102 BAHORNING GUVOHI BÖLGAN TABARRUK MOMO
Har bir inson umri misli bir kitob. Har bir sahifasida öziga xos quvonç-taşvişlar, maʼno-mazmunlar bisyor. Aslida odam umri doim ham bir tekis keçavermaydi. Bir toifa fozillar umrni teatr sahnasiga, odamzotni unda rol ijro etuvçi aktyorlarga öxşatişadi. Agar biz ham şunday deya tasavvur etsak va birovlarning hayotini tomoşa qiliş imkoniyatimiz bölsa, bir asrdan ziyod umr körgan, bizning hatto tasavvurimizga ham siğmas darajada turmuş qiyinçiliklariga bardoş berib yaşab, rohat-faroğatga yetgan Reyima momo Saidmurodovaning bosib ötgan hayot yöli köpçiligimizga ibrat bölar edi. Hatto oddiy rözğor yumuşlarini ham oğir oladigan, farzandlarining bolalik şöxliklariga çidamay dağdağa qiladigan, zurriyotlarining oqibatsizligidan noliydigan yo öz umridan maqsad-maʼno topolmay zerikib yaşaydiganlarga bu ulkan saboq bölar edi. Axir şunça yil umr körişning özi ham şoir aytganiday, yarim hikmat. Qolaversa, yugurib-yelib, oilam, yurtim deb yaşaş va keksaygan çoğingda ularning ardoğida bölişning gaşti özgaça.
Momo 1913-yilda Xöjayli tumanida tuğilgan. Otasi Anorboy Berdimurodov masʼul lavozimda işlardi. 1930-yillarning oxirida Toşkentga qandaydir majlisga çaqirilgan va xalq duşmani deb majlisda ötirgan joyida qamoqqa olingan. Şundan keyin onasi, tuğişganlari uçun yoruğ kunlar zulmatga aylandi. Eh-hey, öşa yillar ularning boşidan ne uqubatlar ötmadi, deysiz. Goh xalq duşmanining farzandi, deya maktabda kamsitişsa, goh kelib uylarini tintib, qölga ilguday narsa topişolmay ketişardi. Öz elining odamlari hatto nima gapirişsa, organga şuni yetkazib turişar, otasini soğinganidan yuraklari ezilib tursa-da, tiliga çiqarişa olişmasdi. Hatto buğdoyi örib-yiğib olingan dalada maşoq terib yurişganida yiqqan buğdoyini olib qöyib, özlarini kaltaklaşsa ham çidaşdi. Qamoqda vafot etgan Anorboy Berdimurodov bir yil ötmasdan oqlandi. Biroq eldagi qahatçilik tufayli azobli kunlari tugamay, taqdirga tan berib yaşaşdi.
Reyima Saidmurodova böy yetib tumanimizning "Oq oltin” ovulida yaşovçi Tojimurod ismli yigit bilan hayotini boğlaganida, 1940-yilda dehqonçilik, paxtaçilik işlarining bari asosan qölda bajarilardi.
- Qilganim mehnat, körganim uqubat böldi, - deya eslaydi momo öşa yillarni. – Boş qattiqmi yo toş, - deya söraşganida bir donişmand: "boş qattiq” deb javob bergan ekan. Şunday çiqar. Mening çekkan zaxmatlarimga toğ bardoş berolmas edi. 1950-yilda Jumurtov şaharçasiga köçib borganimizdan söng quriliş materiallari işlab çiqaruvçi zavodda işladim. Ohak pişiriş tsexi ulkan, xumbuzga toşlar trap orqali zambilda olib borib taşlanardi. Zambilga 100 kilo atrofida toş solinardi. Şu zambilning bir tarafini erkaklar bilan bab-baravar kötarib, 50 metrça keladigan trapda olib çiqardik. Oğir mehnat tufayli tuqqan bolalarimning Xudoybergandan boşqasi nobud bölib ketdi.
Xudoybergan öğlim Urgançdagi pedagogika institutini tugatgaç, 41-maktabga işga yuborişdi. Bir-ikki yil qatnab işlab, ança qiynaldi. Keyin otasi: yolğizgina bolamizni yölda sarson qilib qöymay, köçib bora qolaylik, - dedi va şu yerga köçib kelib, ötirimli bölib qoldik. Şukr qilaman, birgina öğildan sakkiz qiz, uç öğil nevara kördim. Bir öğil nevaramning umri qisqa ekan, qolgan 10 nafari öqidi, uyli-joyli böldi, özlaridan tinib-tinçib ketdi.
Momoning ajin bosgan yuzlarida mamnuniyat balqiydi. Atrofida çuğurlaşib yurgan çevaralariga faxrlanib qarab qöyadi.
- Onamning çevaralari ham oldi böy yetdi. Biri Qoraqalpoq Davlat Universitetida, biri Malayziyada xalqaro turizm yönalişida öqiyapti, ikkovi bu yil abituriyent. Avval öz bolalarimizni öqitgandik. Endi gal nevaralarimizga keldi. Farzandlarimizning, nevaralarimizning esli-xuşli bölib kamolga yetayotganida bizdan köra onamlarning xizmati katta, - deydi Xudoybergan aka.
Uning turmuş örtoği Bibioyşa opaning momo haqidagi sözlari yanayam qiziqarli:
- Nevaralarimni uxlatmoqçi bölib alla aytsam, halinçagidan tuşib ketişadi, allani katta enam aytsin, deyişadi. Enam juda köp xalq qöşiqlarini biladi. Avvallari töylarda qizlarga yor-yor aytardi. Ovozi şirali bölganiuçun mening allalarimni nevaralarim tinglagisi kelmaydi. 38 yilöqituvçilik qilganim bekormening, deyman enamga. Uyli-joyli bölibketgan qizlarim hammehmonga kelsa, avval enamniizlaydi.
Tabiatan şirin söz, beayovyillar sanoqsiz ajinlarsolgan momoning yuzidaodamni öziga tortadigan birilohiy nur bordek, mehrbalqib turadi. Şu mehr uni bir umr ğayrat-şijoatli qilgan bölsa, ajab emas.
Momo hatto keliniga 70-75 yoşlarigaça tandirni bermay, nevaralari uçun özi non yopgan, ovqat pişirgan ekan. Tomorqada turli meva, sabzavot yetiştirib, bozorga olib çiqib sotib, oilasi ehtiyojiga kerakli narsalarni xarid qilib kelarkan. Asli törtinçi sinfgaça taʼlim olgan Reyima momo oldi-sotdida hisob-kitobni bir zumda yoddan çiqarsa, atrofidagilar hayron bölib qarar ekan.
Reyima momoning kiçkinagina jussasiga qarab, uning şunçalar zehnli, quvvatli bölganiga hayrat, ham havas qiladi, odam. Şu boisdan ham döst-birodar, qöni-qöşnilari qarindoşdek yaqin, momoning uyi ostonasidan odam arimaydi. Momo kelguvçilarni adaşmay taniyveradi, bağriga bosib körişib, uzundan-uzoq duo qiladi. Biz – bir guruh tahririyat xodimlari ham 102-yilning guvohi bölgan tabarruk momoni ziyorat qiliş, duosini oliş baxtiga muşarraf böldik. Navbat suratga olişga kelganida Reyima momo yangi römolini olib kelişni nevaralaridan biriga buyurdi. Buyurdi-yu sal ötmay, tayoğini qöliga olganiça özi örnidan turdi. Farzandlari böy yetib qolgan nevarasi römolini topib olib kelişiga işonmadi çoği, yöl-yölakay:
- Bolaga iş buyur, orqasidan özing yugur, - deb qöydi.
Ötirganlar bu gapga qotib-qotib kuldik. Reyima momoning orqasidan qarab qolarkanmiz:
- Iloyim, şu ğayratingizga köz tegmasin, - dedik havas bilan.
Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ŞOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶