Ayol-qizlarimizning öqimişli bölişi oila, davlat va jamiyat uçun ham foydali va ahamiyatli
Ayol-qizlarning ilmli va ziyoli bölişi kelgusi avlodning ham aqlli va ziyrak şaxs sifatida ulğayişiga zamin yaratadi. Ayollarning bilimli bölişi, nafaqat oilada, balki butun umri davomida ham hayot sinovlarida toblanişiga yordam beradi. Köp kitob öqigan, öz ustida tinimsiz işlagan ayol jamiyatda ham öz örnini oson topadi, farzandlarini ham salohiyatli va komil inson qilib tarbiyalay oladi. Qolaversa, özi, oilasi va bolalari uçun moddiy ehtiyojlarining qondirilişiga öz hissasini qöşadi.
Şu sababli ham muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ayol-qizlarning taʼlim olişi uçun köplab kvotalar ajratmoqda. Magistratura talabasiga aylangan qizlarning kontrakt-tölovlari davlat byudjeti tomonidan qoplanişi, "Zulfiya" mukofoti va qançadan qança imtiyozlarning taʼsis etilişi fikrimning dalili böla oladi.
Ayollarning öqimişli, bilimdon, oliy maʼlumotli bölib, şaxsiy karerasini yaratişi yurtimiz ravnaqi uçun sav va havodek zarurdir. Xalqimizda: “Öğil farzandni öqitgan bir odamni öqitibdi, qiz farzandni öqitgan butun bir ummatni öqitibdi” degan gözal jumlalar bejiz keltirilmagan.
Hadisi şarifda ham şunday deyilgan: “Ilm oliş har bir mömin-u, musulmon uçun ham farz, ham qarzdir”. Muxtasar aytganda, ilmsiz onadan heç qaçon donişmand farzand dunyoga kelmaydi. Şunday ekan, millatimizni yuksaltirişni xohlasak, eng avvalo, ayollarni öqimişli qiliş lozim. Zero barça hikmat ilmdadir.
Odilboyeva Inobat, 1-sonli maktabning ona tili va adabiyot öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶