ŞOGIRDLAR ARDOFIDAGI USTOZ
Maşhur yunon faylasuflaridan biri Perikl insonlarning hayoti haqida fikr yuritar ekan: “Orqangda qoladigan narsaning toşga öyilgani emas, odamlar hayotiga qorişib, ularning koriga yaragani hisob”, — deb uqdiradi. Haqiqatan ham har qanday kişi öz hayoti davomida qaysi sohada faoliyat yuritmasin uning jamiyatdagi örni va obrösi elga qanday foyda keltirganiga yaraşa böladi.
Qizilçoli qişloğida voyaga yetib, maorif sohasida uzoq yillar yoşlarga taʼlim berib, yurt koriga yaraydigan köplab şogirdlarni tarbiyalab yetiştirgan Ismoil Yusupov ham ana şunday martabaga erişgan insonlardan biri hisoblanadi.
Ismoil Yusupov 1936-yil 25-mayda tumanimizning Qizilçoli qişloğida tuğildi. Dastlabki taʼlimni qişloqdagi 9-maktabda oldi, 7-sinfni bitirgaç, Xitoy qişloğidagi 2-maktabda öqişni davom ettirdi va 10-sinfni 1955-yilda bitirib çiqdi. Uning sinfdoşlaridan elimizning qator dongdor kişilari yetişib çiqdi. Adabiyotşunos olim Norboy Xudoyberganov, öqituvçi Mingturğan Qaziyev, qişloq xöjaligi rivojiga katta hissa qöşgan muhandis Abdulla Örozimbetov, jamoa xöjaligi raisi Eşimbat Matsafoyev, hisobçi Davlatyor Jabborberganovlar şular jumlasidandir.
Öşa davrdagi öqituvçilar kamligi va özining yaxşi bilimga ega ekanligi tufayli endi örta maktabni tugatgan Ismoil Yusupov Zarif Nosirov rahbarlik qilayotgan 9-maktabga boşlanğiç sinf öqituvçisi qilib tayinlanadi.
1956-yilda esa harbiy xizmatga çaqiriladi. Jismonan baquvvatligi va faol harakatlari tufayli kiçik komandirlar tayyorlaş kursiga yuboriladi va uni bitirgaç, serjant unvonini olib harbiy bölinma komandiri, keyinçalik vzvod komandiri örinbosari lavozimlarida xizmat qiladi. 1959-yilda harbiy xizmatdan qaytib keladi, 1960-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika oliygohining “Boşlanğiç taʼlim metodikasi” fakultetiga qabul qilinadi va 1965-yilda öquv dargohini muvaffaqiyatli tamomlab, qişloğidagi 9-maktabga işga qabul qilinadi. 1966-yildan esa şu maktabning ilmiy bölim mudiri lavozimiga tayinlanadi. “Böladigan bola boşidan maʼlum”, deganlaridek, yoş bölişiga qaramasdan ilğor öqituvçilar tajribalarini örganiş asosida maktabda taʼlim va tarbiya işlarini yuqori saviyaga kötarişga erişadi. Bunga misol tariqasida keyinçalik maktabdagi kadr tanlaş borasidagi sinçkovligining natijasi haqida gapirmoqçiman. 1969-yilda 9-maktab örta umumtaʼlim maktabiga aylantirildi. Qöşni qişloqdagi maktab sakkiz yillik bölgani uçun bir guruh bitiruvçilari 9-maktabga yuboriladi, lekin paxta davri tamom bölganidan keyin bu öquvçilarning boşqa maktabga ketib qolgani maʼlum böladi, sababi aniqlanganda, bu öquvçilar matematika fani öqitilişidan qoniqmaganligini aytişadi. Bu maktab rahbarlariga, ayniqsa, öquv işlariga javobgar Ismoil Yusupovga qattiq taʼsir qiladi va maktabda aniq fanlar öqitilişiga alohida eʼtibor beriladi, fan öqituvçilari malaka oşiriş kurslariga yuboriladi, yoş pedagoglarni tayyorlaşga diqqat yönaltiriladi.
Şunda Ismoil Yusupov özi oldindan eʼtiborga olib qöygan iqtidorli maktab bitiruvçilaridan Olim Abdurahmonovni matematika yönalişida öqişga kirişga rağbatlantiradi, oliygohni bitirgaç, maktabga işga olişadi, şundan keyin maktabda matematika fanidan yanada yaxşi natijalarga erişiladi, olimpiada ğoliblari paydo böla boşlaydi, şu fan böyiça oliygohlarga kiruvçi öquvçilar soni keskin köpayadi.
Keyinçalik bu tajribalardan foydalanib şogirdlari — maktab rahbarlari bunga alohida eʼtibor berişib, amalda qöllaşib, yuqori natijalarga erişişadi.
Maktabga öz kasbining ustalari — musiqa fani öqituvçisi Karimboy Otajonov, fizkultura fani öqituvçisi Maqsud Nurimbetovlarning işga qabul qilinişi darhol ijobiy natijalar bera boşlaydi. Dastlab tumandagi, keyinçalik poytaxtdagi körik-tanlovlardan öquvçilarning diplom va mukofotlar bilan qaytişi, sport musobaqalarida sovrinli örinlarni egallaşlari odatiy tusga aylanadi. Ismoil Yusupovning iş faoliyatiga nazar soladigan bölsak, bunday misollarni köplab uçratişimiz mumkin.
Şu bilan birga ustozimiz el manfaatini özinikidan ustun qöyadigan oqibatli farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan pir-u badavlat otaxon hamdir. 1960-yilda hamqişloği Amina Ibodullayeva bilan oila qurişib, tört öğil kördilar. Katta öğil Zarifboy, unga ergaşib ukalari Latif va Raşid geologiya sohasini tanlaşdi, ikkinçi öğli Şarif esa ota kasbini tanlab, pedagogika oliygohini bitirib, ilğor fizika fani öqituvçisi bölib yetişdi, bir muddat direktorlik lavozimida ham işladi.
Ismoil Yusupovni öqituvçilar sulolasining asosçisi desa ham böladi: nevaralari Nasiba, Mastura va Lobarlar maktablarda yoş avlodga taʼlim berib kelmoqdalar, Munira, Nodira va Yulduzlar esa oliygohlar talabalaridir.
Bir yunon faylasufi Pindar: “Mangulikning bolaligi — nuroniy va olijanob keksalikdir” deganida Ismoil Yusupovday öz sohasida fidokorona mehnat qilib, eldoşlari va şogirdlari qalbidan öçmas örin olgan insonlarni nazarda tutgan bölişi kerak. 88 bahorni qarşilayotgan bölişiga qaramasdan ustozimiz hali ham yoş öqituvçilarning beminnat maslahatgöyi sanaladi, uylari hamişa köngliday oçiq, kelinlarining mehr bilan xizmat qilişlari esa ota umrini yanada uzaytirişi kunday ravşan, hammaga ham şunday taqdir, şunday oila, şunday solih farzandlar nasib etsin.
Ustozga esa şoir sözlarini tilak va istak sifatida aytib qolaman:
“Hayotiy tajribang möldir — yoşlarga,
Maslahat ber, aqli kamini töldir.
Yoşingning qadriga yetgin — keksalik,
Uzoq umr körmoqqa yagona yöldir!”
A.Nafasov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶