“Bugun elimiz tinçligining qadriga yetaylik!” mavzusida davra suhbati ötkazildi
3-oktyabr kuni Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 82-sonli umumtaʼlim maktabida yoşlarni jalb qilgan holda “Bugun elimiz tinçligining qadriga yetaylik!” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tumanimiz yoşlari bilan uçraşiş hamda ular bilan dildan suhbat quriş maqsadida taşrif buyurgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Rustam Saparbayev, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Din işlari böyiça qömitaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boş mutaxassisi Nurulla Jamalov, Din işlari böyiça qömitaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi yetakçi mutaxassisi Bayramgul Ayimbetovalar, şuningdek, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov hamda qator masʼullar maktabda taşkil etilgan tumanimizdagi yoş ijodkorlarning ijod mahsullari, qöl mehnatlari namunalaridan iborat körgazmani tomoşa qildilar.
Şundan söng yoşlar bilan mavzu yuzasidan suhbat taşkil etilib, unda sözga çiqqan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Rustam Saparbayev tinçlik Alloh taoloning bizlarga bergan neʼmatlari içida eng uluği ekanligi, uni asrab-avaylaş, tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş, tinç va osuda hayotimizga, xotirjam otayotgan har bir tongimizga şukrona keltiriş lozimligi, bunday dorilomon kunlarga yetiş oson bölmagani, yer yuzida neça minglab insonlar hayotining har bir daqiqasini yuragida qörquv, hadik bilan ötkazayotgani xususida söz yuritdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda butun yer yuzida köplab davlatlar örtasidagi özaro uruşlar ularning taraqqiy etişi va rivojlanişini ortda qoldirmoqa. Hozirgi tahlikali davrda tinç va osoyişta hayotimizni saqlab qoliş, tinçligimizni asraş har bir kişining muqaddas burçi hisoblanadi. Vatan tinç bölsa, yaşaş uçun eng qulay maskan hisoblanadi. Tinçlik bölsa, insonlarning hayoti farovon böladi. Bu neʼmat davomli bölişi uçun esa, uning sabablari, uni tutib turuvçi omillari yaʼni özaro işonç, mehr-muruvvat, şukronalik, adolatli böliş, zulm va xiyonat qilmaslik kabi fazilatli xislatlarga ham eʼtiborli böliş lozim.
Davra suhbatida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Din işlari böyiça qömitaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boş mutaxassisi Nurulla Jamalov sözga çiqib, har bir inson öz maqsadi yölida doimo harakat qilişi, orzu va maqsadlarning, ezgu niyatlarning röyobga çiqişi uçun esa tinçlik va osoyiştalik eng zaruriy omil ekanligini taʼkidlab, oiladagi xotirjamlik insonning iş samaradorligini oşirişga, oila mustahkamligiga asos bölsa, yurtdagi tinçlik mamlakat taraqqiyotiga, farovonligiga zamin yaratişini qayd etib ötdi.

Tumanimiz yoşlari bilan taşkil etilgan mazkur uçraşuv doirasida “Bugun elimiz tinçligining qadriga yetaylik!” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi. Inşolar tanlovi tumandagi barça umumtaʼlim maktablari yuqori sinf öquvçilari örtasida bölib ötdi. Tanlovda har bir maktabdan bir nafardan öquvçi iştirok etdi.

Aytiş kerakki, mazkur inşolar tanlovi yoşlarning tinçlik va uning qadriga yetiş borasidagi fikr-mulohazalarini, ularning bu boradagi bilimlari qay darajada ekanligini, tinçlik haqidagi dunyoqaraşlarini yaqindan örganiş maqsadida taşkil etilib, yoşlar mavzu yuzasidan bor bilim va tasavvurlarini qoğozga tuşirdilar. Juda qiziqarli tarzda ötgan inşolar tanlovining yakuniy natijalarga köra 62-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Şahlo Quralovaning yozgan inşosi eng oliy öringa loyiq deya topildi. Tanlovning 2-örni 40-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Durdona Yöldaşevaga, 3-örin 67-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Dilnoza Xudoyorovaga nasib qildi.

Tadbir yakunida inşolar tanlovi ğoliblari masʼullar tomonidan turli badiiy kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶