Inson qadri uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida, har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatiladi, deb belgilangan. Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalqning huquqiy yordamga muhtoj qatlamini malakali yuridik yordam koʻrsatish bilan taʼminlash borasida ham qonunchilikda oʻzgarishlar boʻlmoqda. Jumladan, 2024-yil 27-fevraldagi 915-sonli Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual, Jinoyat ijroiya, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Fuqarolik protsessual va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonun qabul qilinishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 60-moddasi, sud arizachining iltimosiga koʻra, «Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak, degan normalar kiritildi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq,
1) kam taʼminlangan shaxslar, agar ular: fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar; maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachilar; maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar boʻlsa;
2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga «Psixiatriya yordami toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
3) oʻz huquqlari buzilgan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4) Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi davlat tomonidan bepul yuridik yordam koʻrsatadigan malakali advokat xizmatidan foydalanadi.
Bunda kam taʼminlangan oila deganda «Yagona ijtimoiy reyestrda turuvchi oila aʼzosi tushuniladi.
Mazkur shaxslar ishga tiklash, ish haqini undirish haqidagi, alimentlarni undirish haqidagi;uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish toʻgʻrisidagi; mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi va boshqa ishlar yuzasidan davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar davlat hisobidan advokat yordamidan foydalanilish huquqiga ega. Qonunning ahamiyati shundan iboratki, qonunga kiritilgan oʻzgartirish bilan aholining kam taʼminlangan qatlami, zoʻravonlikka uchragan ayollar va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarning ham malakali yuridik yordam bilan bepul taʼminlanib, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud va tergov organlarida samarali himoya qilinadi, asosiysi inson qadri ulugʻlanadi.
A.Saliyev, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶