31-sonli maktabda “Inson aziz – xotira muqaddas” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Mamlakatimizda “9-may –Xotira va Qadrlash kuni” keng nishonlanadi. Bu bejiz emas. Chunki bugungiday farovon, tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan, mehnat qilgan insonlarning fidoyiliklarini unutishga hech birimizning haqqimiz yoʻq.
Sana munosabati bilan tumanimizdagi 31-sonli maktabda ham “Inson aziz – xotira muqaddas” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni muassasaning 5-, 6-, 7- va 8-sinflari oʻquvchilari sinf rahbarlari ishtirokida tayyorladilar. Maktab direktorining maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilbar Oʻrozaliyeva, dastlab Ikkinchi jahon urushida erishilgan tarixiy gʻalabaning ahamiyati, unga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz, urush, urushdan keyingi qaxatchilik davrlarda xalqimiz boshidan kechirgan zahmatli kunlar xakida, bugungiday farovon hayot barpo etish yoʻlida kurashgan ota-bobolarimiz haqida maʼruza qildi. Shundan soʻng, oʻquvchilar ijrosida tinchlik, osudalikni, baxtiyor hayotimizni tarannum etuvchi sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar yangradi.
Tadbir oʻquvchilarga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning ahamiyatini chuqur singdirgani, bugungiday farovon turmushni qadrlashga oʻrgatgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Nafisa SAFARBOYeVA, 31-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶