14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:49
Jamiyat 👁 3,116

KEKSALARI AZIZ DIYoR

KEKSALARI AZIZ DIYoR

Havolari oʻzgacha makon

Qilichboy - hududi ancha keng, tuprogʻi serhosil, odamlari mehnatga hamdam, suvi, tabiatida hikmatlar jamul-jam elat. Bir cheti qoʻshniXorazm viloyati, bir cheti qardosh Turkmaniston Respublikasi yerlariga tutash bu moʻʼjizakor zaminda bir bora boʻlgan odamning dilida hayratlar, havaslar uygʻonadi. "Nega?”, deysizmi? Boisi, bu zaminda tumanimizning hech bir ovulida uchramaydigan, tarovati, mahobati oʻzgacha bogʻ-rogʻlar, biri-biridan obod ovullar, osmonlarni quchib yotgan azim terakzorlar bor. Shinam, ozoda koʻchalar, el-yurt farovonligidan darak berib, hosil toʻplayotgan poliz-u sabzavot paykallarining barq urib turgani-chi!

Qilichboy elining har bir qarich yerida rizq-roʻz, nasiba urugʻlari tuproqda ildiz otib, quyoshga boʻy choʻzgan ajib bir haroratli kunda bu zaminda boʻldik. Qachonlardir mustabid tuzumning xalqimizni "ruslashtirish siyosati” tufayli Qilichboy degan bepoyon va oʻz tarixiy nomlariga ega yaxlit xudud M.Gorkiy nomi bilan, uning tarkibidagi ovullar "Birinchi Moskva”, "Ikkinchi Moskva”, "Kuybishev” kabi nomlar bilan atala boshlagan kezlarni qilichboyliklar hamon dillarida ogʻrinish bilan eslashadi. Xotira va qadrlash kuni arafasidagi Qilichboy eliga ijodiy safarimiz jarayonida shuni his etdikki, bugun bu goʻzal elatda oʻz tarixiy ildizidan kuch olgan, ajdodlari anʼanasiga sodiq, elim, yurtim, deb hayotini, umrini shu el, ona Vatan obodligiga, farovonligiga baxshida etishga har lahzada tayyor insonlar yashashadi. Ular –oʻzlarini faxr-u iftixor bilan "qilichboylikman”, deb bilguvchi bu insonlar "Xizr eli”, "Besh ovul”, "Tosh qalʼa”, "Yuqori qishloq ”, "Ayoqchi”, "Qoramon”, "Boʻz solma” nomlari bilan Qilichboy, Doʻrman hamda Xolimbeg ovullari tarkibidagi obod mahallalarda yashab, mehnat qilishadi.

Yuz bilan yuzlashgan momo

- Qilichboy zaminining har bir qarich yerining, kanal-u ariqlarining oʻz tarixi bor, -deydi Qilichboy OFY tarkibidagi "Xizr eli” mahallasida yashovchi 100 bahorni koʻrgan onaxon Parda momo Bekniyozova. - Elimizning odamlari esa, shajarasini surishtirsangiz, barchasi "Qilichniyozboy hazratlarining ildizidanman”, -deyishadi.

– Rostdan ham shundaymi, momo? –hayratimizni yashirmadik. –Qilichniyozboy hazratlarining avlodlari unib-oʻsib Doʻrman-u, Xolimbeg ovullariga palak yozgan ekan-da.

– Bunisi Allohga ayon, bolam, lekin Xolimbeg ovulidami, Doʻrman ovulidami, qaysi ovulda yashashidan qatʼiy nazar, eldoshlarimiz oʻzlarini: "men Qilichboyning Doʻrmanidanman, Qilichboyning Xolimbegidanman” yoki "Xizr eli”, "Qoramon” idanman, -deb tanishtirishlarini, faxrlanishlarini yaxshi bilaman-da...

Momoning fikrlari teran, xotirasi tiniq. Hazil - mutoyibani xush koʻruvchi feʼli keng. Huzuriga kelgan har bir kishi bilan alohida-alohida, nihoyatda shirin, samimiy soʻrashishlari, hatto oʻrnidan turib, kelguvchiga peshvoz chiqishlarini koʻrib, havasimiz keldi, toʻgʻrisi.

- 1915-yilda tugʻilganman, -deydi momo. – Esimni taniganimdan beri mehnat qilaman. Hozir ham yosh boʻlib qolsam-u toʻyib-toʻyib ishlasam, deyman. Bundayin inson va mehnat qadr topgan zamonni men umrimda koʻrganim yoʻq. Har oyda davlat nafaqa berib turibdi. Ovul-elda, mahallada oʻz oʻrnim bor. Birov toʻy boshladim, deb, yana birov toʻy qildim, deb, hayit va bayram, deb savgʻa-salom olib kelishadi. Olis oʻtmishni eslasam, el-yurtdagi toʻkinchilik, farovonlikdan yuragim toshib ketadi, bolam. Yurtboshimizga rahmat, biz qariyalarga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtiborni men oʻz umrim davomida faqat mustaqillikdan soʻng koʻrdim.

Parda momo hikoya qilishdan, bugungi dorilomon kunlarga shukrona aytishdan charchamaydilar. Umrining azob-uqubatga toʻla oʻtmish sahifalarini eslarkan, 30-yillardagi qatagʻon siyosati tufayli darbadarlikda kechgan yillari, ocharchilik, ikkinchi jahon urushi davridagi front orti mehnat mashaqqatlari tufayli tortgan zahmatlari evaziga yetishgan "bu zamonamiz koʻzimga surma”, deydi onaxon.

-Toʻrt nafar oʻgʻil-qizim unib-oʻsib, Qilichboyga el boʻlib ketishdi. – Quvonib-quvonib nevara-chevara-yu, evara-duvara-larini sanab, sanogʻidan adashgan momo hazil-mutoyiba aralash qoʻshib qoʻyadilar. -Xudo hoxlasa, Parda momongiz 100 yoshdan, shox-u butoqlari 110 dan oshayotir.

-Bu yogʻini soʻrasangiz, -deydi momoning kelinlaridan biri Gulchehraxon opa, -yaqinda enamizning yotligʻi, yaʼni sakkizinchi avlodi ham dunyoga keldi. Bunisi begona boʻladi, deyishadi.

-Hay, bolam, bizning oʻzbek millatida begona boʻlmaydi, uni men yotliq yoki begona emas, nevaram deyaveraman. Oʻsha goʻdakning qoʻlidan sariyogʻ ichdim-a!

- Bunda ham hikmat bormi, momo, -qiziqdik.

-Bu –sariyogʻday elga yoqsin, palagi toza, tomiri mayin boʻlsin, degani-da!

Momo bilan xayrlasharkanmiz, yoshiga nisbatan ancha tetik va bardam Parda momo uzundan-uzoq duo qildilar.

-El-yurt tinch, oilalarimiz obod boʻlsin, farzandlarimiz aslo zavol koʻrmasin, xalqimiz obodlik, ozodlik, hurlik, farovonlik neʼmatlaridan xamisha bahramand boʻlsin!

Xolimbeglik Tlav bobo

Qilichboy elining ogʻir kunida ham, farovonlikka yetishgan damlarida ham doimo kamarbasta boʻlgan insonlardan biri xolimbeglik Tlav bobo Matnazarov 9-may –Xotira va qadrlash kunida 100 yoshga qadam qoʻyadilar. 1916-yilda tavallud topgan otaxon ikkinchi jahon urushining eng qaynoq nuqtasi –Voronej frontida ilk urushga kirgan kunini hamon yuragida urushga qarshi cheksiz nafrat bilan eslaydi:

-Eslasam, yuragim oʻrtanaveradi, kuyaveradi, bolam, -yillar oʻz izini solgan serajin yuzi koʻz yoshlari bilan namlanadi boboning. -1942-yilning bahori edi. Qisqa tayyorgarlikdan soʻng qoʻlimizga qurol olib, urushga kirdik. Koʻz oʻngimda yonib, kultepaga aylangan qishloqlar, jon talashayotgan begunoh keksalar, ayollar, bolalar... Qirgʻinbarot urush edi bu, bolam.

Tlav bobo 1942 yildan 1945-yilning mart oyigacha Voronej va 1-Ukraina frontlarida fashizmga qarshi ayovsiz janglarda ishtirok etdi. Bir necha marta yaralandi, gospitalda davolanib, yana jangga kirdi. Janglarda koʻrsatgan jasorati uchun "Qizil yulduz” ordeni va bir necha jangovar medallar bilan taqdirlandi. 1945-yilning mart oyida Germaniyaning Gubin shahrini fashizm asoratidan qutqarish uchun boʻlgan janglarning birida kuchli portlash oqibatida ogʻir yaralanib, gospitalga tushdi. Uzoq davolanishdan soʻng ona yurtiga qaytgan Tlav bobo Matnazarov urushdan keyingi tiklanish yillarida Qilichboy elining har bir qarich yerini obod etish, el-yurt farovonligini taʼminlashdek hayrli ishlarda, tumanimiz qishloq xoʻjaligini yuksaltirishda fidoyilik koʻrsatdi. Umrining 40-yilini Qilichboy elida dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga bagʻishladi. Besh oʻgʻil, besh qizni el-yurtga sodiq farzandlar qilib tarbiyaladi. Bugun umrining yuzinchi bahorini qarshilayotgan Tlav bobo Matnazarovning farzandlari nevara-chevara-evara-kuvara-sevara-duvaralari-yu yuz yoshli xamyurti Parda momo aytganlariday, oʻz farzandidan ham suyumliroq sakkizinchi avlodlari bir joyga yigʻilsalar, 150 nafardan oshib ketar ekan. Boboning rus millatiga mansub kelini Galya opaning qilichboylik onaxonlarnikidan qolishmaydigan muomala –madaniyati, mehr-oqibatidan koʻnglimiz togʻday yuksaldi.

Yurt tuprogʻin tumor etib...

- Men urushga ketayotganimda Qilichboy arnaga yuzimni yuvib, tuprogʻini tumor qilib olib ketganman, - deydi Qilichboy ovulida tugʻilib-oʻsgan, butun ongli hayotini shu ovul farovonligiga baxsh etib yashagan Rajab bobo Yusupov. – Balki ana shu yurt tuprogʻi menga kuch-quvvat berganmikan, deb oʻylab qolaman, baʼzan. Xudoga shukur, urushdan eson-omon qaytib, to nafaqaga chiqqunimcha dalada, kolxozning yonilgʻi quyish shoxobchasida ishladim.

Rajab Yusupov 1943-yilning yanvar oyidan 1944-yilning oxirigacha Kalinin frontida dushmanga qarshi jang qildi. 1944-yilning dekabrida ogʻir yaralangan Rajab Yusupov 1945 yilning boshida ona qishlogʻiga qaytib keldi. Janglardagi jasorati uchun "Qizil yulduz” ordeni va bir necha jangovar medallar bilan taqdirlandi.

- Ovuldagi hayot urushdagidan kam emasdi, - olis yillar xotiralaridan soʻzlaydi bobo. – Ishonsang, bolam, xalq borini frontga joʻnatib, ochlik girdobida qolgandi. Kunjarani ogʻzimizga solib, shimirdik. Suv oʻtining donini tegirmonda ezib, yer edik. Hatto bahorda ogʻochning qobigʻini chaynab, oʻrik daraxtining tomirini quritib, kelida tuyib ovqat oʻrnida tanovul qilganmiz. Qahatchilik koʻplab hamqishloqlarimizni hayotdan olib ketdi.

Ocharchilik, urush jarohatlari, yetar-yetmaslikdan ezilgan xalqni bir tuygʻu – kindik qoni tomgan yerga cheksiz mehr, fidoyilik tuygʻusi birlashtirib turar, ana shu tuygʻuni diliga jo etib, oldinga intilib, kelajakka ishonch bilan yashashga odatlangan qilichboyliklar bilan birga betinim mehnat qilgan Rajab bobo Yusupov 92-yillik umri davomida halolligi, fidoyi insonligi uchun izzat-obroʻ topdi. 11 nafar farzandni tarbiyalab, mustahkam oila qoʻrgʻonini yaratdiki, bugungi kunda bu oila qoʻrgʻoni biri-biridan aqlli, mehnatkash farzandlar, nevara-chevaralar bilan yanada fayzli.

-Otamiz – uyimizning farishtasi,- deydi nevara-chevaralari boboning yelkalaridan quchib.

Urush jarohati bilan...

Mashʼum urush boshlanganida Bobojon Ortiqov Xolimbeg ovulida hisobchilik qilib, el nazariga tushgan 20 yashar navqiron yigit edi. Haliyam esida: urushga joʻnaydigan kuni faqat Xolimbeg ovuli emas, butun Qilichboy eli ularni kuzatgani chiqishgan. Chunki oʻsha mashʼum kunda Qilichboyning Doʻrmanidan, Xolimbegi-yu, "Xizr eli”, "Qoramon”-u "Besh ovul”laridan bir necha oʻn chogʻli yigitlar safar xaltalarini olib, yoʻlga chiqishgan edi. Kim oʻgʻlini, kim umr yoʻldoshini, yana kimdir aka-ukasini yigʻi-sigʻi bilan kuzatib qolishgan.

- Oʻsha ketganlardan qaytganlar kam boʻldi, - ogʻir xoʻrsinish bilan eslaydi bobo. – Qaytganlarning ham koʻpchiligi yarimjon, nogiron boʻlib qaytishdi.

Bobojon ota Ortiqovning oʻzi ham mana 70-yildan oshdiki, hamon urush jarohatlari azobini totib keladi. 1941-yilda Ukraina fronti tarkibidagi harbiy qismlardan birida jangga kirib, hayotining salkam uch yilini olovli urush okoplarida oʻtkazgan Bobojon Ortiqov urush dahshatlari haqida umuman soʻzlagilari kelmaydi.

– Urushning nomi oʻchsin, bolalarim, - deydi u oʻtmish xotiralaridan koʻz yumib, - oʻtmishda qolgan qiynoqlar, azoblarni qoʻzgʻamaylik. Shahid ketgan urush jangchilarining, goʻdakligida xalok boʻlgan urush bolalarining, Vatan, deb jon bergan keksa-yu ayollarning ruhini shod etmoq uchun tinchlikning qadriga yetib yashang. Bundayin dorilomon zamon insoniyat tarixida boʻlgan emas. Men Yaratganga shukrlar aytaman, sababi, dahshatlar iskanjasidan omon qaytib, 40-yildan ziyod el-yurt xizmatini qilib yashashga muyassar boʻldim. Inson uchun bundan ortiq baxt boʻlmaydi, bolalarim.

Mehnatni yaxshi koʻradigan Rajab bobo

Bobojon bobo Ortiqov, Tlav bobo Matnazarov, Rajab bobo Yusupovlarning olovli yillar xotiralari taʼsirida Rajab bobo Eshmanov xonadoniga kirib borarkanmiz, ostonadayoq boboning: -Kiraveringlar, men uydaman, -degan chorlovini eshitib, bobo huzuriga oshiqdik.

92 yoshli Rajab bobo yoshiga nisbatan anchayin tetik koʻrinar, oʻz hayotiga oid yil va oy sanalari bilan bogʻliq xotiralarini hech yangilishmasdan hikoya qilardi.

- Inson koʻnglini xotirjam qiluvchi narsa nima, bilasizlarmi? – deydi bobo mamnuniyat bilan. – Bu – inson qadr-qimmati haqida gʻamxoʻrlik. Toʻgʻrisini aytsam, bizning Oʻzbekistonda inson qadri, mehnatining qadri juda baland. Yurtboshimizga ming rahmat. Biz keksalarni bir lahza ham unutganlari yoʻq. Eʼzoz va eʼtibor qurshovidamiz. Har kuni eshigimizdan:

- Rajab bobo, - deb kimdir kirib keladi. Biri Prezident sovgʻasini, biri tuman hokimining sovgʻasini, yana biri mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar” tashkilotidan sovgʻa-salomlar keltirishadi. Gap sovgʻada emas, eʼtiborda! Biz qariyalarni esdan chiqarmay, eshigimizni taqillatib kelishlarining oʻzi insonparvarlikning eng oliy belgisi.

Urush va mehnat faxriysi, biri-biridan solih farzandlarning ardoqli otasi Rajab bobo Eshmanov har ikki gapining birida:

- Mehnat - mening sirdoshim, - deydilar kulib. – Tomorqaga chiqib, kampirimga qarashib turaman. Maryamjon enangiz ham hech tinib-tinchimaydiganlardan.

Boboning tomorqasida ertagi kartoshka yaqindagina chopiq qilinibdi, bogʻdagi daraxtlar meva tukkan.

– 17 nafar kelinimiz bor, - deydi bobo. – Biri-biridan yaxshi, - kelinlarining ismlarini adashmay aytib beradilar, – nevaralarim juda koʻp, - deb qoʻyadi mamnuniyat bilan.

Rajab bobo bilan xayrlasharkanmiz, qoʻllarini duoga ochdilar:

- Qani, iloho omin, bolalarim, hech qachon inson zoti urush koʻrmasin! Urush ochganlarning jazosini Xudoyimning oʻzi bersin. Elimiz tinch, Yurtboshimiz rahnamoligida Vatanimizning ertasi yanada obod, farzandlarimiz omon boʻlishsin!

- Aytganingiz kelsin, bobo!

Qilichboy zaminining huzurbaxsh havosidan bahra olib, el-yurt ardogʻiga munosib insonlar huzuridan qaytarkanmiz, ijodiy safardagi hamrohlarim – suratchi-muxbir Mahmudjon Shomurodov va Mansur Tojiboyevlar oʻylashib olganday bir gapni aytishdi:

- Qilichboyning yer-suvida, tabiatida bir hikmat bor-a, Robiya opa. Odamlari ham juda boshqacha, mehmondoʻst, samimiy, irodali...

Shunday, bu elni ulugʻ qilgan ham qilichboyliklarga xos mehnatkashlik, yurtga fidoyilik, oʻzaro mehr-oqibat. Ana shu tuy-gʻular bois, bu zaminda 100 bilan yuzlashayotgan feʼli keng, koʻngli ochiq insonlar yashashadi. Ana shunday pir-u badavlat insonlar borligi uchun Qilichniyozboy hazratlarining bugungi avlodlari obod etgan bu elatning odamni oʻziga tortadigan ohanrabosi, farishtasi bor.

Robiya YOʻLDOShEVA.

M.Shomurodov olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019