoşlarning salomatligiga, gulday umriga zavol bölayotgan, yoş oilalar tanazzuliga sababçi bölayotgan kimsalar ham uçramoqda. Va ular albatta oxir-oqibat öz qilmişi uçun puşaymon bölib javobgarlikka tortiladi.
Giyohvandlik jinoyati haqida butun dunyo taşvişga tuşayotgan bir vaqtda mamlakatimizdagi har bir fuqaro uşbu illatning salbiy oqibatlaridan tegişli xulosa çiqarib olişi kerak. Uşbu sohadagi qonunbuzarlikning oldini olişda, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi davlat idoralari, yoşlar taşkilotlari, mahalla, taʼlim muassasalari, balki butun jamoatçilik, yaʼni har birimiz masʼuldirmiz. Har birmiz kelajak avlod barkamolligi, ertangi kunimiz farovonligi uçun javobgarmiz. Demak, masʼuliyatni his qilgan holda yagona maqsad sari birgalikda ildam qadam taşlaşimiz lozim.
Manzura BEKÇONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶