ÖTAYoTGAN VAQTNING QADRIGA YeTAYLIK
Yoşlik – umrning bir bölagi, lekin uning boşqa davrlardan ajratib turuvçi öziga hos qiymatdor tarafi ham bor. Yoşlik ğayrat u şijoatga, ötkinçi maqsadlarga tölgan davrdir. Hamda ikki zaiflik – gödaklik va keksalik orasidagi quvvatga tölgan yillardir.
Bolalikni uyin, yoşlikni şahvat, baloğat yoşini ğaflat bilan ötkaziş va keksalikda qöldan ketganlar uçun hasrat çekiş, özini har tomon örib, nadomat köz yoşlarini tökiş – ğofillik bilan umr ötkazişning alomatlaridir.
Vaqtdan töğri foydalanişni örganiş bolalikdan boşlanadi. Çunki vaqtni töğri taqsimlay oliş ham yaxşi xulqlar sirasiga kiradi. Bolalikning maʼlum yillariga qadar ota-onalar va maktab muallimlari bolaning böş vaqtiga egalik qiladilar. Yaʼni ular dars tayyorla desa, ular darhol dars tayyorlaydi. Öqituvçisining aytgan har bitta gapi bola uçun toşga bitilgan naqş kabidir. Agarda uşbu bola boşi oğirib tursa, unga onasi boşining nima uçun oğriganligini aytib bersa va unga amal qiliş kerak desa bola uni yaxşi qabul qilmaydi. Agarda bola uşbu oğrikning sababini şifokordan sörasa va onasi aytgan gaplarni şifokordan eşitsa, bola darhol uning gapini qabul qiladi va şunga doimo amal qilişga harakat qiladi. Bunday holat hammamizning boşimizdan ham ötgan. Bola öz kundalik iş tartibini öziça belgilaşga harakat qiladi. Yaʼni bolalarning köpçilik vaqti öqiş va örganişga qaratiş kerak bölgan bölsa, baʼzi yoşlar uning aksini yaʼni yoşlik vaqtini bekorçilikga almaşadilar. Bu borada ota-onalar ham farzanlarini nima bilan şuğullanişiga eʼtibor bermasdan “mening öğlim kompyuterni juda yaxşi biladi, undan boşini olmaydi” deya farzandini öz holiga taşlab quyadi.
Barçamizga maʼlumki yigirma birinçi asr internet va texnologiyalar asri sanaladi. Har bitta ota-ona farzandi uçun har qanday narsaga ham tayyor turadi. Farzandining öz tengqurlaridan kam bölmasliklari uçun doim harakat qiladi. Farzandi öqişdan uyga bugung sinfdoş döstim eng söngi rusimli telefon kötarib kelib hamma bolalarga maqtandi menga ham şunaqasidan olib bering degan iltimosini yerda qoldirmagan ota-ona ertasiga darhol magazindan eng yaxşi telefon xarid qili keladi. Farzandining quvonçini körib ota xursand böladi. Axir telefon olib borişdan maqsad öğli öqişdan keçiksa undan havotir olmasdan darhol qönğiroq qilib uning qayerda ekanligini biliş emasmi? Hozirda bunga köpçilik eʼtibor bermay qöydi. Yaʼni telefonda kim bilan suhbat qörmoqda?, kimlar bilan döst tutingan?, telefonga ulangan internet orqali nimalarga va qanday saytlarga kirmoqda?, kabi savollarni berib öğliga murojaat qilmay qöydi.
Töğri oilaga doir işlarimizga ajratadigan vaqtimizning asosini tirikçilik va rözğor masalalari taşkil etişi tabiiy. Lekin bu borada birinçi öringa farzand tarbiyasini qöygan maʼqul böladi.
Çunki bugun olişimiz kerak bölgan piyozni ertaga ham olsak bölaveradi, lekin bugun berilişi kerak bölgan tarbiyani ertaga qoldiriş yaxşi emas. Xalqimizda “Uy yonsa suv uçiradi, vaqt yonsa nima uçiradi?” deb bejiz aytilmagan.
Kişining har bir daqiqasi, hatto har bir nafasi fazilatli amallarga bağişlanişi kerak. Har bitta kun öz yakuni, har bir soat ham öz nihoyasini topadi. Ötgan vaqtning örini kelayotgani bosmaydi. Boy berilgan vaqt örnini töldirib, hotirjam yaşayotgan insonni kim körgan?. Hasan Basriyning ajoyib hikmatlari bor: “Har bir tong yorişadigan kun borki, inson bolasiga nido qiladi: “Men yangi yaratildim. Işlaringga şohidman, mendan foydalanib qol. Ketar ekanman, Qiyomatga qadar qaytmayman”. Köp keksalarni uçratamiz, ular yoşlik davrlarining yana bir bora qaytişini orzu qiladilar. Lekin bu amalga oşmaydigan orzu, xolos. Bunaqangi orzularning ozi-yu köpi heç narsani özgartirmaydi.
Vaqt haqida gapirişimizdan maqsad Alloh toalo tomonidan berilgan umrni faqat yaxşi niyatda yaxşi işlarni qilib, jonajon Vatanimizning göllab rivojlanişiga özining hissasini qöşadigan öz ota-onasi niyat qilgan komil farzand bölib yetilişlari kerak. Ösib kelayotgan yoş avlodlarning har tomonlama yetuk bilimli, maʼnaviyatli va jismonan baquvvat bölib yetişlari uçun bugun yurtimizda tölaqonli imkoniyatlar eşigi barpo etilgan. Har birimiz uşbu yaratilgan imkoniyatlardan töğri foydalanib, öz oldimizga qöygan ezgu maqsadlarimiz sari ildam qadam qöymoğimiz darkor.
Tohir Malikning “Umidimiz yulduzlariga” nomli asari asosida
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi örta maxsus islom bilim yurti mudiri örinbosari Salamat Qudaybergenov tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶