KÖNGIL TUĞYoNLARI
Ona tilim
Bir kalom bor lisonimizda,
Köngli çökkan takror etadi.
Kelajak bor imkonimizda –
"Bu kunlar ham ötib ketadi”.
Bu kalomni aytar tumonat,
Davlatmandni ğamgin etadi.
Boylik, davlat balki omonat –
"Bu kunlar ham ötib ketadi”.
Ona tilim!
Qançalar boysan!
Bilgan sayin oşadi hayrat.
Axir köring – bitta jumlada,
Qança maʼno, mazmun qatma-qat.
Bu tabarruk, purmaʼno lison,
Yaratgandan bizlarga inʼom.
Ona tilim bor ekan mudom,
Nufuz topar özbek degan nom.
Ahmad NAFASOV.
QUTLOV
Vatanim, bağringda dunyoga keldim,
Mehrli göşangda ulğaydim, undim.
Qirlaringda sezdim tiriklik vasfin
Vatanim, muborak aziz ayyoming.
Gullayvergin, quyoşli ölkam,
Mustaqil yurtim naqadar körkam.
Yuksalgin, yaşarsin har qadaming,
Vatanim, muborak aziz ayyoming!
Yulduz MADADOVA, 44-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi.
Tabdirkorlik haqida ertak
Juda qadim zamonda
Bir kambağal bor ekan.
Mol-u mulki juda oz,
Burda nonga zor ekan.
Xotini ham gohida
Uni koyib qöyarkan.
Işlab non topgan kuni
Olqişlarkan – suyarkan.
Ikki öğil, ikki qiz
Hali ança yoş ekan.
Boy uyiga xizmatga
Borsa: "bular yoş”, derkan.
Şundan, işga özi-yu
Xotini borar ekan.
Bir oylik mehnatiga
Tört çaqa olar ekan.
Şu taxlitda yillar ham
Ğiz-ğiz ötaveribdi.
Farzandlari voyaga
Bir-bir yetaveribdi.
Boylarning eşigida
Işlab pul topişibdi.
Er-xotin tandir qurib,
Uyda non yopişibdi.
Bora-bora "Zör nonvoy”
degan nomni olibdi.
Hunari orqasidan
Rosa boyib qolibdi.
Farzandlar ham nonvoylik
Kasbini egallabdi.
Baxt-u omad otini
Tutişib egarlabdi.
Öğillar ulğayibdi,
Qizlar tegibdi erga.
Ijaraga yer olib,
Aylanibdi fermerga!
Mulkdorlarning safidan
Öz örnin olişibdi.
Hatto tört farzandiga
Uy-joylar solişibdi.
"Mehnatning tagi rohat”
Degan maqol töqibdi.
Ulardan qolgan avlod
Olqiş, tahsin öqibdi.
Rivoyatning maʼnosi:
Kim tadbirkor – kam bölmas.
Yurmas boşqa yurtlarda
Közlari heç nam bölmas.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.
Ota-ona
Ota-ona yuragi va bağri giryon,
Seni deb özlarin urarlar har yon.
Qarigan çoğida bölmasin sarson,
Qadrlang, döstlarim, ota-onani.
Oltin-kumuş bilan kömib qöysang ham,
Keksalik balosi boşin qilar xam,
Eʼtibor berdingmi – közlarida nam,
Qadrlang, döstlarim ota-onani.
Ularga darkormas sendan boşqasi,
Sen özing jigardan ungan parçasi.
Kerakmas özingdan boşqa barçasi,
Qadrlang, döstlarim ota-onani.
Sening uçun kerak bugun martaba,
Balki ketib qolar ular ertaga.
Afsuslar çekmagin deyman men yana,
Qadrlang, döstlarim, ota-onani.
Ötsalar yuzta qöy söymoq ne darkor,
Tiriklik çoğida siylangiz bir bor.
Odamlar oldida bölsangiz sardor,
Qadrlang, döstlarim, ota-onani.
Farhod bu sözlarni oldi hayotdan,
Ham öqib, örgandi ilm-u bayotdan.
Kördi va örgandi yaqin-u yotdan,
Qadrlang, döstlarim, ota-onani.
Farhod AVEZOV.
Vatanim
Şafaqlari yonib uyğonar quyoş,
Nurga örar ilhomlarimni.
Yoğdusida ulaşar otaş,
Bizdan boşlab salomlarini,
Bu – mening Vatanim,
Bu – sening Vataning!
Bol buloği, zumrad boğlari,
Tuproğida kuladi çaman.
Xazinadir olmos toğlari,
Fazolarga mağrur uçaman,
Bu – mening Vatanim,
Bu – sening Vataning!
Paxtazorda oltin tolalar,
Qalb riştasi, döstlik iplari,
Kundek kulib, yonib tovlanar,
Jilo aylab töyning seplari,
Bu – mening Vatanim,
Bu – sening Vataning!
Zargar elim, mehmonnavozim,
Sevgi qurgan körkam koşonam.
Jaranglaydi mening ovozim,
Aziz onam, qutluğ ostonam,
Bu – mening Vatanim,
Bu – sening Vataning!
Çinoroy ÖRINBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶