Kuzgi şudgorlaş — kelgusi möl hosilning poydevori
Amudaryo tumanining Oq oltin ovulida joylaşgan “Yakubova Gavhar” fermer xöjaligida qişloq xöjaligi sohasi uçun muhim sanalgan kuzgi şudgorlaş böyiça körgazmali amaliy seminar bölib ötdi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov, Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi, tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya masalalari qömitasi raisi Anvar Jumanazarov, Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev, janubiy tumanlar hokimlari, respublika miqyosidagi mutasaddilar, ilğor fermerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Seminarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov oçib berar ekan, joriy yilgi paxta hosilini ortiği bilan bajarişda jonbozlik körsatgan barça mehnatkaş dehqon va fermerlarga samimiy minnatdorçilik bildirdi. U öz nutqida yer — bu bebaho neʼmat ekanligini, uni öz vaqtida şudgorlab, ekib, töğri parvariş qilinsa, hosildorlik yuqori bölişini alohida taʼkidladi. Farhod Ermonov kuzgi şudgorlaş jarayonlarini sifatli taşkil etiş, yerlarni bahorgi ekinlarga tayyorlaş, suv va texnik resurslardan oqilona foydalaniş, tuproq unumdorligini oşiriş böyiça bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Tadbir davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev sözga çiqib, kuzgi şudgorlaş işlarini agrotexnik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda bajariş va öz vaqtida yakunlaşning ahamiyatiga töxtaldi. Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, yerga işlov beriş sifati ustidan qatʼiy nazorat örnatiş hamda hosildorlikni oşiriş yölida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritdi.
Seminar doirasida janubiy tumanlar hokimlari ham öz tajriba va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Amaliy qismda esa zamonaviy texnikalar yordamida yer haydaş jarayoni namoyiş etildi. Fermerlar bu orqali yangi usullar, energiya tejamkor texnologiyalar va zamonaviy mexanizatsiya vositalari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan qişloq xöjaligi rivoji yölida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida söz yuritdilar. Bugungi kunda fermer xöjaliklarining texnikalar bilan taʼminlaniş holati yuqori darajaga kötarilgan, zamonaviy texnikalar asosida iş unumdorligi va mehnat samaradorligi ortib bormoqda. Bu esa öz navbatida hosildorlikni oşiriş, resurslarni tejaş va har bir gektardan olinayotgan foydani köpaytirişga xizmat qilmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, kuzgi şudgorlaş — bu kelgusi yil hosilining asosi sanaladi. Yerga çuqur işlov beriş, ösimliklar qoldiqlaridan tozalaş, namni saqlaş hamda tuproqning unumdor qatlamini yangilaş orqali bahorgi ekinlar uçun qulay şaroit yaratiladi. Aynan şudgorlaş sifati keyingi mavsumda hosildorlikning 20–30 foiziga taʼsir körsatadi.
Mazkur amaliy seminar nafaqat tajriba almaşiş, balki fermer va dehqonlarimizni yangi yutuqlarga ruhlantiruvçi muhim maydonga aylandi. Amudaryolik fermerlar esa har doimgidek mehnatsevarlik, sadoqat va fidoyilik bilan yurtimiz agrar salohiyatini yuksaltiriş yölida jonbozlik körsatmoqdalar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶