12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:41
Adabiyot 👁 510

Maʼnaviyat va matbuot fidoyisi

Maʼnaviyat va matbuot fidoyisi

Hayot – sinovlar maydoni. Bu maydonda mard­lar ğolib böladilar. Mardlik esa hammaning ham qölidan kelavermaydi. Nisbiylik tuşunçasiga köra, qalbi pok, halol, vij­donli, vatanparvar, xalq­parvar insonlargina har qanday masalada mardlikni namoyon qila oladilar. Şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, Xonimjon Rajabova qalamiga mansub “Umr karvoni” töplami ham aynan şoiraning şunday fazilat sohibasi sifatida bitilgan nazmiy hikoyalar kabi öziga maftun etadi.

Inson hayotidan rozi yaşaşi uçun eng avvalo unda fidoyilik xislati bölmoği joiz. Vatanga, oilasiga, kasbiga, xalqiga fidoyi insonlargina ortida qolgan umr manzillariga qoniqiş bilan boqa oladi. Çunki uning öz ona xalqi, Vatani oldida yuzi yoruğ, şaxsiy manfaati, şon-u şavkatini, moddiyatni emas, el-yurt manfaatini hamma narsadan ustun qöyişning, xalqiga, Vataniga munosib xizmat qilişning uddasidan çiqolganidan mamnun, hayo­tidan rozi. Bunday fidoyilikning zamirida mardona hayot tarzi hokim.

Xonimjon Rajabova 17-yil davomida Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot közgusi”) gazetasi tahririyatida turli lavozimlarda işladi. 18-yil davomida Amu ayollarining sardori, tuman hokimi muovini, xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida faoliyat yuritdilar. U tuman gazetasi muharriri, tuman hokimi muovini vazifalarida işlaganida ham ayrim rahbarlarga öxşab şunçaki belgilangan rejani ado etibgina qolmadilar, özim guvoh bölganim, tinimsiz harakatda böldilar. Uning iş soatlari uyida ham davom etardi. Dam oliş kunlarini esa qişloqlarda ötkazardi. Buning uçun ming bir sabab topilardi: qaysidir mahallada ota-onasiz ösgan, yaqinlari bölmagan yigitni uylantiriş, qizini turmuşga beriş uçun qurbi kelmayotgan yolğiz onaning kam-köstlarini töldiriş, otadan juda erta ayrilgan yoki kam taʼminlangan oilada ösayotgan bolajonlarning xatna töylarini ötkaziş çoralarini körardilar. Şaxsan men opaning 5-6 nafar yoşning muşkulini oson qilib, özi quda-andalik udumlarini joyiga qöyib, saxovatpeşa insonlar homiyligida nikoh töylarini ötkazib berganlariga, 15-20 nafar bolajonlarning xatna töylariga boş-qoş bölganlariga guvohman. Ijoddan esa aslo töxtamadilar.

Opa yangi töplamini “Umr karvoni” deb nomlabdilar. Töplamga kiritilgan şeʼr­lardan olgan taassurotlarim olamça. Ötib borayotgan umr karvonining ortda qolgan manzillarini bir-bir xayoli közgusidan ötkazgan opaning iqroridan söng şeʼrxonning könglidan “bu qisqa umrda töğri, halol yaşaş kerak”, degan öy ötişi tabiiy.

... Söngra keksalik gaştin surasiz,
Derlar: “neni eksang, şuni örasan”.
Baʼzida xatolar qilganing anglab,
Sönggi puşaymonlar içra qolasan.

Bu halol, vijdonan yaşamoqqa oşkora daʼvat.

“Umr” deb nomlangan şeʼrida esa şunday satrlar bor:

Umr deb atalmiş bu sirli kitob,
Yaşamoq ilmidan qilgaydir xitob.
Şunçalar şiddatli, töxtatib bölmas,
Yillarni qaritib, ötadi şitob.

Muhimi, insondek yaşamoq kerak,
Yaxşi nom qoldirib yoruğ hayotda.
Kökka böy çözgan bir azim terak,
Soya solgan kabi ahli odamga.

Nazarimda opaning har bir satri, şeʼrlari özi haqida, bosib ötgan umr yöllari haqida sözlayotganday. Umrining har bir lahzasida el-u yurtiga, xalqiga kerak ekanini his qilib yaşayotgan, aziz xalqi mehridan kuç olib, sabr-u irodasi çarxlangan Xonimjon Rajabova öz sözi, öz jarangdor ovozi bilan şeʼriy satrlaridan çiqib kelayotganday, har bitta sat­rida uning öz qiyofasi, mehr-muhabbati aks etib turadi.

Soğinç hissi şoirani bir lahza ham tark etmaydi. Bu tuyğu opaning taşrif qoğozi kabi şeʼrdan-şeʼrga, şeʼrlar orqali muxlislariga, ona xalqiga ötaveradi. Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist,  şoir va pub­litsist Yangiboy Qöçqorov bekorga opani afsonaviy Tömaris momomizga öxşatmaganlar.

Razm solsangiz, opaning soxt-sumbatida, qatʼiyatida, hatti-harakatlari, şiddatida, qilgan, qilayotgan amallarida Tömaris kelbati-yu, siyrati va suvrati bor. Bu – haqiqat. Şuning uçun ham haqiqatki, ayni paytda 70 yoşning ostonasida turgan opa hamonki hayotiy faol, işda ham, ijodda ham, xalqqa intilib turişlarida ham zabardast, yoşlardan afzalroq darajada fidoyi, mehnatkaş.

Men opaning bu xislatlariga çin dildan havas qilişimni aslo yaşirmayman. Hazrat Alişer Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonidan olgan bir ibratim —isrof xususidagi hikmatda şunday deyiladi:

Soçmoq ovuç birla guhar ot uçun,
Naqd etmak birla muboho uçun.
Aql hisobidan erur köp yiroq.
Buxl bu judingdan erur yaxşiroq.

Uluğ bobokalonimiz taʼlim berganlariday, opa elga yoqiş uçun dur-u gavhar soçmadilar, balki mehr jomini tutdilar. Mansab-u martaba uçun yelib-yugurib vaqtini, ilmini, kuçini behuda isrof etmadilar, borki bilim-salohiyati-yu vaqtini kerakli paytda, kerakli joyda xalq manfaati yölida safarbar etdilar. Şuning uçun ham uni Amu eli boşiga kötardi. Şuning uçun ham opa elining  oldida yoruğ yuz bilan “qadamimga jonliq söygan” elim, deb kuylaşdan, el-yurt eʼtirofini his etişdan mamnun. Bularning barçasi fidoyi qal­bning özini ardoqlayotgan xalqiga minnatdorçiligi.

“Umr karvoni”  şeʼrlar töp­lami inson hayotining ana şu nozik qirralari – halollik, töğrisözlik, fidoyilik, mardlik, xalqparvarlik haqidagi nazmiy bitiklar. Bu nazm, albatta, sizga ham manzur bölişiga işonamiz. Boisi, kitobda jam bölgan har bir şeʼrda insonning şaxs sifatida şakllaniş jarayonida duç kelişi mumkin bölgan sabab­lar, oqibatlar, mohiyatlar mujassamki, bularning heç biri heç bir insonga begona emas.
Aziz öquvçi, kitobni albatta öqing va bahra oling!

Robiya Yöldoşeva.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026