Öyinlarga asoslangan yangiça metodlar boğça yoşidagi bolalar bilan işlaşda samaradorlikni oşiradi
Maktabgaça yoşdagi bolalar nutqini rivojlantirişda har xil öyinlar va qiziqarli maşqlardan foydalanib, muloqot quriş muhim ahamiyatga ega. Bola bu davrda örganganlarini faol özlaştiradi va nutqida qöllaşga harakat qiladi. Tarbiyalanuvçilar bilan maşğulotlarni öyin şaklida taşkil etiş nafaqat ularning nutqini ravonlaştiradi, balki eşitiş va eslab qoliş könikmalarini ham rivojlantiradi. Tarbiyaçi taʼlim faoliyatida guruhdagi har bir bola iştirokiga alohida eʼtibor qaratişi zarur. Maktabgaça yoşdagi bolalar bilan samarali işlaş uçun bir qator qiziqarli öyin va uslublar mavjud.
Xususan, alifbodagi bir-biriga öxşaş harflar bilan boşlanadigan sözlarni topişga asoslangan “Özingni top” öyini bolalarda nutqiy ravonlik bilan bir qatorda tovuşlarni farqlaş va hozirjavoblik könikmalarini ham rivojlantiradi. “Kim çaqqon” öyini esa bolalarning çaqqanligini oşiradi. Bu öyinda iştirokçilarga S, A, T harflari bilan tugaydigan sözlarni topiş vazifa qilib beriladi. Kim tezroq va köproq söz aytsa, öşa iştirokçi ğolib hisoblanadi.
Bolalarning diqqatini rivojlantirişda “Qaysi söz adaşib qoldi?” öyini muhim ahamiyatga ega. Bu öyin şartiga köra, tarbiyaçi ketma-ketlikda gaplarni öqiydi. Ayrim jumlalarda sözlar almaşib qolgan böladi. Bolalardan esa qaysi söz xato qöllanganini aniqlaş talab qilinadi. Masalan, baliq suvda yuryapti. Aslida baliq suvda yurmaydi, u suzadi. Bolalar gapdagi xatoni topib, töğri tartibda aytişi kerak. Quşlar yozda uzoq ölkalarga uçib ketadilar. Iştirokçilar quşlar kuzda issiq ölkalarga uçib ketişini aytib, gapdagi xatoni tögirlaydi.
“Yangi söz top” öyini bolalarning söz boyligini oşiradi. Bu öyinda tarbiyaçi bir söz aytadi. Bolalar esa öşa söz iştirokida yangi söz topişi kerak. Masalan, uy-uyça, atir-atirgul, lola-lolaqizğoldoq kabi yangi sözlar yasaydi.
Bolalarning tezkor fikrlaşini şakllantirişda “Tezroq ayt” öyinidan foydalaniş yaxşi samara beradi. Bu öyinda tarbiyaçi meva, sabzavot, hayvonlar va haşarotlar kabi guruhlarga mansub narsalarni söraydi. Bolalar esa ularga mos nomlarni tezkorlik bilan topib aytişi kerak.
“Davom ettir” öyini bolalarning tasavvur va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Öyin şartiga köra tarbiyaçi biror söz aytadi va bolalar öşa sözning qaysi guruhga mosligini, şu söz nimani ifodalaşini tuşuntirib beradi. Misol uçun, bodring – sabzavot, yaşil rangda, uni yeyişdan oldin yuviş kerak.
Qiziqarli öyinlarning yana biri “Öxşaşini top” deb nomlanadi. Bu öyinda tarbiyaçi iştirokçilarga xuddi oydek dumaloğini top, xuddi loladek qizilini top, xuddi qordek oppoğini top, deb vazifa beradi. Bola esa aytilgan sözlarga öxşaş narsa va nomlarni topadi. Bu öyin orqali ularda izlanuvçanlik va fikrlaş qobiliyati şakllanadi.
Maktabgaça yoşdagi bolalarga mantiqiy fikrlaşni örgatişda “Soliştirib kör” öyini yaxşi samara beradi. Öyin şartiga köra, bolalar mevalar, hayvonlar, buyumlar va şunga öxşaş narsalarning bir-biridan farqli jihatlarini topişi kerak. Masalan, limon va olma. Limon nordon, olma esa şirin. Çumoli va fil. Çumoli kiçkina, fil esa katta hisoblanadi. Şuningdek, bolalarning mantiqiy fikrlaşini “Ortiqçasini izla” öyini ham rivojlantiradi. Bu öyinda tarbiyaçi bir neçta sözlarni öqiydi. Bolalardan esa uşbu sözlar orasidan ortiqçasini topiş va nima uçun ortiqça ekanligini izohlab beriş söraladi. Masalan, qizil, sariq, yaşil, katta. Bunda oldingi uçta söz rang nomini, oxirgi söz esa hajmni ifodalaydi. Şu sababli katta sözi ortiqça hisoblanadi.
Hozirgi kunda maktabgaça yoşdagi bolalar bilan işlaşda anʼanaviy usullardan foydalaniş kutilgan samarani bermaydi. Çunki anʼanaviy metodlar zamonaviy hayotimizda eskirgan hisoblanadi. Bugun bolalar mutlaqo yangi şaroitlarda ulğayişmoqda. Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalaniş orqali maktabgaça yoşdagi bolalarning öziga xos iqtidorlarini erta aniqlab, rivojlantirişimiz mumkin. Şuning uçun ham taʼlimda yangi metodlarni qöllaş yaxşi samara beradi.
Salomat Turayeva, Amudaryo tumanidagi 2-sonli DMTT metodisti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶