13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 11:18
Siyosat 👁 689

Mustaqillik — millatning shaʼni, xalqning orzusi, Vatanimizning eng ulugʻ va eng aziz neʼmati

Mustaqillik — millatning shaʼni, xalqning orzusi, Vatanimizning eng ulugʻ va eng aziz neʼmati

Har yili 1-sentyabr sanasida yurtimizda qutlugʻ bayram — Mustaqillik kuni keng nishonlanadi. Bu kun — xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan, kurashib, mehnat qilib qoʻlga kiritgan eng buyuk yutugʻi, qalbimizda faxr va gʻurur uygʻotuvchi muqaddas sana.

Butun yurtimiz boʻylab boʻlgani kabi ushbu muhim sana munosabati bilan Amudaryo tumanining Vaxum aholi punktidagi bolalar oʻyingohida ham bayram tadbiri oʻtkazildi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida boʻlib oʻtgan tantanada yurtdoshlarimiz istiqlol shukuhini his etdilar.

Bayram munosabati bilan xalqimiz uchun milliy qadriyatlarimiz ramzi boʻlgan osh tortilishi esa bayramning ruhiga yanada fayz bagʻishladi. Oʻzbekona mehmondoʻstlik, mehr-oqibat va birodarlik ramzi sifatida yozilgan dasturxon atrofida yurtdoshlarimiz bugungi dorilomon kunlarga shukrona aytib duoga qoʻl ochdilar.

Bayram tantanasida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, yurtdoshlarimizni qutlugʻ sana bilan samimiy tabrikladi, istiqlol yillarida qoʻlga kiritilgan yutuqlarni tilga oldi. Bugun bizning hayotimiz tinch, ertamiz porloq, imkoniyatlarimiz keng ekanligining bari istiqlol sharofati ekanini alohida taʼkidladi.

Tuman hokimi oʻz nutqida taʼkidlaganidek, mustaqillik xalqimizning azaliy orzusi, erkin va farovon hayot sari intilishi natijasida qoʻlga kiritilgan buyuk neʼmatidir. Bu neʼmat tufayli biz oʻz davlatimizni, oʻz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan barpo etmoqdamiz. Bugun dunyoning turli burchaklarida, atrofimizda sodir boʻlayotgan turli nizolar, qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklar barchamizni yanada ogoh va hushyor boʻlib, mustaqilligimizni, davlatimizning hududiy yaxlitligini koʻz qorachigʻiday asrashga undamoqda.

Sababi, aynan mustaqilligimiz sharofati bilan Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish imkoniga ega boʻldik. Soʻngi yillarda yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalarda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanimizda ham iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarda salmoqli natijalar qoʻlga kiritildi.

Xususan, joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida umumiy qiymati 25,2 mlrd. soʻmlik 15 ta loyihalar ishga tushirildi va 372 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Ushbu yangi loyihalar yiliga 12 mlrd. 417 mln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish quvvatiga ega.

Shuningdek, umumiy qiymati 12 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan, shundan 9,4 mln. AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlari va 2,6 mln. AQSh dollari miqdorida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishiga erishilgan. Tumanda yil boshida kambagʻallik darajasi 11,4 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 1-iyul holatiga bu koʻrsatkich 6,2 foizni tashkil qiladi.

Qolaversa, birgina 2025-yil davomida tuman boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining umumiy qiymati 800 mlrd. soʻmdan ortiqroqni tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli qarorlari asosida tuman hududidagi 26 ta mahallalarda jami 109,1 km uzunlikdagi ichki tuproq yoʻllarini taʼmirlash ishlari olib borildi. Bu kabi bunyodkorliklar, oʻzgarishlar va yangilanishlarning zamirida “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu tamoyil mujassamdir.

Bayram tadbiri davomida tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi xalqimizga yuqori kayfiyat va mustaqillik shukuhini ulashdi. Ijro qilingan kuy va qoʻshiqlar hammani oʻziga rom qildi. Har bir kuy, har bir qoʻshiq yuraklarda gʻurur uygʻotib, istiqlolning beqiyos qadrini yanada chuqur his ettirdi.

Taʼkidlash joizki, mustaqillik yillarida Oʻzbekiston xalqining turmush tarzi tubdan oʻzgardi, hayotimiz yangilandi. Ilm-fan, taʼlim, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, sport va madaniyat — barcha sohalarda bunyodkorlik, yangilanish jarayonlari yurtimizni dunyoga tanitmoqda. Bugun xalqimiz oʻz mehnati, fidoyiligi va hamjihatligi bilan taraqqiyot yoʻlida dadil odimlamoqda.

Bayramona shodiyonalar davomida yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga mehr, istiqlolga cheksiz sadoqat, ertangi kunga ishonch tuygʻulari yanada mustahkamlandi. Zero, Mustaqillik — bu bizning erkin nafasimiz, milliy gʻururimiz va eng buyuk baxtimizdir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026