Amudaryolik şoira Zulfiya Olloyorovaning 60 yillik yubileyi keng nişonlandi
Xalqimizning köngillarni tölqinlantirib yuboruvçi anʼanalari, biri-biriga bildiradigan ezgu tilaklari köp. Duoga qöl oçgan keksalar: “Orzu-niyatlaring amalga oşsin, murod-maqsadlaringga yetgin”, deya tilak bildirişlari bejizga emas. Çunki insonning insonga yaxşiliklar tilaşi uning nafaqat ruhiy holatida kötarinki kayfiyat uyğotadi, balki orzulari röyobi uçun qanot ham bağişlaydi. Bu tilaklar anʼanaviy tarzda insonlarning eng yaxşi, quvonçli kunlarida takror-takror jaranglaydi. Amudaryolik şoira Zulfiya Olloyorova uçun 2024-yilning oktyabr oyi ana şunday gözal tilaklar bilan hayotiga fayz bağişladi. Aynan ana şu kuni u umrining 60 bahorini qarşiladi.
Zulfiya Olloyorova 1964-yilning 25-oktyabr sanasida oddiy dehqon oilasida dunyoga keldi. Tabiatan mehnatkaş va kitobsevar bölgan otasi Hayitboy Olloyorov bilan onasi Bibisora onalar ilk farzandi bölgan qizaloqqa buyuk otaşnafas şoira Zulfiyaxonim ijodiga mehrlari balandligidan, qolaversa, qizimiz şoira bölsin, degan orzu bilan Zulfiya deb nom berdilar.
Ota-ona orzusimi, çin köngildan qilgan duolarimi, Zulfiya ulğaygani sari ijodga moyil, şoirtabiat qiz bölib voyaga yetdi. Ayniqsa, uzun qiş tunlarida otasi Hayitboy otaning biri-biridan qiziqarli ertak va rivoyatlari, oiladagi 5 nafar qizlarning biri olib, biri qöyib şeʼrxonlik qilişlari uning fikri çarxlanib, ijod maydoniga dadil kirib kelişi uçun zamin yaratdi. Köpçilik şoir va yozuvçilarni katta şaharlar tarbiyalab, kamolga yetkazadi, degan fikrni bildirişadi. Aslida esa haqiqiy ijodkor uçun manzil va makonning ahamiyati yöq. Bunga Zulfiya Olloyorovaning hayoti va ijodiy faoliyati yaqqol misol. Zulfiya, avvalo, özining hayot sinovlariga bardoşi, sabr-u matonati bilan boşqalardan farq qiladi.
Ilk mehnat faoliyatini Manğit şahridagi xalq isteʼmol mollari işlab çiqariş korxonasida oddiy işçi bölib işlaşdan boşlagan Zulfiya Olloyorova keç bölsa-da öz bilimini boyitiş maqsadida Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida boşlanğiç taʼlim öqituvçisi yönalişida tahsil oldi. Baxtli-saodatli turmuşiga köz tegdimi, umr yöldoşi Xolboy Ortiqov 31 yoşida vafot etib, ikki nafar farzandi bilan hayotining qolgan qismini yolğizlik öz domiga tortganida ham u qalamini qölidan qöymadi.
Ijodini, orzularini tuşunadigan, uni doimo qöllab-quvvatlaydigan aziz insonidan erta ayrilgan Zulfiya bor mehrini farzandlariga berdi, goh yarim tunlarda, bolalari şirin uyquga ketgan pallalarda, goh özi işlaydigan korxonada tuşlik qilgan damlarida dardlarini pinhon tutib, ezgu orzularini qalamga oldi. “Zebo” taxallusi bilan şeʼrlar yozdi, bilimini boyitiş maqsadida mumtoz adabiyot namunalarini tinmay mutolaa qildi.
Öqib-örganişdan, izlanişdan aslo çarçamagan Zulfiyaning intilişlarini zimdan kuzatadigan otasi esa har doim “şoira qizim, Zulfiya qizim”, deb könglini kötarib qöyişlari unga haqiqiy ilhom lahzalarini ato etdi.
Vaqt – hamma narsaga, ayniqsa, insoning dilini örtagan dardlariga malham, deydilar. Farzandlari ulğaygan sari Zulfiya Olloyorovaning ijodiy faoliyati ham takomilga yetib bordi. Ayniqsa, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, tögarak rahbari sifatida işlagan davri Zulfiya uçun haqiqiy ijod damlarini ato etdi. Bu yerda ijoddagi ilk ustozi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, mazkur maktabning direktori, taniqli şoira va jurnalist Xonimjon Rajabovadan şeʼriy talablar yuzasidan olgan maslahatlari, deyarli har kuni ötkaziladigan adabiy suhbatlar uning ijodida keskin buriliş yasadi.
Ustozining qöllab-quvvatlaşi, beğaraz yordami bilan 2008-2010-yillar oraliğida “Muharrir” naşriyotida ketma-ket uçta şeʼriy töplamlari – “Ufqqa qoqilgan işq”, “Dunyoliqda dunyo ranglari”, “Köngilning çor nağmasi” kitoblari naşr etildi. 2013-yilda esa “Suyemen aq bulttay paklik jolin” nomli şeʼrlar töplami “Qaraqalpaqstan” naşriyotida, qoraqalpoq tilida naşrdan çiqdi.
Zulfiya Olloyorova joriy yil 25-oktyabrda tabarruk 60 yoşga töldi. Hayotini milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdek ezgu işga bağişlagan şoirani quvonçli kunida muborakbod etiş uçun ustoz va şogirdlari, yaqin döstlari şu kuni Amudaryo tuman madaniyat markazining tantanalar saroyiga taşrif buyurişdi.
Amudaryo tuman hokimligi tomonidan taşkil etilgan yubiley keçasida tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov şoirani qutluğ 60 yillik yubileyi bilan tabrikladi va Maxpirat nomidagi Örta Osiyo xalqlari tarixi instituti qoşidagi Turon Fanlar Akademiyasi nodavlat notijorat taşkilotining Abdulla Qodiriy nomidagi kökrak nişonini Zulfiya Ollayorovaga tantanali ravişda topşirdi.
Şu kuni ustozlari, şogirdlari mehridan köngli obod şoirani tadbir iştirokçilari turfa guldastalar, gözal va ezgu tilaklar bilan samimiy muborakbod etdilar va şoiraga yanada jöşqin ijod yor bölişini tiladilar.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶