ZULFIYa QIZLARI IJODIDAN...
Yulduzga
Yuzi oy, közi çaros,
Soçi sunbul, kamon qoş.
Şirin söz, gulga qiyos,
Mehrda misli quyoş –
Gözallikka boy Yulduz,
Könglimga çiroy Yulduz.
Onasiga dastyor qiz,
Hunarlari bisyor qiz.
Barçaga birday yoqar,
Har işga şay, tayyor qiz.
Pazanda, çevar Yulduz,
Xulqi aʼlo, lobar qiz!
Kumuş JUMAMURODOVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Ustozlarimga
Ilm-u fan xazinasi ustozim,
Bizga bergan ilmingizga tasanno!
To tirikmiz sizga qilamiz taʼzim.
Axir elni Siz qildingiz tarbiya.
Irodangiz körib toğlar boş egar,
Sözingizdan tökilib turadi maʼno.
Hayotda köp narsa yöqolar, tugar,
Qalblarda mangudir Siz bergan ziyo.
Bolalik daftari mehringiz içgan,
Orzular gulida qölingiz tafti.
Qarang, bağringizdan har tomon uçgan,
Barça şogirdlarning kulgandir baxti
Osiyo SOBIROVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi
Siz biz uçun
azizsiz hamon
Bilim dargohiga qöyibman qadam.
Gözal çehrangizda mayin tabassum,
Ilm dargohiga eltuvçi inson –
Ustozim, biz uçun azizsiz hamon.
Qölimga ilk bor qalam tutqazib,
Vatan nomin dildan anglatib.
Doim ezgulikka çorlovçi inson –
Ustozim, biz uçun azizsiz hamon.
Gohida sizlarni ranjitar bölsak,
Toza dilingizga yetkazsak ozor,
Keçirib suyuvçi möʼtabar inson –
Ustozim, biz uçun azizsiz hamon.
Mohinur Töraboyeva, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Farişta onam
Mening onam yagona,
Fariştaga öxşaydi.
Mehri ummon – bir dunyo
Oy, quyoşga öxşaydi.
Tongdan avval uyğonar,
Turaqolgin, qizim, deb.
Ajib dasturxon yozar,
Erkalar yulduzim, deb.
Uyğonaman şod - xurram,
Onamning ardoğida
Har kunim misli bayram
Oilamiz boğida.
Kelajakda albatta,
Onamdayin bölaman.
Oilamga payvasta
Quyoş kabi tölaman.
Şahlo YÖLDOŞEVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Ilm izlang!
Inson kelar dunyoga bir bor,
Uning umri bölsin bir çinor.
Könglimizga yetmasin ozor,
Ilm oling, aziz tengdoşlar!
Menga nima, öqisa demang,
Xatolikka aslo yöl qöymang.
Va intiling, orqaga qaytmang,
Ilm oling aziz tengdoşlar!
Kelajagi buyuk davlatmiz,
Öziga bek özbek millatmiz.
Bobolarim tuygan niyatmiz,
Ilm oling, aziz tengdoşlar!
Elimda bor turli dargohlar,
Ilm berguvçi oliygohlar.
Özbek nomin yoşlar oqlar,
Ilm oling, aziz tengdoşlar!
Ilm-u hunar bizga yaraşar,
Kam bölmaymiz aslo heç kimdan.
Yurtboşimiz oldinga boşlar,
Qöllar bizni mustaqil Vatan!
Dilnavoz ŞOMURODOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶