IQROR (Hikoya)
Dars tugadi. Lola sinfdoşlarining şoşilib, biri-biridan oldinga ötişga intilib taşqariga oşiqayotganlariga qarab ança ötirib qoldi. Istar-istamas eng oxirda sinfdan çiqdi. Çiqib turli yoqqa töda-töda bölib ketayotgan bolalarga havas bilan qaradi. Axir uning yolğiz özi kelib, özi ketadi, hamrohsiz. Boisi uning uyi atrofida u tengi öquvçilar yöq.
Lola oyoğini sudrab bosguday bölib uyiga yaqinlaşar ekan, hozir borganida qanday manzaraga duç kelişini xayolan köz öngiga keltirdi. Albatta köça eşik berk. Kalitini qöşnidan olişi kerak. Keyin... keyin... huvullab yotgan uyda ota-onasining işdan qaytişini kutadi. Ha, aytgança, eşikdan kirişi bilan onasi qönğiroq qiladi-da, tayinlaydi: ovqating stol ustida, termosda çoy bor, töyib olib, uyga vazi-falaringni tayyorlab ötir, tokka tegma, özing yaxşi qizsan-ku.
Lola uçun kun har doimgidan ham zerikarliday tuyuldi. Stol ustidan uç-tört peçene oldi-da ovqatidan tatib ham körmay, deraza oldida ötirib ötgan-ketganlarni tomoşa qila boşladi.
... Köçib kelganlariga uç oydan oşgan bölsa ham Lola bu yerda heç kim bilan döst tutinolmadi. Asli otasi, enasi oldida, katta hovlida yaşaganlari mazza edi. Lola tinim bilmas, uy yiğiştiriş, tovuqlarga don-suv beriş, hatto tomorqa işlariga ham kömaklaşar, enasining yonida biri-biridan qiziq ertaklari, hikoyalarini tinglab yurib vaqtning qanday ötganini bilmay qolardi. Ertalab uyğonganida albatta dasturxonda unga atalgan bir kosa sut turardi.
- Kel, qizim, sutingni içib ol, - derdi yelkasidan qoqib enasi mehribonlik bilan. – Sen turguningça men çelakni olib sigirning yoniga bordim. Mening Lola qizimga ham sutingdan ber, dedim. Keyin sigir senga şu sutni berdi. Qani içib qöy, oppoğim.
Lolaning simirib sut içişiga enasi zavqlanib qarab turadi. Buni sezib u kosa yarimlaganida atay oğzidan oladi. Şunda enasi xuşomadga ötadi:
- Qani, qani, hammasini... qoldirmasdan... Köp sut içsang, sigirning buzoğiga öxşab tez ulğayib ketasan.
Enasining elkasiga qoqib erkalaşlaridan erib ketgan qiz kosani böşatib qöyganini sezmay qolardi. Qöşni qizlar bilan öynagan damlarida esa enasi uni çaqirib ajratib ololmay ovora bölardi. Axir öyinlari juda zavqli bölar, Lola uzilib ketgisi kelmay qolardi-da. Keyin qizlar uning enasidan eşitgan ertaklarini aytişini ham juda xohlaşardi. Lolaga ayniqsa "qovun pişdi” öyini juda yoqardi. Har kuni qayta-qayta öynaşsa ham, heç zerikmasdi. Uç-tört qiz dehqon bölib qovun ekişadi. Keyin öt-ölanlardan yulib, "poliz”ga qovun palagini yasaşardi, tuproqdan esa qovun.
Öyinning eng zavqli joyi qovun pişiğida polizga öğrilar kirgani-yu, dehqon qizlarning ularni poylab turib uşlaşlari bölardi. Qizlar orasida yoşi kattasi Jamila esa öğrilarning qölini boğlab qöyar, ular keçiringlar, boşqa öğirlik qilmaymiz, deb rosa yalinişgaç, qöllaridagi römollarini yeçardi. "Avf” etilgan qizlar sevinganidan qöşiq aytib, raqsga tuşişardi...
Lola deraza oldida ötirişdan ham, katta hovlisidagi hayoti haqida xayol surişdan ham zerikdi.Öz xonasiga kirib dars tayyorlaş uçun papkasidan darsliklarini hafsalasizlik bilan olib, stol ustiga qöydi. Axir öqituvçi bölib işlaydigan dadasi, onasi kelişi bilan dars tayyorlagani-tayyorlamaganini söraşadi. Xuddi öquvçisi bilan gaplaşayotganday köp öqişi lozimligini aytadi, ötilgan darslarini har kuni takrorlaşni buyuradi. Şunda yodidan çiqmas ekan. Negadir dadasi, onasi uylarida ham köproq işlariga doir gaplarni gaplaşişadi. Lola esa bundan zerikadi, enasining issiq bağrini soğinadi. Otasining, enasining maroqli gurunglarini, ertaklarini qömsayveradi.
Uy içi iliq bölsa-da qizaloq xuddi yoqimsiz kuzak havosida taşqarida yurganday eti junjikdi.
Boz ustiga osmonni qalin bulut qoplagani uning badtar ruhini karaxt qilib qöydi. Erinibgina kitobiga boşini qöydi va közlarini yumdi. Tezroq ota-onasi işdan qaytişsaydi. Eh...
Şunda... şunda xuddi uning könglidan keçirganlarini sezganday eşik qulfi oçilgani eşitildi va dadasi, onasi kirib keldi. Onasi Lola körinmaganiga hayron bölib, ikki-uç marta ismini aytib çaqirdi. Lola uyqusirayotgan bölsa-da hammasini aniq-ravşan his qilib turar, negadir "ha” deb ovoz bergisi, holatidan çiqqisi kelmasdi. Onasi yana Lola deganiça uning xonasiga kirdi. Stolga boşini qöyganiça "uxlab” qolgan qizini körib, dadasiga "buyoqqa qarang”, dedi. Ikkovi ham avval Lolaga, keyin bir-biriga qaraşdi.
- Bir özi zerikkan, bunday paytda heç uxlamasdi, - dedi onasi va uyğotib yubormaslik uçun sekingina avaylab uni qöliga oldi. Lola şunda onasining bağri xuddi enasiniki kabi issiq va juda-juda orombaxş ekanini his qildi. Közlari yumuq bölsa-da uning dadasiga Lolaning karavotini töğrilaşini imlab söraganini angladi. Dadasi qavatini oçgan körpaga onasi uni ohistagina yotqizdi. Şugina bağriga bosib turgan oniy lahzalarda Lola onasining öziga bölgan çeksiz mehrini his qildi. Enam bilan katta hovlida yaşaylik, deya xarxaşa qilganlari juda örinsiz ekanini angladi.
Onasi uning ustiga körpasini sekingina yopib, orqalarini qimtib qöydi. Qiziq, Lola har tong uyğonganida körpa ustida şunday yopilib turganini körar, lekin buni onasining işi ekanini bilmas, özi şundaydir, deya öylardi. Demak, har kuni u uxlaganida onasi uni şunday örab qöyarkan-da. Eh... onasi ham uni buvisi kabi juda yaxşi körarkan-da. U bölsa...
Qizaloqni mehr elitdimi, şirin xayollar oğuşida haqiqatan ham uyquga ketganini sezmay qoldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶