Giyohvandlik – yoşlar kelajagiga tahdid
Bugungi kunda jamiyatimizda eng dolzarb muammolardan biri — bu giyohvandlik vositalari bilan boğliq holatlar, xususan, voyaga yetmaganlar örtasida uşbu illatga moyillikning ortib borayotganidir. Giyohvand moddalarini noqonuniy tarzda sotib oliş, isteʼmol qiliş va tarqatiş kabi holatlar soni ortib borayotgani hamda bu jarayonda yoşlarning iştiroki tobora kengayib borayotgani jiddiy xavotir uyğotmoqda. Bu holat nafaqat yoş avlodning, balki butun jamiyatning kelajagiga tahdid soladi.
Giyohvandlik moddalariga moyillik yoşlar orasida tez surʼatda tarqalmoqda. Bu esa ularning soğliğiga jiddiy xavf tuğdiriş bilan birga, jinoyatçilikka moyillikni ham oşirayotganini körsatadi. Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikka oid jinoyatlarning soni ortişi nafaqat ota-onalar, balki barça jamiyat aʼzolarini öylantirişi lozim.
Yoşlar örtasida bu illatning keng tarqalişi turli xil oqibatlarga olib kelmoqda: qonunbuzarlik, öğrilik, zöravonlik, jamoat joylarida tartibsizlik va eng açinarlisi — yuqumli kasalliklar, xususan, OITS kabi xastaliklarning tarqalişidir.
Afsuski, uşbu muammoga qarşi, asosan, huquqni muhofaza qiluvçi organlari kuraşmoqda, jamoatçilikning iştirokisiz esa bunday illatni bartaraf etiş deyarli mumkin emas. Buning ustiga, ayrim hollarda voyaga yetmaganlar kattalar tomonidan giyohvand moddalarni isteʼmol qiliş yoki tarqatişga jalb qilinayotgani ham kuzatilmoqda.
Giyohvand moddalarga mutaassib bölgan şaxslar moddaga muhtojlik hissi bilan har qanday jinoyatga qöl urişi mumkin. Ular modda uçun pul topiş maqsadida avvalo mayda jinoyatlar, söngra esa oğir jinoyatlar sodir etişga moyil bölib qolişadi.
Bugungi kunda davlat tomonidan bu muammoni bartaraf etişga qaratilgan qonunlar va amaliy çora-tadbirlar qabul qilingan. Voyaga yetmaganlar örtasida profilaktik tadbirlar, tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar, taʼlim muassasalari va mahallalar tomonidan soğlom turmuş tarzi tarğib qilinmoqda.
Şu bilan birga, giyohvand moddalarni isteʼmol qilişga yoki ular bilan boğliq jinoyatlarga boşqa şaxslarni jalb qiliş holatlariga nisbatan jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş zarur. Bu nafaqat jinoyatga qarşi kuraşda samara beradi, balki kelajakdagi ehtimoliy jabrlanuvçilarni ham asraydi.
Giyohvandlik — inson hayoti va kelajagini barbod etuvçi ijtimoiy xavfli illatdir. U jamiyatning rivojiga, taraqqiyotiga tösiq böladigan, axloqiy va maʼnaviy tanazzulga yetaklovçi asosiy omillardan biridir.
Yoşlar xalqning tayançi va kelajagi ekan, ularni uşbu illatdan asraş barçamizning burçimizdir. Har bir oila, taʼlim muassasasi, davlat idoralari va keng jamoatçilik birlaşib harakat qilsa, şundagina bu illatga qarşi samarali kuraş olib boriş mumkin böladi. Öz navbatida, har bir fuqaro ham bu jarayonda faol iştirok etişi zarur. Çunki, bir yoşning kelajagini saqlab qoliş — butun jamiyatning kelajagini muhofaza qiliş demakdir.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶