TEXNIKALAR KELGUSI MAVSUMGA PUXTA TAʼMIRLANMOQDA
Dehqon uçun yilning barça faslida ham dolzarb yumuşlar bor. Asosiy qişloq xöjalik ekini – paxta yiğim-terimi tugaşi bilan yerlarni şudgorlaş, dalalar çetlarini yovvoyi ötlardan tozalaş, suv yöllarini tayyorlaş kabi işlar bilan bir qatorda texnikalarni taʼmirlaşga ham kirişiladi.
Xalqimiz “Texnika – dehqonning qöl-qanoti” deb bejizga aytmagan. Qişloq xöjaligi texnikalarini qişda köklamga ekişga puxta tayyorlaş yangi mavsum işlarining öz vaqtida va samarali ado etilişiga zamin böladi.
Şu boisdan ayni kunlarda Amudaryo tumanida ham kelgusi yilgi mavsum davomida işlatiladigan texnikalar sifatli taʼmirlanib, mavsumga şay qilinmoqda. Mavjud qişloq xöjaligi texnikalari 18ta ustaxonalarga yiğilib, taʼmirlanayotir.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi masʼul xodimlari tumandagi qişloq xöjalik texnikalarining belgilangan ustaxonalarga yiğilişi, taʼmirlaş işlarining borişi bilan tanişib çiqmoqdalar.
Örganişlar davomida Bobur nomli ovulda faoliyat yuritayotgan “Haytakov Uluğbek” fermer xöjaligida lazerli tekislagiç yordamida ekindan böşagan yerlarning tekislanişi közdan keçirildi. Mazkur xöjalikning 37 gektar paxta ekilgan maydoni lazerli tekislagiç yordamida tekislanib, bahorgi suğorişga tayyorlanmoqda. Bu mazkur maydonlarda kelgusi yilda ekilgan qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil oliş imkonini beradi. Boisi, lazerli tekislagiç yordamida yer sifatli tekislanib, yerning qonib suv içişiga, ekilgan uruğning bir tekis unib çiqişiga imkon yaratiladi.
Masʼullar tumanning Oq oltin ovulida kelgusi yil köklamida ekiş işlarida qatnaşadigan texnikalarning taʼmirlanişini ham közdan keçirdilar.
Mazkur muqobil maşina traktor parki ustaxonasiga 9 dona çigit ekiş seyalkasi, 15 dona kultivator, 130 dona tişli tirma, 14 dona temir mola yiğilib, kelgusi mavsum işlarida sifatli işlaşi uçun taʼmirlaş işlari boşlab yuborilgan.
Qiş fasli – iş fasli. Uşbu faslda texnikalar ustaxonalarga yiğilib, sifatli taʼmirlansa, köklamda iş surʼati yuqori böladi.
Şuni hisobga olgan holda barça texnikalarni ustaxonalarga yiğiş va sifatli taʼmirdan çiqariş uçun harakat boşlab yuborilgan.
Aytiş joizki, kelgusi yil köklamgi ekiş mavsumida va ğöza tarbiyasida işlatiladigan 150ta seyalka, 350ta kultivator, 1700 dona tişli boronalar, 295 dona temir mola 18ta nuqtada taʼmirlanişi belgilangan.
Taʼmirlaş işlarining borişi va barça texnikalarning belgilangan ustaxonalarga yiğnalişi Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining tuman bölimi tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Boisi, qişloq xöjaligi ekinlarini ekişdan tortib, hosilini yiğiştirib olişgaça bölgan jarayonlarni texnikalar yordamisiz tasavvur etiş qiyin.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶